Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №2 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №2 InfoMaster Aprel 20, 2023 372 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf O'zbekiston tarix №2 5-7-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. V-VI asrlarda xalqaro savdo tili bo’lgan tilni aniqlang. A) sug’diy B) xorazm C) baqtriya D) turkiy 2 / 40 2. Eftaliylar davlati “Buyuk Ipak yo`li” orqali qaysi davlatlar bilan xalqaro savdoda faol qatnashardi? A) Xitoy, Hindiston va O‘rtayer dengiz davlatlari bilan B) Hindiston, Vizantiya va Franklar qirolligi bilan C) Xitoy, Eron va Bolqon yarimoroli davlatlari bilan D) Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan 3 / 40 3. V-VII asrlarda istehkomli qasr, qo‘rg‘on va ko‘shklar asosan qanday vazifalarni o‘tagan? 1)tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshoati; 2)oliy ilmgoh markazi; 3)chokarlar to‘planadigan joy; 4)qurol-yarog‘ saqlanadigan ombor; 5)bozor; 6) otashparastlar ibodatxonasi; 7) ma’muriy markaz A) 2, 4, 6 B) 3, 6 C) 1, 3, 4, 7 D) 1, 3, 5, 7 4 / 40 4. Quyidagi qaysi ilk o‘rta asr dini vakillari o‘z xudolarida qora qashqa ot so‘yib qurbonlik qilishgan? A) otashparastlik B) moniy C) nasroniylik D) shomon 5 / 40 5. Ilk o‘rta asr davlatlarining poytaxtlarini aniqlang. 1) Eloq; 2) Toxariston; 3) Xorazm; G‘arbiy turk xoqonligi. Kat; b) Tunkat; c) Yettisuv; d) Balx A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d 6 / 40 6. Ma’lumki, VI asrda O‘rta Osiyo hududlarida mayda hokimliklar bo‘lgan. Turklar bu hokimliklardan qanday soliqlar undirgan? A) boj va yasoq B) xiroj va jiz’ya C) xiroj va yasoq D) zakot va jiz“ya 7 / 40 7. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyoda aholining ko‘pchiligi qaysi dinga e’tiqod qilgan ? A) moniylik B) zardushtiylik C) nasroniylik D) shomoniylik 8 / 40 8. Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan qaysi dinga e’tiqod qilib kelgan edi? A) shomoniylik B) buddaviylik C) moniylik D) zardushtiylik 9 / 40 9. Arkon — bu … A) islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘i B) dindagi eng muhim vazifa C) qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq D) mavjud tartibni o‘zgartirish 10 / 40 10. So‘g‘dda bolalar ... yoshga to‘lgach yozuv va hisob o‘rgatilar,… yoshdan esa savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi. A) 6, 20 B) 5, 20 C) 7, 18 D) 7, 16 11 / 40 11. VII asrning birinchi choragida … A) Turk xoqonligi ikkiga bo‘linib ketdi B) Arabiston yarim orolida davlat tashkil topdi C) G‘arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqa o‘rnatildi D) G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaydi 12 / 40 12. Qaysi hudud ilk o`rta asrlarda o`zining naychilari bilan shuhrat topgan edi? A) Naxshab B) Toshkent C) Samarqand D) Buxoro 13 / 40 13. Ilk o‘rta asrlardagi mustaqil davlat – Toxaristonning poytaxti qaysi shahar edi? A) Chag‘oniyon B) Marv C) Balx D) Termiz 14 / 40 14. Kimning hukmronligi davrida G‘arbiy turk xoqonligida boshqaruv tartiblari isloh qilinadi? A) To‘n Yabg‘u B) Qoracho‘rin C) Sheri Kishvar D) Bumin 15 / 40 15. G‘arbiy Turk xoqonligiga kirgan hududlarni aniqlang. 1) Janubiy Sibir; 2) Janubiy Xitoy; 3)Amudaryoning chap sohillari; 4)Sharqiy Turkiston; 5) Yettisuv; 6) Sirdaryo va Amudaryo havzalari A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 4, 5, 6 D) 3, 4, 5, 6 16 / 40 16. Qayerda topilgan tangaga ko‘ra qadimgi turkiy davlatchiligida, hukmdorning malikasi — xvatun, ya’ni vazirlik darajasiga ega bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi? A) Eloq B) Farg‘ona C) Toxariston D) Choch 17 / 40 17. Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilarida “ixshidlar” hukmronlik qilgan? A) So‘g‘d va Farg‘ona B) Choch va So‘g‘d C) Fargona va Toxariston D) Toxariston va Eloq 18 / 40 18. Quyidagilardan bir-biriga muvofiq keluvchi javobni aniqlang. 1) Farg‘ona vodiysi 2) Zarafshon vodiysi Surxon a)Afrosiyob b) Bolaliktepa c) Quva A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-c, 3-a 19 / 40 19. Farg`ona vodiysida qaysi tog`lar yonbag`irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug`ullanishgan ? A) Xerirud va Pomir B) Qurama va Qoramozor C) Tyanshan va Oloy D) Hisor va Hindikush 20 / 40 20. Ko‘kturk xati necha harflardan iborat? A) 25 ta B) 38-40 ta C) 32-34 ta D) 28 ta 21 / 40 21. Eftallar davlatida dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan omilni aniqlang. A) mamlakat ahaolisining deyarli barchasi bir dinga sig‘inishi B) mahalliy hokimlar tomonidan ham chaqa tangalar chiqarilishi C) o‘zga hududlarning egallanishi oqibatida yer maydonlarining kengayishi D) Iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi 22 / 40 22. Qo`riq va bo`z yerlarga suv chiqarib, katta-katta ekin maydonlarini barpo etishdek obodonchilik ishlarida sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashgan tabaqa vakillarini aniqlang. 1)mulkdor tabaqa vakillari 2)ziroatchilar 3)harbiy yo`lboshchilar 4)qishloq oqsoqollari 5)jamoa ruhoniylari 6)qabila boshliqlari A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,4,6 D) 3,4,5 23 / 40 23. Qaysi ilk o‘rta asr davlatida ayrim tangalarida hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan? A) Choch B) Toxariston C) Xorazm D) So‘g‘d 24 / 40 24. Bolaliktepa manzilgohi qaysi viloyat hududida joylashgan? A) Buxoro B) Xorazm C) Surxondaryo D) Qashqadaryo 25 / 40 25. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysi o‘zining qanday hususiyati bilan mashhur edi? A) bog‘dorchilik markazi bo‘lganligi bilan B) ziravorlari bilan C) zotli otlari bilan D) sifatli chinnilari bilan 26 / 40 26. Varaxshadan topib o‘rganilgan ganchkor humo qushi nechanchi asrlarga tegishli? A) V-VI asrlar B) VII asr C) VI-VII asrlar D) VI asr 27 / 40 27. Nima sababdan turklarning eftallar bilan to‘qnashishi arafasida Eron davlati va Turk xoqonligi yaqinlasha bordi? A) turklar va sosoniylar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra sosoniylar eftaliylar tasarrufidagi Toxariston va Chag‘oniyonni olish kerak edi B) sosoniylar shohi Xusrav I turklarning yabg‘u xoqoni Istamiga kuyov bo‘lgan edi C) sosoniylar eftaliylardan o‘zlarining Marv va Badaxshon hududlarini qaytarib olish kerak edi D) uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi 28 / 40 28. Ilk o‘rta asrlardagi qudratli Eftaliylar davlati nechanchi yillarda va qaysi davlatlarning zarbalari natijasida barbod bo‘ldi. A) 567-583-yillarda janubda Eron sosoniylari va shimolda Turk xoqonligi zarbalari natijasida B) 569-583-yillarda janubdan Vizantiya va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida C) 563-567-yillarda janubdan Eron sosoniylari va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida D) 563-564-yillarda shimolda Turk xoqonligining zabasi natijasida 29 / 40 29. G‘arbiy turk xoqoni To‘n Yabg‘u nechanchi yillarda hukmronlik qilgan? A) 586-603 B) 618-630 C) 567-588 D) 588-618 30 / 40 30. Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlarning gavjumlashuviga imkon bergan omil ? A) Ma’lum tartibdagi boshqaruv ma’muriyati tashkil topganligi B) Shaharlarning ma’muriy markaz sifatida yuksalishi C) Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi D) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni kam olinishi 31 / 40 31. Budun – tarixiy atamasining ma’nosini aniqlang. A) chorvador aholi B) qo‘shin qo‘mondoni C) buyuk hukmdor D) el-yurt hokimi 32 / 40 32. O`n ming suvoriydan iborat harbiy bo`linmaning tumanboshisi nima deb yuritilgan ? A) Budun B) Yabg‘u C) Shod D) O‘n o‘q budun 33 / 40 33. O‘rta Osiyoda ilk o‘rta asrlarda haykaltaroshlikning rivojlanishiga qanday omil ta’sir ko‘rsatdi? A) bu yerlarda nisbatan osoyishtalikning hukm surishi B) budda dinining mavjudligi C) rassomchilikning yanada takomillashuvi D) kulolchilikning rivojlanishi 34 / 40 34. 12 metrli budda haykali qaysi manzilgohdan topib o‘rganilgan? A) Varaxshadan B) Ajinatepadan C) Afrosiyobdan D) Bolaliktepadan 35 / 40 35. VI asrning 80-yillari oxirlarida ... A) G‘arbiy turk xoqonligi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi B) Eftallar davlati Eron sosoniylari va turklar zarbasidan keyin parchalanib ketdi C) Turk xoqonligi ikkiga bo‘linib ketdi D) G‘arbiy turk xoqonligining Xitoy bilan aloqalari ayniqsa kuchaydi 36 / 40 36. Ilk o‘rta asrlarning qaysi davlati old tomonida mulkdorning surati, orqasiga gajak dumli bars, ba’zan sulolaviy ayri tamg‘a tushirilgan chaqa-tangalar zarb etganlar? A) Xorazm B) So‘g‘d C) Farg‘ona D) Choch 37 / 40 37. Farg‘ona yerlari juda hosildor, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, nimalarni ekkan? A) g‘alla va paxta B) g‘alla va sholi C) sholi va tariq D) paxta va sholi 38 / 40 38. Toxariston aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligining qaysi tarmog‘i bilan shug‘ullangan? A) chorvachilik va qisman dehqonchilik B) Ko‘chmanchi chorvachilik va hunarmandchilik C) o‘troq dehqonchilik D) yilqichilik, tuyachilik va qisman dehqonchilik 39 / 40 39. Quyidagi qaysi turk xoqoninning ikkinchi ismi El Arslon bo‘lgan? A) To‘n Yang‘u B) Istami C) Sheri Kishvar D) Qoracho‘rin 40 / 40 40. Abruy qo‘zg’olonini kim bostiradi ? A) El Arslon B) Qoracho’rin C) Bilga xoqon D) Kultegin Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz