Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf Jahon tarix » 7-sinf Jahon tarix №5 7-sinf Jahon tarix 7-sinf Jahon tarix №5 InfoMaster Aprel 11, 2023 98 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf Jahon tarix №5 29-35-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. VII asrda Arab xalifaligi hujumlari natijasida vizantiyaliklar qaysi hududlarni boy beradi? A) Misr va Falastin B) Suriya va Misr C) Suriya va Falastin D) Eron va Suriya 2 / 40 2. Karolinglar davrida qirol tomonidan grafliklarga berilgan qaysi mansab ularning hokimyatini kuchaytirgan edi? A) sud qilish B) diniy rahbarlik C) soliq yig`ish D) harbiy qo`mondon 3 / 40 3. Arab xalifalari va ular davrida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Usmon 2.Ali 3.Umar 4.Abu Bakr a)Muhammad(s.a.v.)vafotidan keyin xalifalikka saylanadi; b)hukmronligini o‘z raqiblari bilan to‘xtovsiz urushlarda o'tkazadi; c)arab qo‘shinlari Dog‘istonni egallab,Amudaryo sohillariga chiqadi; d)arablar Falastin,Suriya,Misr va Liviyani istilo qilganlar; A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 4 / 40 4. Sharq xalqlari ertaklarida afsonaviy boyliklar mamlakati sifatida tasvirlangan davlatda yer egaligi munosabatlari qachon vujudga kelgan. A) IV-V asrlarda B) IV asrning so’ngida C) milodiy III asrda D) VI asrning birinchi yarmida 5 / 40 5. Salibchilar tomonidan Yaqin sharqda tashkil etilgan davlatlarni 200 yil davomida saqlanib qo`lishining asosiy sababi …. A) Yevropadan Yaqin Sharqqa ritsarlar oqimining ko`payishi; B) Sharqda rivijlangan davlatlarning hali vujudga kelmaganligi; C) Sharqdagi aholining soliq va majburiytalar orqali tutib turilganligi; D) Yevropa qirollarining doimiy yurishlari; 6 / 40 6. O‘rta asrlarda qayerlik ustalar parcha, ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozongan. A) arab B) eron C) xitoy D) hind 7 / 40 7. Lotinlar tomonidan Vizantiya hududlarini to`liq egallana olmaganligining sababi nima edi? A) diniy-ritsarlik ordenlarini o`z faoliyatini yakunlganligi; B) salibchilar orasida boshlangan parokandalik; C) Qirollarning salibchilarni qo`llab-quvvatlamay qo`yganligi; D) mahalliy yunonlarning mardonavor qarshiligi; 8 / 40 8. “Yuz yillik urush” da nechanchi yildan so’ng yuz yillik urushning xususiyati o‘zgarib,ingliz qo‘shinlariga qarshi oddiy xalq ko‘tariladi. A) 1415-yil B) 1360-yil C) 1420-yil D) 1356-yil 9 / 40 9. O‘rta asrlarda Fransiyada qirolning markazlashtirish siyosatiga kimlar qarshi edilar? A) yirik dunyoviy va diniy feodallar; B) dehqonlar va hunarmandlar; C) shaharliklar, mayda va o‘rta feodallar; D) yirik feodallar, savdogarlar va shaharliklar; 10 / 40 10. Angliyada 1381-yilda boshlangan qo`zg`alon rahbari qaysi kasb egasi hisoblanadi? A) tunikasoz B) dehqon C) rohib D) temirchi 11 / 40 11. Rusda XII asr o‘rtalarida nizolar kuchaygan payt(a), va Botuxon bosqinlari arafasida(b) mustaqil knyazliklar soni qanchaga yetgan. A) a-15 ta, b-50 ta B) a-12 ta, b-20 ta C) a-20 ta, b-40 ta D) a-15 ta, b-30 ta 12 / 40 12. Me’morchilikning qaysi uslubida cherkov derazalari orasida rasmlar chizish uchun joy ham bo‘lgan. A) Vizantiya uslubi B) Gotika uslubi C) Arab me’morchiligi uslubi D) Roman uslubi 13 / 40 13. Chingizxon rus yerlariga bostirib kirgandan so'ng, rus askarlarini qanday usulda tor-mor keltiradi. A) otliq qo‘shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib; B) «keshik» deb yuritilgan maxsus gvardiya yordamida; C) piyoda qo‘shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib; D) pistirmada qo’qqisdan hujum qilish orqali; 14 / 40 14. Usmonlilar istilosiga qadar Bolqon yarimorolida qaysi yirik davlatlar mavjud edi. 1) Serbiya 2) Vengriya 3) Vizantiya 4) Ruminiya 5) Bolgariya 6) Polsha 7) Bosniya A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 7 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 3, 4, 6 15 / 40 15. Nemis feodallari qachon Boltiqbo’yida yashovchi est va lit qabilalariga qarshi urush olib boradi? A) XII asr o’rtalarida B) XII asr boshlarida C) XIII asr oxirida D) XIII asr boshlarida 16 / 40 16. XIV asrning boshlarida qaysi shaharlar Rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi? 1.Suzdal. 2.Tver. 3.Yaroslavl. 4.Moskva. A) 1, 2 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 17 / 40 17. Tumori yerlar faqat kimlarga xizmatda bo‘lgan paytida taqdim etilgan. A) turklarga va harbiylarga; B) amaldorlar va sarkardalarga; C) harbiylar va qo‘shin boshliqlariga; D) lashkarboshilar va jangchilarga; 18 / 40 18. Kitob ishlab chiqarishni yanada qulaylashtirgan(a), va kitobni ommaviy tarqalishiga olib kelgan(b), va kitoblarni arzonlasha boshlashiga(c) sabab bo’lgan voqealarni aniqlang. A) a-qog‘ozdan keng foydalanish, b-kitob bosish dastgohini kashf qilinishi, c-shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi; B) a- shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi, b- qog‘ozdan keng foydalanish, c- kitob bosish dastgohini kashf qilinishi; C) a-xattotlar tomonidan bitilishi, b-shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi, c-qog‘ozdan keng foydalanish; D) a- kitob bosish dastgohini kashf qilinishi, b-xattotlar tomonidan bitilishi, c-qog‘ozdan keng foydalanish; 19 / 40 19. Fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo‘li bilan erishish mumkinligini isbotlagan shaxs qaysi davrda yashagan. A) XII asrda B) XI asrda C) XIII asrda D) IX asrda 20 / 40 20. Rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta’sir o‘tkazib, uning taraqqiyotini susaytirgan voqea nima. A) nemislar istilosi B) mo‘g‘ullar istilosi C) Rusdagi feodal tarqoqlik D) shvedlar istilosi 21 / 40 21. Yevropaliklarni dunyoqarashi, bilim doirasini kengayishiga sabab bo’lgan olillarni aniqlang. 1)Vizantiya va Arab xalifaligi madaniyatlari bilan tanishuv 2)xususiy va shahar kengashlari boshqaruvidagi maktablar soni oshib borishi 3) Shaharlarning yuksalishi 4) Sharqdagi salib yurishlari 5) hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi 6) Levant va Shimoliy savdo yo’lidagi shaharlar bilan bo’lgan aloqalar A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4 22 / 40 22. Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich kimlarga qarshi jang olib boradi. 1) mo’g’ul 2) nemis 3) est va lit qabilalari 4) shved A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 23 / 40 23. Mahalliy knyazlar sulolalarini tugatib, ularning o‘rniga o‘g‘illarini noiblikka tayinlagan(a), va rus yerlarini o‘g‘illariga istaganicha bo‘lib berish huquqidan voz kechishga majbur bo‘lgan Rus knyazlarini aniqlang. A) a-Vladimir, b-Yuriy Dolgorukiy B) a-Yaroslav Donishmand, b-Yuriy Dolgorukiy C) a-Yaroslav Donishmand, b- Svyatopolk D) a-Vladimir, b- Svyatopolk 24 / 40 24. Moskva knyazlari ancha kuch to‘plab bu kuch bilan Oltin O‘rdaga qarshi kurashish mumkin bo’lgan(a), va Oltin O‘rda siyosiy nizolar davriga kirib, 20 yil davom etgan(b) davrni aniqlang. A) a-XIV asr boshlari, b-XIV asr o‘rtalari B) a-XIII asr boshlari, b-XIV asr oxirlari C) a-XIV asr oxirlari, b-XV asr o‘rtalari D) a-XIV asr o‘rtalari, b-XIV asr o‘rtalari 25 / 40 25. Savdogar va sayyoh Marko Polo o’zining «Marko Polo kitobi»da 1271–1295-yillar davomida qayerlarda ko‘rgan-kechirganlarini tasvirlaydi. A) Uzoq Sharq va Xitoy B) Old Osiyo va Xitoy C) Yaqin Sharq va Xitoy D) O’rta Sharq va Xitoy 26 / 40 26. O’rta asrlarda Fransiyada gotika uslubida qurilgan eng mashhur binolar joylashgan shaharlarni aniqlang. 1) Puate 2) Reyms 3) Arl 4) Ruan 5) Parij 6) Klyuni 7) Vorms A) 2, 4, 7 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 6 27 / 40 27. O’rta asrlarda qaysi knyazlikda Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir kabi yangi shaharlarga asos solingan. A) Vladimir-Suzdal B) Galich-Volin C) Moskva D) Novgorod 28 / 40 28. Botuxonning Sharqiy Yevropadagi istilochilik urushlari davrida bosib olingan hududlarni aniqlang. 1) Vengriya 2) Polsha 3) Rus knyazliklari 4) Sharqiy Turkiston 5) qisman Serbiya 6) Bolgariya A) 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 3, 5, 6 29 / 40 29. Florensiyani Yevropaning eng boy shaharlaridan biriga aylantirgan omilni aniqlang. A) Sharqdagi salib yurishlari; B) hunarmandchilikni yuksalishi; C) savdodan kelgan daromad; D) me’morchilikni rivojlanishi; 30 / 40 30. Yer egaligiga asoslangan Saljuqiylar davlati qaysi asrlarda qaror topgan? A) XII-XIII asrlarda B) X-XI asrlarda C) XI-XII asrlarda D) XI-XIV asrlarda 31 / 40 31. Vladimir Monomaxning o‘g‘li Yuriy Dolgorukiy XII asrda qaysi daryolar havzasidagi yerlarni boshqargan.edi. A) Dunay va Yoyiq B) Volga va Oka C) Ural va Volga D) Oka va Dnepr 32 / 40 32. G‘arbiy Yevropa san’atida X asrdan XII–XIII asrlargacha hukm surgan(a), va XIII asr 1-yarmida yuksak darajada rivojlangan(b) badiiy uslub(lar)ni aniqlang. A) a-Roman, b-Roman B) a-Gotika, b-Roman C) a-Roman, b-Gotika D) a-Vizantiya, b-Gotika 33 / 40 33. Kiyev bilan aloqasini uzgan dastlabki knyazlik qachon vujudga kelgan? A) XII asr B) XI asr C) XIV asr D) XIII asr 34 / 40 34. Quyidagi qaysi jarayonlar XII-XIII asrlarda Saljuqiylar feodal davlatini uzil-kesil shakllanishiga olib keldi? 1)ko'chmanchi turkiy qabilalarning o'troq hayotga o'tishi; 2)davlat yerlarining hususiy yerlarga nisbatan ko'p bo'lishi; 3)o'troqlashayotgan turklarning o'lkaning tub aholisi kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullana boshlashi; 4)chorvaning asosiy qismi va yaylovlarga egalik qilish huquqi yangi shakllanayotgan boylar qo'liga o'tishi; 5) davlat yerlarining katta qismini iqto tarzida harbiylar va amaldorlarga berilishi A) В) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 2 D) С) 1, 5 35 / 40 35. Rivojlangan o’rta asrlarda cherkov va monastir binolari qanday haykallar bilan bezatilgan? 1) xudo 2) avliyolar 3) ruhoniylar 4) qirollar 5) qahramonlar 6) jangchilar A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 4 36 / 40 36. Kichik Osiyoni deyarli to‘liq bosib olgan o‘g‘uzlar qachon unda o‘zlarining qator amirliklarini tuzadilar. A) XII asr boshlarida B) XI asr oxirlarida C) XI asr boshlarida D) XI asr o’rtalarida 37 / 40 37. Qachondan boshlab kitoblarni shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlay boshlaydi? A) XIV asr B) XII asr C) 1445-yil D) XIII asr 38 / 40 38. Usmon beyligi tashkil topgan hududni aniqlang. A) Kichik Osiyoning shirnoli-g'arbi B) Kichik Osiyoning janubi-g'arbi C) Bolqonning shimoli D) Kichik Osiyoning sharqi 39 / 40 39. Qadimgi Rim me’morchiligi uslub va unsurlaridan keng foydalanilgan me’morchilik uslubini aniqlang. A) Arab me’morchiligi uslubi B) Gotika uslubi C) Vizantiya uslubi D) Roman uslubi 40 / 40 40. Qaysi memoriy uslub tashqi tomondan qal’ani eslatadi? A) Vizantiya B) Roman C) Gotika D) Arab memoriy uslubi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz