6-sinf Tarix №3

1

6-sinf Tarix №3

11-15-mavzular yuzasidan testlar

1 / 30

1. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar?

2 / 30

2. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri.

3 / 30

3. Qadimgi Misr xudolaridan bo'lgan Xatxorga quyidagi xususiyatlarning qaysi biri taalluqli emasligini aniqlang.

4 / 30

4. Qadimgi misrliklar quyidagi qaysi mahsulotdan gazlama tayyorlashganligini aniqlang.

5 / 30

5. Qaysi Misr firavni davrida Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o‘rnatildi?

6 / 30

6. Kir II qayerni bosib olgach, ulkan qo'shin tuzib bosqinchilik urushlarini davom ettirgan?

7 / 30

7. Qadimgi Finikiya o'lkasi qisman bo’lsa-da, hozirgi qaysi davlatlarning hududiga muvofiq keladi?

8 / 30

8. Qachon Urartu davlati o'z rivojlanishining yuqori cho'qqisiga erishadi?

9 / 30

9. Quyidagi voqealar qaysi fors shohi hukmronligi davrida yuz berganligini aniqlang. 1)«Uch yuz spartalik jasorati»; 2)Misrning bosib olinishi; 3)Lidiyaning istilo qilinishi; 4)Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarining bosib olinishi; a)Kir II; b) Kambiz II; c) Doro I; d) Kserks;

10 / 30

10. Qadimgi hindlar e’tiqodiga ko'ra mavjud bo'lgan tabaqalar nimaga qarab ajratilgan?

11 / 30

11. «Shoh Doro ayturki: keyin qo'shin bilan saklar mamlakatiga yurish qildim. Keyin uchi o'tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar janga kirdilar. Men daryodan o'tgach saklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga oldim». Yuqoridagi jumlalar qaysi manbadan olingan?

12 / 30

12. Quyidagi qaysi davlat mil. avv. XI asrda vujudga kelgan?

13 / 30

13. Qaysi manbada Olam, Yer yuzidagi ilk odamlar - Odam ato va Momo havo yaratilishi, Yer yuzini To'fon tutganligi haqida va boshqa rivoyatlar mavjud?

14 / 30

14. Quyidagi tarixiy voqealardan bir asrda sodir bo'lganlarini belgilang. 1)Misrga giksos qabilalari bostirib kirdi; 2)Shumer-Akkad davlati parchalanib ketdi; 3)Bobil podsholigida Xammurapi hukmronlik qildi; 4)Ossuriya o'z ravnaqining cho'qqisiga erishdi; 5)Xett davlati tashkil topdi; 6)Krit oroliga mikena qabilalari bostirib kirishdi; 7)Mohenjodaro va Xarappa sivilizatsiyalari zavolga uchray boshladi; 8)Eron hududiga midiyaliklar va forslar ko'chib kelib o'rnashishdi.

15 / 30

15. Boqiy hayotga erishish uchun yordam beradigan sehrli giyohni ilon o'g'irlab ketgach, Gilgamish uni nima umrboqiy qilishini tushunib yetadi?

16 / 30

16. Navuxonosor II hukmronligi davrida qaysi hudud Yangi Bobil podsholigiga qo'shib olingan?

17 / 30

17. Moxenjodaro shahri aholining asosiy mashg'uloti nima bo'lgan?

18 / 30

18. Quyidagi qadimiy xalqlardan qaysi birining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va savdo-sotiq bo'lgan?

19 / 30

19. Quyidagi qadimgi xalqlarning qaysi biri qo'shni mamlakatlar bilan doimiy urushlar olib borishganda jangovar aravalar va temir uchli nayzalardan foydalanishgan?

20 / 30

20. Quyidagi qaysi davlatda dori-darmon tayyorlash bo'yicha dasturulamal tuzilgan edi?

21 / 30

21. Quyidagi hududlar qaysi hukmdor davrida Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilganligini aniqlang. 1)Frakiya; 2) Finikiya; 3) Misr; 4) Marg'iyona; a)Kir II; b) Kambiz II; c) Doro I; d) Kserks.

22 / 30

22. Qadimgi Mesopotamiya tarixiga oid quyidagi voqealardan qaysi biri miloddan avvalgi IV mingyillikda yuz bermagan? 1)shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshlash 2)shumerlar tomonidan mixxat yozuvining ixtiro qilinishi 3)Shumer-Akkad davlati parchalanib ketd 4)Sargon I davlat tuzdi

23 / 30

23. Fors shohlarining qayerlarga o'yib yozilgan bitiklari hozirgacha saqlanib qolgan? 1)Naqshi Rustam qoyalariga; 2)Ekbatana shahri devorlariga; 3)Behistun qoyalariga; 4)Suza shahri devorlariga; 5)Kiropolis saroyi devorlariga; 6)Persepol saroyi devorlariga.

24 / 30

24. Qaysi shaharda Doro I va Kserksning yuz ustunli zali bo'lgan saroyi qoldiqlari saqlanib qolgan?

25 / 30

25. Ma’lumki, Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur kabi shahar-davlatlar yuzaga kela boshlagan. Dastlab bu shaharlarning hukmdori kim hisoblangan?

26 / 30

26. Quyidagi qaysi davlat Yangi Bobil podshotigi tomonidan bosib olingan?

27 / 30

27. Qadimgi hind xalqining diniy e’tiqodi to'g'risida berilgan quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan?

28 / 30

28. Elam davlati vujudga kelgan ming yillikka kelib ....

29 / 30

29. Doro I hukmronligining birinchi yili...

30 / 30

30. Qadimgi finikiyaliklarning asosiy mashg'ulotini belgilang.

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0