Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf Jahon tarix » 7-sinf Jahon tarix №4 7-sinf Jahon tarix 7-sinf Jahon tarix №4 InfoMaster Aprel 11, 2023 105 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf Jahon tarix №4 22-28-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Oʻrta asrlarda Vizantiya tarkibiga kirgan hududlarni aniqlang. 1.Bolqon yarim oroli 2.Kichik Osiyo 3.Shimoliy Affrika 4.Kavkaz 5.Sudan 6.Suriya 7.Liviya 8.Misr 9.Krit va Kipr orollari 10.Falastin A) 1, 2, 4, 6, 7, 8, 9 B) 1, 2, 4, 6, 8, 9, 10 C) 1, 3, 5, 7, 9, 10 D) 2, 4, 6, 8, 10 2 / 40 2. Qaysi davlatda shahar aholisi ma’muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan. A) Vizantiya B) Franklar davlati C) Muqaddas Rim imperiyasi D) Britaniya 3 / 40 3. Qaysi hukmdor oʻziga qarshi chiqqan jangchini darhol jazolamasdan, harbiy ko‘rik paytidagina chopib tashlagan? A) Buyuk Alfred B) Xlodvik C) Xilperik D) Buyuk Karl 4 / 40 4. Antik davrdanoq saqlanib qolgan bo`lsada, o`rta asrlarda ham Vizantiyaga shuhrat keltirgan sohalarni aniqlang. 1.shishisozlik 2.koshinpazlik 3.zargarlik 4.kulolchilik 5.naqqoshlik 6.bo`yoq tayyorlash 7.kudungarlik A) 1, 4, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 5, 7 D) 2, 3, 7 5 / 40 5. 5. «Ziroatchilik qonunlari»ga ko‘ra quydagilardan qaysilari muvofiq keladi. 1) Qishloq jamoasining a’zolari – erkin dehqonlarning yerlari alohida bo‘lib,ular bug‘doy,tariq,arpa va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar; 2) Kulolchilik buyumlari, jez va kumushdan yasalgan zebziynatlar qadrlangan; 3) Qabilalar hayotiga oid muhim masalalar xalq yig‘ini –«veche»da muhokama etish bilan hal qilingan; 4 )Kiyev Rusida VIII asrda yozilgan; 5) Slavyanlar yo‘lboshchilari – otliq drujinachilar faqat o‘z hududlarini himoya qilibgina qolmay, qo‘shni o‘lkalarga yurishlar ham uyushtirishgan; 6) Vizantiyada VIII asrda yozilgan; A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5 6 / 40 6. Arab xalifalari va ular davrida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Usmon 2.Ali 3.Umar 4.Abu Bakr a)Muhammad(s.a.v.)vafotidan keyin xalifalikka saylanadi; b)hukmronligini o‘z raqiblari bilan to‘xtovsiz urushlarda o'tkazadi; c)arab qo‘shinlari Dog‘istonni egallab,Amudaryo sohillariga chiqadi; d)arablar Falastin,Suriya,Misr va Liviyani istilo qilganlar; A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a C) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b 7 / 40 7. Xrsitainlik dinini XI asrga kelib ikki qismga bo`linib ketishining asosiy sababi…. A) Rim papalari davlatining tashkil topishi; B) til borasidagi tafovutlar; C) bolgarlarni cho`qintirishdagi raqobat; D) cherkovni davlatning muhim tashkilotiga aylanganligi; 8 / 40 8. Birjalarni tashkil topgan davriga qarab xronologik to’g’ri tartibda belgilang. 1) Antverpen 2) Bryugge 3) Lion A) 2, 3, 1 B) 3, 2, 1 C) 1, 2, 3 D) 2, 1, 3 9 / 40 9. Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik ajralib chiqqan yili …. A) Simion davri yakunladi; B) Rim papalari davlati tashkil topdi; C) Franklar davlati vujudga keldi; D) Xitoy qo`shinlari Pxenyanni egalladi; 10 / 40 10. Diniy-ritsarlarning ordenlari va ularga oid ma’lumotlarni aniqlang. 1)gospitalyerlar 2) nemis ordeni 3) tampliyerlar ordeni a)Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan; b)Musulmonlar Falastinni qayta egallaganidan so‘ng orden dastlab Rodos oroliga,bir necha asr o‘tib Maltaga ko‘chib joylashadi; c) Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan; A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-c, 2-a, 3-b 11 / 40 11. Omadi yurishib o‘g‘lini Akvitaniya gersogining yagona merosxo‘riga uylantirishga muvofiq bo’lgan(a), va Bretan gersogining qizi Annaga uylangan(b) Fransiya qirollarini aniqlang. A) Filipp IV(a), Karl VII(b) B) Lyudovik VI(a), Karl VIII(b) C) Lyudovik XI(a), Karl V(b) D) Lyudovik IX(a), Karl VII(b) 12 / 40 12. Quydagi qo’zg’alonlardan qaysi birida qo‘zg‘olonchilor feodallar qal’alarini talab, soliq hujjatlarini, ro‘yxatlarini yondirib yuboradilar. A) Janna d’Ark qo’zg’aloni; B) Jakeriya qo‘zg‘oloni; C) Bobak qo’zg’aloni; D) Uot Taylor qo‘zg‘oloni; 13 / 40 13. Fransiyani qaysi qirolining omadi yurishib o‘g‘lini Akvitaniya gersogining yagona merosxo‘riga uylantirishi qirollik yerlarini yanada kengaytiradi. A) Karl VIII B) Lyudovik VI C) Lyudovik XI D) Filipp IV 14 / 40 14. Birinchi parlamentga Angliyada qachon asos solingan? A) 1302-yilda B) 1265-yilda C) 1215-yilda D) 1256-yilda 15 / 40 15. O’rta asrlarda Fransiyada qishloq xo‘jaligining, hunarmandchilik va savdoning o‘sishi boshlangan(a), va Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi boshlangan(b) davr to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. A) a-X-XI asrlar, b-XII asr B) a-IX-X asrlar, b-XI asr C) a-XII-XIII asrlar, b-XI asr D) a-XI-XII asrlar, b-XII asr 16 / 40 16. Yevropa tarixida ,,papalarning Avinon tutquni‘’ davri qaysi yillarni o`z ichiga oladi? A) 1309-1377 yillar B) 1337-1453 yillar C) 1307-1377 yillar D) 1309-1379 yillar 17 / 40 17. Qachonga kelib butun Fransiya yaxlit markaziy hokimiyatga bo‘ysundirildi? A) XV asr oxiri B) XIV asr C) XV asr oʻrtasi D) XV asr boshi 18 / 40 18. Metall ishlab chiqarish va movut to‘qish rivojlangan(a), va movut, surp, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda, metal buyum, qurol-aslahalar yasashda yetakchi o‘rinni egallagan(b) Germaniya shaharlarini aniqlang. A) a-Kyoln,Ulm,Frankfurt,b-Augsburg,Strasburg,Nyurnberg B) a-Augsburg,Ulm va Nyurnberg,b-Kyoln,Vorms,Strasburg C) a-Kyoln,Vorms,Strasburg,b-Augsburg,Ulm va Nyurnberg D) a-Kyoln,Vorms,Ulm,b-Frankfurt,Augsburg,Strasburg 19 / 40 19. Yuz yillik urush davrida qaysi fransuz qo`mondoni yirik janglarga kirmasdan deyarli barcha hududlarni inglizlardan qaytarib olgan? A) Kardinal Reshilye B) Dyugeklan C) Karl Burgundskiy D) Janna d`Ark 20 / 40 20. Robin Gud qaqchon xalq og`zaki ijodining sevimli qahramoniga aylandi? A) XII asrda B) XIII asrda C) XV asrda D) XIV asrda 21 / 40 21. Fransiya qiroli Lyudovik IX davrida amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang? 1)qirol yerlaridagi feodal urushlarlarni ta`qiqladi. 2)qirol zarb ettirgan oltin va kumush tangalar Fransiyaning barcha viloyatlari uchun o`tishi belgilandi. 3)Shampan grafligi, Lion viloyati qirol domeniga qo`shib oladi. 4)mamlakatda gersog va graflar zarb etadigan 40 xil pul asta- sekin surib qo`yiladi. 5)Burj va Sans shaharlarini o`z domeniga qo`shib oladi. 6)Yevropa hukmdorlaridan birinchi bo`lib cherkov mulklariga soliq solgan. A) 1, 2, 4. B) 1, 5, 6. C) 1, 2, 6. D) 1, 2, 5. 22 / 40 22. Germaniya imperatori Fridrix I tomonidan Milan shahri aholisiga shaharni necha kun tashlab ketish sharti qo'yilgan? A) 6 kun B) 9 kun C) 8 kun D) 7 kun 23 / 40 23. Fransiyada ….asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb … oilasi tan olinadi. A) XI asr, Lankaster B) XI asr, Styuartlar C) X asr, Plantaganet D) X asr, Valualar 24 / 40 24. Quydagi voqealar qaysi Fransiya qirollari davrida bo’lib o’tgan? 1)Filipp II 2) Lyudovik VI 3) Filipp IV 4) Lyudovik IX a)keng jamoatchilik ko‘magiga tayanib papaga qarshi harakatni boshlab, to‘liq g‘alaba qozonadi; b) Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi; c) Sakkizinchi salib yurishlarini tashkil etgan; d) o‘zboshimcha baronlar qal’alarini buzib, ularni bo‘ysundiradi; A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c 25 / 40 25. Angilya qirollari va ularga oid ma’lumotlarni to’g’ri tartibda belgilang. 1) Ioann 2) Genrix II 3) Richard II 4) Vilgelm I 5)Richard I a)amlakatda qo‘shimcha jon solig‘i joriy etgan; b)baronlarga harbiy xizmat o‘rniga xazinaga «qalqon puli» solig‘i to‘lashiga ruxsat bergan; c) qirolligi davrida qo‘zg‘olonlar avj olgan; d) barcha yirik yer egalarini qirolga sodiqlikka qasamyod qildiradi; e) III Salib yurishi ishtirokchisi; A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d, 5-e C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e, 5-d D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b, 5-e 26 / 40 26. Jakeriya qo`zg`alonida ishtirok etgan qo`zg`alonchilarning umumiy soni qanchani tashkil etgan? A) 50 ming B) 85 ming C) 100 mingdan ortiq D) 100 mingga yaqin 27 / 40 27. Yuz yillik urushda Kresi jangida ingliz qo’shinlarini g’alabasini ta’minlagan omillar to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1) son jihatidan ustun bo‘lishi 2) uyushib harakat qilinganligi 3) Ingliz qo‘shinlarining intizomi 4) alohida ritsalar bo’limmasining mavjudligi 5) puxta tayyorgarligi A) 3, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5 28 / 40 28. Fransiyaning shimolidagi yirik savdo hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan shaharni aniqlang. A) Flandriya B) Ruan C) Parij D) Reyms 29 / 40 29. Filipp II davrida Fransiyada tashkil etilgan umumdavlat boshqaruv tashkilotlarini aniqlang. 1) moliya boshqarmasi 2) tashqi ishlar 3) soliq 4) oliy sud 5) maslahat kengashi 6) qirol kengashi 7) savdo palatasi A) 1, 2, 6 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 7 D) 1, 4, 5 30 / 40 30. Inglizlar kimning ko’magida Parijni egallaydi? A) Flandriya grafi B) Normandiya gersogi C) Akvitaniya gersogi D) Burgundiya gersogi 31 / 40 31. Germaniya hukmdori hisoblangan Fridrix II qirol tan olingan(a), va imperator deb e’lon qilingan(b) vaqtda necha yoshda bo`lgan? A) a-20 yosh, b-26 yosh B) a-16 yosh, b-22 yosh C) a-18 yosh, b-24 yosh D) a-18 yosh, b-26 yosh 32 / 40 32. Rim papalari va ularning papalik davrlari to`g`ri berilgan qatorni aniqlang. 1) Silvester III 2) Bonifatsiy VIII 3) Grigoriy IX 4) Innokentiy III a) 1227-1241 y.y. b) 999-1003 y.y c) 1294-1303 y.y. d) 1198-1216 y.y. A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 33 / 40 33. “Ingliz tojining marvaridi” nomini olgan hudud nomini aniqlang? A) Akvitaniya B) Bretan C) Uesseks D) Normandiya 34 / 40 34. Uot Tayler qo’zg’oloni yuz bergan davrda Angliya qiroli kim bo’lgan? A) Richard II B) Genrix I C) Genrix II D) Vilgelm I 35 / 40 35. O’rta asrlar Fransiyada feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etgan omil to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. A) Viloyatlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ehtiyojlari; B) Mehnat taqsimotining o‘sib borishi; C) dehqonlar qaramligini bekor qilinishi; D) kuchli qirol hokimiyatini vujudga kelishi; 36 / 40 36. Buyuk magistr qamoqqa olingan(a), va o’limga mahkum erilgan(b) yillar to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. A) a-1309-yil, b-1314-yil B) a-1307-yil, b-1314-yil C) a-1309-yil, b-1312-yil D) a-1307-yil, b-1312-yil 37 / 40 37. Qachondan boshlab Angliyada parlament soliqlar tayinlashdan tashqari, qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi? A) XIV asr B) XV asr C) XII asr D) XIII asr 38 / 40 38. Fransiya hududining 1/3 qismi inglizlarga o‘tgan(a), va mamlakatning yarmi Angliya qo‘liga o‘tgan(b) yillar to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. A) a-1346-yil, b-1420-yil B) a-1360-yil, b-1415-yil C) a-1356-yil, b-1415-yil D) a-1415-yil, b-1420-yil 39 / 40 39. ,,Buyuk erkinlik xartiyasi” ga ko`ra ingliz qiroli uchun qo`yilgan asosiy talablar? 1)Cherkovning erkin saylov ishlariga aralashmaslik; 2)Parlament joriy etish; 3) dehqonlarga umumiy avf berish; 4) baronlarni qamamaslik; 5) savdo erkinligi joriy etish; 6)vassallardan odatdagidan ko`p to`lov olmaslik; 7)cherkov yerlarini dehqonlar o`rtasida teng taqsimlash; 8)qirollik tasarrufidagi yerlarni dehqonlarga bo`lib berish; 9)baronlarni mol-mulkidan mahrum etmaslik; 10)dehqonlarni shaxsiy qaramlikdan ozod etish; A) 3, 6, 9, 10 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 4, 6, 8 D) 1, 4, 6, 9 40 / 40 40. Kim Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to`xtatishni talab qilgan? A) Bonifatsiy VIII B) Buyuk Magistr C) Grigoriy IX D) Genrix II Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz