Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №2 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №2 InfoMaster Aprel 20, 2023 194 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf O'zbekiston tarix №2 5-7-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Ilk o’rta asrlarida O’rta Osiyodagi qaysi davlat boshqaruvda harbiy kuchga tayangan, jinoyat uchun qattiq jazolar belgilangan? A) Sosoniylar B) Eftallar C) Xiyoniylar D) Kushonlar 2 / 40 2. Eftaliylar davlatida mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo’lgan chaqa tangalar qayerlarda zarb etilgan ? 1) Vardona 2) Kesh 3) Poykand 4) Naxshab 5) Xorazm 6) Samarqand 7) Choch 8) Farg’ona 9) Buxoro A) 4, 6, 3, 9, 1, 5 B) 4, 6, 2, 1, 5, 8 C) 4, 6, 8, 2, 5, 7 D) 4, 6, 2, 3, 5, 7 3 / 40 3. Quyidagi ilk o‘rta asr shaharlaridan qaysi biri Xushkat deb ham yuritilgan? A) Axsikat B) Koson C) Quva D) Eloq 4 / 40 4. Qachon G‘arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalar ayniqsa faollashdi? A) VI asrning oxirida B) VII asrning boshida C) VII asrning ikkinchi yarmida D) VII asrning birinchi yarmida 5 / 40 5. Turk xoqonligi Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan o‘lkalarni egallagan yilni aniqlang. A) 576-yil B) 567-yil C) 558-yil D) 555-yil 6 / 40 6. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostirilgach,... A) qo‘zg‘olonchi kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlariga qaytariladi B) Turk xoqoni nazoratni kuchaytirish uchun o‘g‘li Sheri Kishvarni O‘rta Osiyoga noib qilib yuboradi C) Turk xoqoni o‘lkada nazoratni kuchaytirish uchun o‘z noiblari – tudunlarni yuboradi D) soliq va majburiyatlar keskin kamaytiriladi 7 / 40 7. Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi? A) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga B) Eron hududiga C) Taroz va Yettisuvga D) Turkiston va Taroz atroflariga 8 / 40 8. Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilarida “ixshidlar” hukmronlik qilgan? A) Fargona va Toxariston B) Toxariston va Eloq C) Choch va So‘g‘d D) So‘g‘d va Farg‘ona 9 / 40 9. Varaxshadan topib o‘rganilgan ganchkor humo qushi nechanchi asrlarga tegishli? A) VI asr B) VII asr C) V-VI asrlar D) VI-VII asrlar 10 / 40 10. Farg`ona vodiysida qaysi tog`lar yonbag`irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug`ullanishgan ? A) Qurama va Qoramozor B) Xerirud va Pomir C) Hisor va Hindikush D) Tyanshan va Oloy 11 / 40 11. Kimning hukmronligi davrida G‘arbiy turk xoqonligida boshqaruv tartiblari isloh qilinadi? A) Sheri Kishvar B) Bumin C) Qoracho‘rin D) To‘n Yabg‘u 12 / 40 12. Ma’lumki, eftallarning Ipak yo‘li savdosidagi sosoniy savdogarlari bilan raqobatida asosan sug‘diylar vositachi bo‘lgan. Bu esa… A) sosoniylar davlatining sug‘diylar bilan oralari buzilishiga olib kelgan B) yo‘l, qatnov, ta’minot, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayib borishiga yo‘l ochgan. C) yo‘l, qatnov, ta’minot, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanmay qolib ketishiga olib kelgan D) sug‘diylarning eftallarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga olib kelgan 13 / 40 13. Qaysi viloyat ilk o‘rta asrlardayoq o‘z tanga pullari tizimiga ega bo‘lgan? A) Farg‘ona B) So‘g‘d C) Eloq D) Choch 14 / 40 14. O`n ming suvoriydan iborat harbiy bo`linmaning tumanboshisi nima deb yuritilgan ? A) Shod B) O‘n o‘q budun C) Budun D) Yabg‘u 15 / 40 15. Bolaliktepa manzilgohi qaysi viloyat hududida joylashgan? A) Qashqadaryo B) Xorazm C) Buxoro D) Surxondaryo 16 / 40 16. Ma’lumki, VI asrda O‘rta Osiyo hududlarida mayda hokimliklar bo‘lgan. Turklar bu hokimliklardan qanday soliqlar undirgan? A) zakot va jiz“ya B) xiroj va jiz’ya C) xiroj va yasoq D) boj va yasoq 17 / 40 17. VI-VII asrlarda san’at sohasida Toshkent o‘zining nimasi bilan shuxrat topgan edi? A) o‘yinchi yigit va raqqosa qizlari bilan B) darbozlari va qiziqchilari bilan C) naychilari bilan D) qiziqchilari bilan 18 / 40 18. Xitoyga hadya tariqasida nechanchi yilda dubulg‘a (temir qalpoq) yuborildi? A) 716-yil B) 627-yil C) 718-yil D) 456-yil 19 / 40 19. Ilk o‘rta asrlarda Buxoro san’atning qaysi sohasida shuhrat topgan edi? A) rassomchilik B) qiziqchilik C) raqqoslik D) naychilik 20 / 40 20. Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlarning gavjumlashuviga imkon bergan omil ? A) Shaharlarning ma’muriy markaz sifatida yuksalishi B) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni kam olinishi C) Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi D) Ma’lum tartibdagi boshqaruv ma’muriyati tashkil topganligi 21 / 40 21. Tunkat shahri ilk o‘rta asrlarda qaysi hokimlik markazi hisoblangan? A) Toxariston B) Choch C) Eloq D) Sug‘d 22 / 40 22. Quyidagi qaysi turk xoqoninning ikkinchi ismi El Arslon bo‘lgan? A) Istami B) To‘n Yang‘u C) Sheri Kishvar D) Qoracho‘rin 23 / 40 23. Rabot nima? A) Shaharning tashqi mavzesi B) Hunarmandchilik ustaxonalari va rastalari C) Shaharning hokim qasri joylashgan qismi D) Shaharning ichki qismi 24 / 40 24. So’g’diylar qaysi sohada ayniqsa nihoyatda sohibkor edilar? A) yilqichilikda B) dehqonchilikda C) chorvachilikda D) uzumchilikda 25 / 40 25. V-VII asrlarda istehkomli qasr, qo‘rg‘on va ko‘shklar asosan qanday vazifalarni o‘tagan? 1)tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshoati; 2)oliy ilmgoh markazi; 3)chokarlar to‘planadigan joy; 4)qurol-yarog‘ saqlanadigan ombor; 5)bozor; 6) otashparastlar ibodatxonasi; 7) ma’muriy markaz A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 4, 6 C) 3, 6 D) 1, 3, 5, 7 26 / 40 26. Ko‘kturk xati necha harflardan iborat? A) 38-40 ta B) 28 ta C) 32-34 ta D) 25 ta 27 / 40 27. Ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d ixshidlari Zarafshon va Qashqadaryo vohalarining qancha mulklarini birlashtirgan edi? A) 11 ta B) 27 ta C) 19 ta D) 15 ta 28 / 40 28. Qachon G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi? A) VII asrning oxirgi choragida B) VII asrning ikkinchi choragida C) VII asrning dastlabki choragida D) VIII asrning birinchi yarmida 29 / 40 29. G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrda uning janubiy chegarasi qayergacha cho‘zilgan edi? A) Qirg‘iz xoqonligi hududigacha B) Sind daryosi bo‘ylarigacha C) Amudaryo etaklarigacha D) Tan imperiyasi hududigacha 30 / 40 30. G‘arbiy Turk xoqonligiga kirgan hududlarni aniqlang. 1) Janubiy Sibir; 2) Janubiy Xitoy; 3)Amudaryoning chap sohillari; 4)Sharqiy Turkiston; 5) Yettisuv; 6) Sirdaryo va Amudaryo havzalari A) 4, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 3, 4, 5, 6 31 / 40 31. Ilk o‘rta asrlarda ko‘tarilgan Buxorodagi Abruy qo‘zg‘olonining sababi nima edi? A) qashoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asorati B) dehqonlar asorati C) mamlakatdagi 10 dan ortiq turli xil soliqlarning yig‘ilishi D) doimiy harbiy yurish 32 / 40 32. Ilk o‘rta asrlarda shaharning hokim qasri joylashgan qismi nima deb nomlangan? A) Kuhandiz B) Shahriston C) Rabot D) Yabg‘ukat 33 / 40 33. G‘arbiy turk xoqoni To‘n Yabg‘u nechanchi yillarda hukmronlik qilgan? A) 567-588 B) 586-603 C) 588-618 D) 618-630 34 / 40 34. Ilk o‘rta asr davlatlarining poytaxtlarini aniqlang. 1) Eloq; 2) Toxariston; 3) Xorazm; G‘arbiy turk xoqonligi. Kat; b) Tunkat; c) Yettisuv; d) Balx A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d 35 / 40 35. Sug‘d va Xorazm yozuvlari qaysi yozuv asosida vujudga kelgan edi? A) Toxariston yozuvi B) qadimgi oromiy yozuvi C) baqtriya yozuvi D) qadimgi kushon yozuvi 36 / 40 36. Moniy dinining arkoni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) ezgu amal, ezgu fikr, esgu so‘z B) yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash C) ibodat, ro‘za, sadaqa berish D) zaminni sevish, uy-joyni avaylash 37 / 40 37. Kultegin va Bilga xoqon bitiklari qayerlardan topib o‘rganilgan? 1) Oltoy; 2) Shimoliy Kavkaz; 3) Sharqiy Turkiston; 4) Toxariston; 5) Yettisuv; 6) Farg‘ona vodiysi; 7) Zarafshon vodiysi; 8) Ural tog‘lari atrofi A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 2, 3, 5, 6, 8 D) 3, 4, 6, 7, 8 38 / 40 38. VII asrning birinchi choragida … A) G‘arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqa o‘rnatildi B) Arabiston yarim orolida davlat tashkil topdi C) G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaydi D) Turk xoqonligi ikkiga bo‘linib ketdi 39 / 40 39. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunarmandlar tomonidan nechta turdagi cholg‘u asboblari yasalgan? A) o‘n turdagi B) o‘ttiz turdagi C) o‘n besh turdagi D) yigirma turdagi 40 / 40 40. Xitoy hukumatiga sovg‘a tariqasida O‘rta Osiyoning qaysi shaharidan dubulg‘a yuborilgan edi? A) Ishtixon B) Poykand C) Balx D) Samarqand Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz