7-sinf Jahon tarix №6

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

7-sinf Jahon tarix №6

36-40-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Qaysi omil Frank davlatida qirolni kuchaytirib, uni qabiladoshlari orasida yangi cho`qqilarga ko`taradi?

2 / 40

2. Franklarning ijtimoiy munosabatiga oid quydagi javoblardan qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas.

3 / 40

3. Ilk o'rta asrlarda Xitoyning yirik shaharlarida tashkil etilgan maktablarda kimlar tayyorlangan?

4 / 40

4. Quyidagi qaysi inshootni qurish yoki qayta ta`mirlash uchun Xitoy aholisidan salkam 1 mln kishi jalb etilgan edi?

5 / 40

5. Quydagi ma’lumotlarni qaysi shaharlarga oid ekanligini aniqlang. 1)Samarqand 2) Kioto 3) Buxoro 4) Xeyyan a)Sharq dunyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lib,islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan; b) 1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘lgan; c) O‘rta asr shoirlari va faylasuflari «sayqali ro‘yi zamin» - yer yuzining sayqali,husni,deb ta’riflaganlar; d) ko‘p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, madaniy va diniy markazi bo‘lib qolgan;

6 / 40

6. Shahar kambag`allari qo`zg`olonlari bo`lib o`tgan yerlar berilgan javobni toping. 1) Florensiya 2) Milan 3) Perudja 4) Seviliya 5) Kyoln 6) Siena 7) Parij

7 / 40

7. Angliyada Uot Tayler boshchiligidagi qo’zg’olon davrida Smitfilddagi uchrashuvda qirolga taqdim etilgan dasturda qanday talablar ilgari surilgan? 1)dehqonlarning qaramligini bekor qilish 2)feodallar tortib olgan yayalov va o’rmonlarni qaytarish 3)ibodatxona yerlarini musodara qilib, dehqonlarga bo’lib berish 4)erkin savdoga ruxsat berish 5)yer solig’ini kamaytirish 6)aholining teng huquqli bo’lishini ta’minlash

8 / 40

8. Qachondan boshlab Fransiyadagi yangi o’zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismi pul bilan to’lanadigan bo’ldi?

9 / 40

9. Me’morchilikning qaysi uslubida cherkov derazalari orasida rasmlar chizish uchun joy ham bo‘lgan.

10 / 40

10. Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1)Chingizxon O‘rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so‘ng mo‘g‘ullar rus yerlariga bostirib kiradi. 2)Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda Temuchin ulug‘ xon deb e’lon qilinadi. 3) Chingizxon Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi 4) mo’g’ullar Kavkaz orqali Dashti Qipchoqqa chiqadi 5) Chingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z o‘g‘illariga taqsimlab beradi

11 / 40

11. Xanson hozirgi qaysi shaharga to’g’ri keladi?

12 / 40

12. Qachondan mo`g`ullarga ozod bo`lgan Xitoyda Yuan Chjan asos slogan Min imperiyasi faoliyati boshlanadi?

13 / 40

13. Qaysi voqea Oltin Orda xonligini uzil-kesil zaiflashtirgan?

14 / 40

14. Qaysi davlat o'rta asrlarda qo'shhokimiyatchilik asosida boshqarilgan?

15 / 40

15. Koreyada uch qirolikdan qay birini qoʼshini jangovarligi bilan ajrab turgan.

16 / 40

16. O’rta asrlarda Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan omilni aniqlang.

17 / 40

17. Qachon Choson qirolligi iqtidodiy va madaniy jihatdan yuksaldi?

18 / 40

18. Mo‘ g‘ullar ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat - mulkiy tabaqalanish kuchaya boshlagan davr to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang.

19 / 40

19. Xitoyning qaysi viloyatlarida XIV asrning o’rtalarida mo'g'ullarga qarshi dehqonlar qo'zg'oloni boshlangan?

20 / 40

20. Xitoyda uzoq davom etgan siyosiy tarqoqlik va o'zaro urushlarga ... sulolaning hokimiyatga kelishi chek qo'ydi?

21 / 40

21. Min imperiyasi dastlab tashkil topganda mamlakat xo'jaligini tiklash uchun qanday tadbirlarni amalga oshiriladi? 1)hunarmand va savdogarlardan olinadigan to'lovlar kamaytirilib, qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilinadi; 2)sun'iy sug'orish inshootlari, kanallar, to'g'onlar va suv omborlari tiklanadi; 3)erkin dehqonlarni davlat qo’llashga intiladi; 4)dehqonlar o’zlari yetishtirgan mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to’lash joriy qilinadi; 5)suvni nisbatan baland joylarga chiqaruvchi moslamalardan keng foydalana boshlanadi.

22 / 40

22. Qadimgi Choson qiroligini boʼlinishiga olib kelgan sabablarni toping?

23 / 40

23. Silla qirolligi o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishgan asrni aniqlang.

24 / 40

24. Xuloku ulusiga qarshi kurashda Oltin O'rda qayerning sultonlari bilan ittifoq tuzadi?

25 / 40

25. Eronda tashkil topgan Xulakular davlati qaysi hududga egalik qilish masalasida Oltin O`rda bilan raqobatlashgan?

26 / 40

26. Xitoyda mo‘g‘ullarga qarshi xalq ozodlik harakatlari kuchaygan davrda yuz bergan voqeani aniqlang.

27 / 40

27. Koguryo qirolligining shimoli sharqiy Xitoyda yo’qotgan hududlarini qaytarib olish vazifasini kim o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi?

28 / 40

28. 1483-yildа sаvdоgаrlаr Yapоniyadаn chеt mаmlаkаtlаrgа ... dоnа qilich оlib kеtgаnlаr.

29 / 40

29. Quyidagi javoblar orasida notog’ri keltirilgan javobni aniqlang

30 / 40

30. Ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan ayrim mo’g’ul urug‘lari qayerda yashagan?

31 / 40

31. Mo’g’ullar Koryoni necha yil davomida o’z qo’l ostida ushlab turadi?

32 / 40

32. Quyida ko'rsatilgan Yaponiya tarixiga oid atamalarga mos keluvchi javoblarni aniqlang. 1)Ryoka 2) Syoyen 3) Mikado 4) Xanke a)imperator b) yer egalari mulklari c)yirik yer egallari vassalari d)yer egalarining eng nufuzlilari

33 / 40

33. Oltin O`rdada kim ko`chmanchilar zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba`zida xondan ham ko`proq mavqega erishgan?

34 / 40

34. Oʻrta asrlarda qaysi davlatda boshqa mamlakatlardan farq qiladigan siyosiy tuzum shakllangan edi?

35 / 40

35. Li Son Ge davrida mamlakat qanday nomni oladi?

36 / 40

36. Nechanchi asrlarda Koguryo qirolligi mavjud bo’lgan.

37 / 40

37. Qaysi Rus knyazi Oltin O`rdaga va Mo`g`ilstonga bir necha bor tashrif buyurib, mahalliy amaldorlarning hurmat etiboriga sazovor bo`lgan?

38 / 40

38. Qaysi xalqlar hayotida qadimgi udumlar, diniy tasavvurlarida esa ajdodlar ruhiga sig‘inish e’tiqodlari yaxshi saqlanib qolgan.

39 / 40

39. Qaysi qirollik davrida Koreyaga Xitoy yozuvi kirib kelgan?

40 / 40

40. Mo`g`ullarda alohida koʻchmanchi xo`jalik nima deb ataladi?

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0