Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №7 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №7 InfoMaster Aprel 7, 2023 128 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №7 31-35-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi B) muzlik davrining poyoniga yetishi C) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi D) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi 2 / 30 2. Marhumlarni mumiyolash faqat kimlarga nasib etgan? A) kohinlar va ibodatxona xodimlariga B) marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlarga C) marhumning qarindoshi bo’lgan shaxslarga D) fir’avn amaldorlari va aslzodalarga 3 / 30 3. Elam davlati vujudga kelgan ming yillikka kelib .... A) patriarxat davri boshlandi. B) O'rta Osiyo janubida sug'orma dehqonchilikka o'tildi. C) Qadimgi Sharqda ilk shahar- davlatlar vujudga keldi. D) Shumer-Akkad davlati parchalanib ketdi. 4 / 30 4. Mil. avv. VII-VI asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vohasida yashovchi aholi qanday nom bilan tilga olinadi? A) xorazmliklar B) saklar C) massagetlar D) so’g’diylar 5 / 30 5. Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan o'zgarishlarni ko'rsating. 1)Xalq Majlisidagi lavozimiarga ish haqi to'lash joriy etildi; 2)Parfenon ibodatxonasi qurildi; 3)Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi; 4)mamlakatda demokratiya ravnaq topdi; 5)dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilindi; 6)davlat boshqaruvi tizimini o'zgartirib aristokratiyani demokratiyaga almashtirdi. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4, 5, 6 6 / 30 6. Qaysi davlat hokimiyati ostida forslarga qarshi yurish maqsadida yunon shaharlari ittifoqi tuzilgan? A) Afina B) Sparta C) Makedoniya D) Misr 7 / 30 7. Buddaviylik ya zardushtiylik dinlari qachongacha O'rta Osiyoda mavjud bo’lgan? A) milodiy VIII asrgacha B) milodiy VII asrgacha C) milodiy IX asrgacha D) milodiy VI asrgacha 8 / 30 8. Surxko'tal yodgorligidan qanday yozuv namunalari topilgan? A) kushon shaklli yozuvi namunalari B) oromiy yozuvi asosidagi su'g'd va xorazm yozuvi namunalari C) oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari D) yunon alifbosidagi kushon yozuvi namunalari 9 / 30 9. Kushon davlatiga oid quyidagi ma’lumotlar qaysi hukmdor davriga tegishli ekanligi to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1)Kudzula Kadfiz; 2) Kanishka; 3) Vima Kadfiz; a)mamlakatda hukmdor nomi ko‘rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi; b)davlat poytaxti Baqtriyadan Peshovarga ko‘chirildi; c)Afg’oniston va Kashmir hududlari qo‘shib olindi. A) 1-a; 2-b; 3-c B) 1-c; 2-b; 3-a C) 1-b; 2-a; 3-c D) 1-b; 2-c; 3-a 10 / 30 10. Xorazmdagi miloddan avvalgi III-II asrlarga oid yodgorliklarni aniqlang. A) Oybo'yirqal'a, Jonbosqal’a B) Qal’aliqir, Jonbosqal'a C) Jonbosqal’a, Qo'yqirilganqal’a D) Qal’aliqir, Tuproqqal'a 11 / 30 11. Xato javobni toping. A) Davan davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo‘lgan xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan. B) Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon podsholigi o'z taraqqiyoti cho'qqisiga erishadi. C) Qang' mil. avv. II asr oxirida qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. D) milodiy I asrda Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqilgan. 12 / 30 12. Miloddan avvalgi IV asr oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesapotamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya 8) Marg'iyona; 9) Xorazm; 10) Su'g'diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya. A) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 B) 1, 3, 5, 6, 8, 11 C) 2, 4, 7, 8, 10, 12 D) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 13 / 30 13. Quyidagi ma’lumotlardar Aleksandriya Esxata (Chekka Aleksandriya) qal’asiga muvofiq keladiganlarini aniqlang. 1)baqtriylarning isyonlarini bostirib turish uchun barpo etilgan; 2)Sirdaryo bo'yida joylashgan; 3)saklarga qarshi kurashda tayanch markaz sifatida qurilgan; 4)Zarafshon daryosi bo'yida joylashgan; 5)Xo'jand yaqinida barpo etilgan. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 5 D) 3, 4, 5 14 / 30 14. Salavkiylar saltanatining yirik shaharlarini aniqlang. 1) Bityan; 2) Baqtra; 3) Maroqanda; 4) Naxshab;5) Marv; 6) Ko'zaliqir; 7) Termiz. A) 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 7 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 7 15 / 30 15. Manbalariga ko'ra, Dovon qaysi asrlarda yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko'p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo'lgan? A) milodiy II-III asrlarda B) miloddan avvalgi II-I asrlarda C) miloddan avvalgi III-II asrlarda D) milodiy I-II asrlarda 16 / 30 16. Qaysi davlatda davlat mudofaasi va qo'shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateg shug'ullanar edi? A) Yunon-Baqtriyada B) Kushon podsholigida C) Ahomoniylarda D) Salavkiylarda 17 / 30 17. O'rta Osiyoda buddaviylik ibodatxonalarida o‘sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari o‘rganilgan hududlarni aniqlang. 1) Eski Termiz; 2) Ayritom; 3) Yerqo'rg'on;4) Dalvarzintepa; 5) Qo'yqirqilganqal’a. A) 2, 3, 5 B) 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 5 18 / 30 18. Quyidagi qaysi madaniy yodgorlikdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan? A) Qo'yqirilganqal’a B) Ko‘zaliqir C) Tuproqqal’a D) Qal’aliqir 19 / 30 19. Xorazmiy va su‘g‘diy yozuvlari qaysi yozuv asosida kelib chiqqan? A) lotin B) finikiya C) oromiy D) yunon 20 / 30 20. Quyidagi davlatlarning qaysi biri miloddan avvalgi III asrda tashkil topmagan? A) Xan imperiyasi B) Salavkiylar davlati C) Parfiya podsholigi D) Qang' davlati 21 / 30 21. Qaysi davlatning hududi Hindiston, Xo‘tan, Afg‘oniston va O‘zbekistonning janubigacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan edi? A) Qadimgi Baqtriya davlati B) Kushon podsholigi C) Salavkiylar imperiyasi D) Yunon-Baqtriya podsholigi 22 / 30 22. Quyidagi qaysi hukmdor hukmronligi davrida oltin, kumush va misdan tanga pullar zarb ettirilgan edi? A) Oshshurbanipal davrida B) Ashoka davrida C) Vima Kadfiz davrida D) Kserks davrida 23 / 30 23. Oybo'yirqal’a yodgorligi qaysi topilmasi bilan muhim ahamiyatga ega? A) O'rta Osiyodagi dastlabki ibodatxona qoldiqlari topilganligi bilan B) O'rta Osiyodagi eng qadimiy yozuv namunalari topilganligi bilan C) Jahon tarixidagi eng qadimiy shaxmat donalari topilganligi bilan D) O’rta Osiyodagi eng qadimiy tangalar topilganligi bilan 24 / 30 24. Quyidagi tarixiy ma’lumotlardan qaysi birining davri xronologik jihatdan xato ko'rsatilgan? A) miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida ko'chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kirdilar. B) miloddan avvalgi VI-V asrlarda O'rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. C) Qadimshunoslar topgan dalillarga ko'ra, miloddan avvalgi II-I asrlarda Farg'ona (Dovon) yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko'p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo'lgan. D) Jonbosqal’a - Xorazmdagi miloddan avvalgi III-II asrlarga oid shahar bo'lgan. 25 / 30 25. Salavkiylar davrida Marg'iyona Antioxiysi nomi bilan tilga olingan O'rta Osiyo shahrini aniqlang. A) Qarshi B) Marg'ilon C) Termiz D) Marv 26 / 30 26. Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi qachon bo'lib o'tgan? A) mil. avv. 329-yilning yozida B) mil. avv. 328-yilning kuzida C) mil. avv. 328-yilning boshida D) mil. avv. 327-yilning qishida 27 / 30 27. Xorazm hududida joylashgan qadimiy shaharlarni va ularga oid ma’lumotlarni to'g'ri muvofiqlashtiring. 1) Qo'yqirilgan qal’a; 2) Tuproqqal’a; 3)Oybo'yirqal’a; 4) Qal’aliqir; a)O'rta Osiyodagi eng qadimiy yozuv namunalari topilgan; b)Mahalliy hukmdorning qarorgohi bo'lgan ulkan qal’a bunyod etilgan; c)Aylana shaklida qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan; d)Qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek, hayvonlarva qushlar tasviri bilan bezatilgan. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b 28 / 30 28. Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurashda tayanch bir manzilga ega bo'lish maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida «Aleksandriya Esxata» qal’asini barpo ettirgan? A) Xo'jand yaqinida B) Toshkent yaqinida C) O'ratepa yaqinida D) Jizzax yaqinida 29 / 30 29. Qadimgi Xorazmga oid Oybo'yirqal’a yodgorligi qaysi asrlarga oidligini belgilang. A) miloddan avvalgi VIII-VII asrlar B) miloddan avvalgi IV-III asrlar C) miloddan avvalgi V-IV asrlar D) miloddan avvalgi VI-V asrlar 30 / 30 30. Quyidagi qadimiy shaharlardan qaysi biri Dovon davlatiga taalluqli emas? A) Bityan B) Sho'rabashat C) Uchqo'rg’on D) Ershi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz