Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №1 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №1 InfoMaster Aprel 6, 2023 845 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 14 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №1 1-5-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi B) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi C) muzlik davrining poyoniga yetishi D) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi 2 / 30 2. Eng qadimiy tasviriy san’at rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang. A) urug' jamoalarining vujudga kelishi B) Buyuk muzlik davrining boshlanishi C) sun’iy turarjoylar barpo etishning boshlanishi D) Odamzotning dunyoni tushunishga intilishi 3 / 30 3. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 4, 5, 2, 3, 6, 1 B) 5, 3, 4, 2, 1, 6 C) 5, 4, 1, 2, 6, 3 D) 5, 4, 3, 2, 6, 1 4 / 30 4. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) So'nggi paleolit B) Mezolit C) Ilk paleolit D) O'rta paleolit 5 / 30 5. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar? A) Bronza B) Neolit C) Mezolit D) So‘nggi paleolit 6 / 30 6. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi B) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi C) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi D) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi 7 / 30 7. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi B) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi C) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi D) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi 8 / 30 8. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d 9 / 30 9. Insoniyatning qadimgi tarixiga oid quyidagi o'zgarishlardan qaysi biri neolit davriga xos emas? A) kulolchilik, to‘quvchilikning vujudga kelishi B) aksariyat qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar barpo etila boshlanishi C) agrar sivilizatsiya insoniyat tarixini shu davrida boshlangan D) Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning vujudga kela boshlashi 10 / 30 10. Yurtimizdagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qaysi hududlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topisfigan? A) Xitoy, Hindiston, Rim va Kavkazorti B) Misr, Xitoy va Old va Kichik Osiyo C) Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rim D) Hindiston, Eron va Mesopotamiya 11 / 30 11. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) mezolit davrida B) neolit davrida C) so'nggi paleolit davrida D) bronza davriga kelib 12 / 30 12. Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid? A) Bronza B) Neolit C) Mezolit D) Eneolit 13 / 30 13. Quyidagi qaysi davlat hududidan ilk paleolit davriga oid odam izlari topilganligini aniqlang. A) Yunoniston B) Xitoy C) Fransiya D) Germaniya 14 / 30 14. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-a, 2-c, 3-d B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-d, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-d 15 / 30 15. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) urug' B) ibtidoiy to'da C) Ibtidoiy jamoa tuzumi D) qabila 16 / 30 16. Mezolit davriga oid manzilgohlar O'zbekistonning qaysi hududlarida ko'plab uchraydi? 1) Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'lik tumanlarida; 2)Toshkent vohasida; 3)Xorazm vohasida; 4)Samarqand viloyatining tog'lik va dasht hududlarida; 5)O'zbekiston janubida. A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 5 17 / 30 17. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri nisbatan oldinroq(qadimiyroq) yuz bergan? A) toshdan mayda mehnat qurollari yasashning qo'llanilishi B) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi C) dastlabki dafn etish tartiblarining yuzaga kelishi D) zeb-ziynat buyumlari yasala boshlanishi 18 / 30 18. Mezolit davri oxirida... A) hayvonlar qo'lga o'rgatila boshlangan. B) qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turarjoylar qura boshlagan. C) O'rta Osiyoning janubiy viloyatlaridagi aholi ziroatchilikka o'tgan. D) misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o'tilgan. 19 / 30 19. Insoniyat hayotidagi o‘zgarishlardan qaysi birlari eneolit davriga oid?1)Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2)mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3)ko‘p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4)ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tildi; 5)kulolchilik xumdoni kashf etildi; 6)O'rta Osiyo janubida ziroatchilik xo'jaligi vujudga keldi. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5, 6 20 / 30 20. Temirdan yasalgan bezaklar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan? A) Misrda B) Surxondaryoda C) Kavkazda D) Ispaniyada 21 / 30 21. Boshqirdistondagi Kapova g'ori qanday topilmasi bilan mashhur? A) qoyatosh suratlari bilan B) temirdan yasalgan ziynat buyumlari bilan C) 8-9 yoshli ibtidoiy bola suyaklari topilganligi bilan D) eng qadimiy ziroatchilik manzilgohi ekanligi bilan 22 / 30 22. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang. A) Kichik Osiyo va Eronda B) Mesopotamiya va Indoneziyada C) Misr va Kavkazortida D) Falastin va Hindistonda 23 / 30 23. O'zbekistonning qaysi hududlaridan bronza davriga oid eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan? 1) Buxoro viloyatidan; 2) Toshkent viloyatidan; 3) Xorazm vohasidan; 4) Farg'ona vodiysidan; 5)Surxondaryo viloyatidan; 6)Samarqand shahri hududidan. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 4, 5 24 / 30 24. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Neolit davrida B) Bronza davrida C) Mezolit davrida D) Eneolit davrida 25 / 30 25. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 4 B) 3, 4 C) 1, 5, 7 D) 2, 3, 6 26 / 30 26. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan? A) o‘rta paleolit B) mezolit C) so‘nggi paleolit D) ilk paleolit 27 / 30 27. Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) O’rta Osiyoda B) Kichik Osiyoda C) Sharqiy Yevropada D) Old Osiyoda 28 / 30 28. Yurtimizda Mezolit davriga oid bo'lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o'rganilgan? A) Machay B) Qo'shilish C) Obishir D) Zarautsoy 29 / 30 29. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy tasavvurlari bo'lgani to'g'risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi? A) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o'rganishlari B) so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi C) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo'rqib, to‘da bo'lib ov qilganliklari D) odamlarning dunyoni tushunishga intilishlari 30 / 30 30. Bronza davriga oid quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Sopollitepa manzilgohi qurilishi tarxida shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi B) Bronza davriga kelib Ota urug’ davriga o’tilgan C) Sopollitepa manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan D) Bronza davriga oid bronza ko'zgular Zamonbobo manzilgohidan topilgan Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz