Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf Jahon tarix » 7-sinf Jahon tarix №3 7-sinf Jahon tarix 7-sinf Jahon tarix №3 InfoMaster Aprel 11, 2023 136 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf Jahon tarix №3 15-21-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Kimning talabi bilan senat Rimning g’arbiy qismiga imperator kerak emasligini e’lon qilib, hokimiyat ramzlarini Konstantinopolga – Sharqiy Rim imperatoriga jo’natadi? A) Avgust B) Pontiy Pilat C) Romul D) Odoakr 2 / 40 2. Quydagi davlatlarni tashkil topgan davri to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1.Polsha 2.Bolgariya 3.Chexiya 4.Franklar davlati a) X asr boshlari b) V asr oxiri c) VII asr oxiri d) X asr o’rtalari A) 2-c, 1-d, 4-b, 3-a B) 2-c, 1-d, 4-a, 3-b C) 2-a, 1-b, 4-c, 3-d D) 2-c, 1-a, 4-b, 3-d 3 / 40 3. German qabilalari qo'shnilari bo'lgan rimliklarga qanday mahsulotlar yetkazib berardi? 1.qullar 2.chorva mollari 3.choqqi qalpoq 4.teri 5.mum 6.qahrabo 7.oltin 8.vino 9.zeb-ziynat buyumlari A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 4, 9 C) 3, 5, 7, 9 D) 1, 4, 5, 8 4 / 40 4. Qaysi davrda Vizantiyada feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashishi yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil o‘rnatilishiga olib keldi? A) X-XI asrlar B) IX-XII asrlar C) IX-X asrlar D) IX-XI asrlar 5 / 40 5. Yoshligidan xristian aqidalari bo‘yicha tarbiyalangan, yillar o‘tib chexlarning milliy avliyosi, chex davlatining homiysi sifatida e’zozlangan shaxs kim tomonidan xoinona tarzida o’ldirilgan. A) knyazlar B) qabiladoshlari C) akasi D) ukasi 6 / 40 6. Sharqiy slavyanlar iltimosiga ko`ra Rusga knyaz bo`lib kelgan vakillarni o’z hududlari bilan muvofiq berilgan javobni aniqlang. 1)Sineus 2) Truvor 3) Ryurik a)Novgorod b) Beloozoro c) Izborsk A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b 7 / 40 7. Qaysi arab xalifalari davrida Eronning katta qismini istilo qilingan(a), va Eron to‘liq bosib olingan(b). A) Usmon(a), Umar(b) B) Usmon(a), Ali(b) C) Abu Bakr(a), Ali(b) D) Umar(a), Usmon(b) 8 / 40 8. Xitoy tarixiga oid quydagi ma’lumotlardan biri asrga oid bo’lmagan javobni aniqlang. A) Xitoy faol tashqi siyosat olib borib,Turk xoqonligi, Arab xalifaligi,Vizantiya,Yaponiya va Hindiston bilan savdo diplomatik aloqalar o‘rnatadi, tog‘-konchilik sohasi,chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish ham yuksalgan; B) Xitoyda shaharlar birmuncha yuksaladi, Xitoyliklar selitradan porox olishni kashf qilishgan; C) qator shaharlarining yuksalishi savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi bilan bog‘liq, yagona pul – syan joriy etilgan; D) Xanlin akademiyasi tashkil etildi, “Poytaxt axboroti” nomli gazeta chiqarildi; 9 / 40 9. …. istilo etilgach zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar(a), va …. davlatlarda iqtisodiy tanglik,kuchli qo‘shinning bo‘lmasligi arablarga qo‘l keladi(b). Gap qaysi davlatlar haqida bormoqda. A) Eron va Suriya(a), Movarounnahr va Xuroson(b) B) Suriya va Eron(a), Vizantiya va Eron(b) C) Suriya va Falastin(a), Misr va Liviya(b) D) Misr va Suriya(a), Falastin va Eron(b) 10 / 40 10. O’rta asrlarda kvadriumda o‘quvchilar qaysi fanlarni o‘zlashtirganlar. 1.geometriya 2.matematika 3.musiqa 4.geografiya 5.arifmetika 6.tarix 7.astronomiya A) 3, 4, 5, 7 B) 1, 3, 4, 7 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 3, 5, 7 11 / 40 11. Inkvizitsiya faoliyati ayniqsa qaysi davlatda keng tus oladi. A) Italiya B) Portugaliya C) Ispaniya D) Germaniya 12 / 40 12. Konstantinopolda to‘plana boshlagan ritsarlarga vassallik qasamyodini qabul qildirgan(a), va Quddusdagi «payg‘ambar qabrini» musulmonlardan ozod etishga chaqirgan(b) shaxslar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) Aleksey I(a), Urban II(b) B) Vasiley I(a), Urban II(b) C) Urban II(a), Aleksey I(b) D) Innokentiy III(a),Vasiliy(b) 13 / 40 13. Quydagi atamalar va ular ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) indulgensiya 2) ratusha 3) inkvizitsiya 4) faktoriya 5)autodafe 6) sinagoga a)qidiruv b) shahar kengashi binosi c) ibodatxona d) avf e) savdo manzilgohlari f) e’tiqod A) 1-d, 2-b, 3-e, 4-c, 5-f, 6-a B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-f, 5-e, 6-c C) 1-d, 2-c, 3-a, 4-e, 5-f, 6-b D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-e, 5-f, 6-c 14 / 40 14. O’rta asr shaharlari Osiyoda Yevropadan farqliroq nima uchun yirik zamindorglarga qarshi kurash olib bormagan? A) o`zaro kurashlar bunga yo`l ochib bermagan edi; B) chunki aholi bunday harrbiy qudratga ega emasdi; C) barcha yerlar davlatniki bo`lgan; D) yirik zamindorlar aholiga yashash uchun qulay sharoit yaratib berishi, bunga ehtiyoj tug`dirmagan; 15 / 40 15. Kimlarning davrida inkvizisiya o‘z qudratining cho‘qqisiga erishgan(a), va katolik cherkovi o‘z qudrati cho‘qqisiga erishgan(b). A) Bonifatsiy VIII(a), Grigoriy IX(b) B) Grigoriy IX(a), Innokentiy III(b) C) Lyudovik IX(a), Innokentiy III (b) D) Innokentiy III(a), Bonifatsiy VIII(b) 16 / 40 16. Xristianlik dinining tarqalishi to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1)Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni qabul qiladi 2)german qabilalari orasida tarqala boshlaydi 3)Kiyev Rusi va Bolgariya Vizantiyadan xristianlikning pravoslav mazhabini qabul qiladi 4)Yevropada … dan boshlab tarqalgan. a)X asr oxiri b) V asr oxiri c) IV asr A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-c B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-c C) 1-a, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-c, 3-b, 4-a 17 / 40 17. Birjalarni tashkil topgan davriga qarab xronologik to’g’ri tartibda belgilang. 1) Antverpen 2) Bryugge 3) Lion A) 2, 3, 1 B) 2, 1, 3 C) 3, 2, 1 D) 1, 2, 3 18 / 40 18. Qanday omillar XIII asr oxiridan Yevropada ritsarlarga qirol qo'shinida xizmat qilish imkonini yaratadi. 1) qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi; 2) Feodallar isyonlarining kuchayishi; 3) Yaqin Sharqqa salib yurishlari; 4) mamlakatni markazlashtirish siyosati; A) 1, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 2 19 / 40 19. Rivojlangan o’rta asrlarda shahar markazida nimalar joylashgan. 1) ma’lum kasb-kordagi hunarmandlar 2) ibodatxona 3) shahar kengashi binosi 4) dahalar 5) bozor maydoni A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 5 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 5 20 / 40 20. Mahsulotni bozorda sotish yoki ayirboshlash uchun ishlab chiqarish ….. deb ataladi. A) xalq xo`jaligi B) tovar xo`jaligi C) natural xo`jalik D) avtarkiya xo`jalik 21 / 40 21. Qaysi orden a'zolari xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan? A) gospitalyerlar ordeni B) Tevton ordeni C) tampliyerlar ordeni D) inglizlar ordeni 22 / 40 22. Hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantirgan omilni aniqlang. A) qurol-yarog`lar yasashning yuksalishi; B) dehqonchilikda hosildorlikning oshishi; C) mehnat qurollarining takomillashuvi, ustalar mahoratining oshishi; D) hunarmandchilikning yuksalganligi; 23 / 40 23. G‘arbiy Yevropada XIII–XV asrlarda mavjud bo’lgan Levant savdo yo’li qaysi davlatlarni dengiz orqali Vizantiya va Osiyo mamlakatlari bilan bog’lash uchun hizmat qilgan. A) Janubiy Fransiya, Italiya, Germaniya B) Italiya, Ispaniya, Janubiy Fransiya C) Shimoliy Fransiya, Ispaniya, Italiya D) Angilya, Fransiya, Germaniya 24 / 40 24. Sex Nizomida hunarmand ... soni belgilab qo'yilgan. 1) narxlari 2) o'quvchi-shogirdlari 3) xalfalari 4) mahsulotlari 5) dastgohlari A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 5 25 / 40 25. Xitoy o`rta asr me’morchiligida asosiy qurilish xom ashyolarini aniqlang. A) yog`och, sopol, temir; B) g`isht, sopol, tosh; C) marmar, tosh, yog`och; D) beton, tosh, g`isht; 26 / 40 26. … savdo yo‘li bo‘ylab joylashgan Germaniyaning … ziyod shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan. A) Levant, 90 dan B) Shimoliy, 70 dan C) Janubiy, 80 dan D) Buyuk ipak, 60 dan 27 / 40 27. Yaponiyaning oʻrta asr shaharlarini qayerda qurilganligiga koʻra toʻgʻri tartibda joylashtiring? 1)Nagoya. 2) Xeyyan va Nara. 3) Sapai va Xyogo. 4) Otsu a)dengiz sohilida. b) budda ibodatxonalari yaqinida. c) qalʼa yaqinida. d) chorrahada va karvon yoʻli boʻylab. A) 2-a, 3-b, 1-c, 4-d B) 3-a, 1-c, 4-b, 2-d C) 4-d, 2-b, 1-c, 3-a D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 28 / 40 28. Iqtisodiy qoloqligi sabab Afrika qit`asi quyida keltirilgan qaysi manbalar makoniga aylangan edi? A) yo`goch, fil suyagi, temir, bronza; B) ziravor, xomashyo, qul, kumush; C) oltin, qul, temir, yog`och; D) tuz, fil suyagi, qul, oltin; 29 / 40 29. 8. Yevropada o’rta asr shaharlari qanday yerlarda tashkil topgan. 1)dushman hujumidan himoyalanishga qulay 2)aholi gavjum yerlarda 3) hunarmandlar o‘zlari yasagan 3)buyumlarni sota olish imkoniyati bo‘lgan joylarda 4) hunarmandchilik va savdo rivojlangan 5) xavfsizlik A) 1, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 3 30 / 40 30. Salib yurishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 1)dehqonlar; 2) ritsarlar; 3) gersoglar, graflar, qirollar hamda imperatorlar; 4) savdogarlar a)yangi hududlar va fuqarolarni bo‘ysundirish; b) shon- shuhrat va boylik ottirish; c) o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishish; d) tez boyib ketish. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a 31 / 40 31. O’rta asrlarda Fors ko‘rfazi va Qizil dengiz orqali qaysi millat savdogarlarining o‘nlab kemalari suzgan. A) eron, hind, yunon B) fors, yunon, oromiy C) arab, hind, xitoy D) arab, xitoy, yapon 32 / 40 32. Quydagi salib yurishlari qaysi voqealardan so’ng boshlangan? 1)uchinchi 2) birinchi 3) to’rtinchi 4) ikkinchi a)musulmon hukmdorlari Sharq va Janub tomondan salibchilarni siqib kelishi; b) Misr sultoni salibchilardan Quddusni tortib olishi; c) ritsarlarga vassallik qasamyodi qabul qilingani ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi lozimligi; d) ukasi tomonidan taxtdan tushirilib, ko‘ziga mil tortilgan Isaak II Angalga toj-u taxtni qaytarish; A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 33 / 40 33. Vizantiyani zabt etgan salibchi ritsarlarning ko‘pchiligi vataniga qaytib ketgandan so’ng Lotin imperiyasida qolgan ritsarlar nima evaziga hokimiyatni ushlab turadi. A) uyushganligi va mehnatsevarligi bilan; B) qattiqqo’lligi va shavqatsizligi bilan; C) qobilyatliligi va qudratliligi bilan; D) temir intizomi va uyushganligi bilan; 34 / 40 34. Diniy-ritsarlarning ordenlari va ularga oid ma’lumotlarni aniqlang. 1)gospitalyerlar 2) nemis ordeni 3) tampliyerlar ordeni a)Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan; b)Musulmonlar Falastinni qayta egallaganidan so‘ng orden dastlab Rodos oroliga,bir necha asr o‘tib Maltaga ko‘chib joylashadi; c) Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan; A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 35 / 40 35. Dastlabki(a), va So’nggi salib yurishlari(b) qachon va qaysi hukmdorlarni tashabbusi bilan boshlangan. A) a-1095-yil, Urban II, b-1269-1270-y.y, Lyudovik IX B) a-1096-yil, Vasiley I, b-1269-1270-y.y, Lyudovik XI C) a-1096-yil, Aleksey I, b-1269-1270-y.y, Lyudovik IX D) a-1097-yil, Urban II, b-1269-1270-y.y, Grigoriy IX 36 / 40 36. Dastlabki banklar qachon va qaysi davlatning yirik shaharlarida paydo bo‘lgan. A) XIV-XV asrlar, Italiya B) XIV-XV asrlar, Fransiya C) XIV-XV asrlar, Angilya D) XIV-XV asrlar, Germaniya 37 / 40 37. Qachon Salohiddin Ayyubiy salibchilardan Quddusni tortib oladi? A) 1192-yil B) 1189-yil C) 1186-yil D) 1187-yil 38 / 40 38. XI asr oxiriga kelib Kichik Osiyo hududlarini to`liq bo`ysundirishga muvaffaq bo`lgan xalqlar? A) qipchoq B) bijanaklar C) yahudiy D) saljuqiy turklar 39 / 40 39. Salibchilar tomonidan Yaqin sharqda tashkil etilgan davlatlarni 200 yil davomida saqlanib qo`lishining asosiy sababi …. A) Yevropadan Yaqin Sharqqa ritsarlar oqimining ko`payishi; B) Sharqdagi aholining soliq va majburiytalar orqali tutib turilganligi; C) Yevropa qirollarining doimiy yurishlari; D) Sharqda rivijlangan davlatlarning hali vujudga kelmaganligi; 40 / 40 40. Xitoyda o`rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi qaysi davrlarni o`z ichiga oladi? A) VII-VIII asrlar B) IX-XIII asrlar C) XIV-XV asrlar D) XI-XIII asrlar Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz