Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №7 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №7 InfoMaster Aprel 7, 2023 149 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 3 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №7 31-35-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri nisbatan oldinroq(qadimiyroq) yuz bergan? A) dastlabki dafn etish tartiblarining yuzaga kelishi B) toshdan mayda mehnat qurollari yasashning qo'llanilishi C) zeb-ziynat buyumlari yasala boshlanishi D) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi 2 / 30 2. Misr tomonidan egallangan hududlarning davrini aniqlang. 1) Qadimgi podsholik davri; 2)O'rta podsholik davri; 3)Yangi podsholik davri; a)Janubiy Falastin va Shimoliy Nubiyaning bosib olinishi; b)Sinay yarimorolining bosib olinishi; c)Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshladi. A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b 3 / 30 3. Moxenjodaro shahri aholining asosiy mashg'uloti nima bo'lgan? A) savdo-sotiq B) hunarmandchilik C) dehqonchilik D) chorvachilik 4 / 30 4. Mil. avv. VIII-VII asrlarda qaysi omildan foydalanib, chekka viloyatlar aholisi Chjoudan ajralib chiqib, o'z davlatlarini tashkil eta boshladi? A) Xitoyga Turk xoqonligi hujum qilganligidan B) «Sariq ro'mollilar qo‘zg‘oloni» oqibatida yuz bergan tartibsizliklardan C) Xitoyga ko'chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan D) Chjou va Xan sulolalari o'rtasidagi hokimiyat uchun kurashlardan 5 / 30 5. Afinada mansabdor shaxslarni lavozimga kim tayinlagan yoki saylagan? A) Aholining o'zi ko'rsatgan nomzodlarni xalq majlisi tasdiqlab bergan. B) Har yil aholi o'rtasida o'tkaziladigan saylovlar vositasida saylangan. C) Strateg tomonidan tayinlangan va xalq majlisi tomonidan tasdiqlangan. D) Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylangan va majlisga hisobot berishgan. 6 / 30 6. Miloddan avvalgi 337-yilda qayerdan tashqari barcha yunon shahar-davlatlarining vakillari Korinfda yig’iladilar? A) Fiva B) Afina C) Bobil D) Sparta 7 / 30 7. Quyidagi davlatlarning qaysi biri miloddan avvalgi III asrda tashkil topmagan? A) Qang' davlati B) Salavkiylar davlati C) Parfiya podsholigi D) Xan imperiyasi 8 / 30 8. O'rta Osiyoda buddaviylik ibodatxonalarida o‘sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari o‘rganilgan hududlarni aniqlang. 1) Eski Termiz; 2) Ayritom; 3) Yerqo'rg'on;4) Dalvarzintepa; 5) Qo'yqirqilganqal’a. A) 3, 4 B) 1, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4 9 / 30 9. Surxko'tal yodgorligidan qanday yozuv namunalari topilgan? A) oromiy yozuvi asosidagi su'g'd va xorazm yozuvi namunalari B) oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari C) kushon shaklli yozuvi namunalari D) yunon alifbosidagi kushon yozuvi namunalari 10 / 30 10. Salavkiylar davrida Marg'iyona Antioxiysi nomi bilan tilga olingan O'rta Osiyo shahrini aniqlang. A) Qarshi B) Termiz C) Marv D) Marg'ilon 11 / 30 11. Kushon davlatiga oid quyidagi ma’lumotlar qaysi hukmdor davriga tegishli ekanligi to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1)Kudzula Kadfiz; 2) Kanishka; 3) Vima Kadfiz; a)mamlakatda hukmdor nomi ko‘rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi; b)davlat poytaxti Baqtriyadan Peshovarga ko‘chirildi; c)Afg’oniston va Kashmir hududlari qo‘shib olindi. A) 1-b; 2-a; 3-c B) 1-a; 2-b; 3-c C) 1-c; 2-b; 3-a D) 1-b; 2-c; 3-a 12 / 30 12. Quyidagi Kushon yodgorliklarining qaysi birida hukmdorlar saroyi joylashgan edi? A) Dalvarzintepada B) Xolchayonda C) Eski Termizda D) Ayritomda 13 / 30 13. Quyidagi qadimiy shaharlardan qaysi biri Dovon davlatiga taalluqli emas? A) Ershi B) Uchqo'rg’on C) Bityan D) Sho'rabashat 14 / 30 14. Salavkiylar saltanatining yirik shaharlarini aniqlang. 1) Bityan; 2) Baqtra; 3) Maroqanda; 4) Naxshab;5) Marv; 6) Ko'zaliqir; 7) Termiz. A) 2, 3, 5, 7 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 4, 7 D) 3, 4, 5, 6 15 / 30 15. Qaysi davlatning hududi Hindiston, Xo‘tan, Afg‘oniston va O‘zbekistonning janubigacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan edi? A) Kushon podsholigi B) Qadimgi Baqtriya davlati C) Yunon-Baqtriya podsholigi D) Salavkiylar imperiyasi 16 / 30 16. Kushonlar davriga oid quyidagi qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Xolchayondan B) Dalvarzintepadan C) Fayoztepadan D) Ayritomdan 17 / 30 17. Xato javobni toping. A) milodiy I asrda Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqilgan. B) Davan davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo‘lgan xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan. C) Qang' mil. avv. II asr oxirida qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. D) Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon podsholigi o'z taraqqiyoti cho'qqisiga erishadi. 18 / 30 18. Manbalariga ko'ra, Dovon qaysi asrlarda yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko'p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo'lgan? A) milodiy I-II asrlarda B) miloddan avvalgi II-I asrlarda C) miloddan avvalgi III-II asrlarda D) milodiy II-III asrlarda 19 / 30 19. Miloddan avvalgi IV asr oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesapotamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya 8) Marg'iyona; 9) Xorazm; 10) Su'g'diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya. A) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 B) 1, 3, 5, 6, 8, 11 C) 2, 4, 7, 8, 10, 12 D) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 20 / 30 20. Quyidagi ma’lumotlardar Aleksandriya Esxata (Chekka Aleksandriya) qal’asiga muvofiq keladiganlarini aniqlang. 1)baqtriylarning isyonlarini bostirib turish uchun barpo etilgan; 2)Sirdaryo bo'yida joylashgan; 3)saklarga qarshi kurashda tayanch markaz sifatida qurilgan; 4)Zarafshon daryosi bo'yida joylashgan; 5)Xo'jand yaqinida barpo etilgan. A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 3 21 / 30 21. Milodiy I asrda vujudga kelgan davlatni belgilang. A) Yunon-Baqtriya davlati B) Dovon davlati C) Parfiya davlati D) Kushon imperiyasi 22 / 30 22. Oybo'yirqal’a yodgorligi qaysi topilmasi bilan muhim ahamiyatga ega? A) O’rta Osiyodagi eng qadimiy tangalar topilganligi bilan B) Jahon tarixidagi eng qadimiy shaxmat donalari topilganligi bilan C) O'rta Osiyodagi dastlabki ibodatxona qoldiqlari topilganligi bilan D) O'rta Osiyodagi eng qadimiy yozuv namunalari topilganligi bilan 23 / 30 23. Qaysi davlatda davlat mudofaasi va qo'shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateg shug'ullanar edi? A) Salavkiylarda B) Kushon podsholigida C) Ahomoniylarda D) Yunon-Baqtriyada 24 / 30 24. Xorazmiy va su‘g‘diy yozuvlari qaysi yozuv asosida kelib chiqqan? A) lotin B) finikiya C) yunon D) oromiy 25 / 30 25. Xorazmdagi miloddan avvalgi III-II asrlarga oid yodgorliklarni aniqlang. A) Jonbosqal’a, Qo'yqirilganqal’a B) Qal’aliqir, Tuproqqal'a C) Qal’aliqir, Jonbosqal'a D) Oybo'yirqal'a, Jonbosqal’a 26 / 30 26. Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurashda tayanch bir manzilga ega bo'lish maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida «Aleksandriya Esxata» qal’asini barpo ettirgan? A) Toshkent yaqinida B) O'ratepa yaqinida C) Jizzax yaqinida D) Xo'jand yaqinida 27 / 30 27. Quyidagi qaysi madaniy yodgorlikdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan? A) Qo'yqirilganqal’a B) Tuproqqal’a C) Qal’aliqir D) Ko‘zaliqir 28 / 30 28. Xorazm hududida joylashgan qadimiy shaharlarni va ularga oid ma’lumotlarni to'g'ri muvofiqlashtiring. 1) Qo'yqirilgan qal’a; 2) Tuproqqal’a; 3)Oybo'yirqal’a; 4) Qal’aliqir; a)O'rta Osiyodagi eng qadimiy yozuv namunalari topilgan; b)Mahalliy hukmdorning qarorgohi bo'lgan ulkan qal’a bunyod etilgan; c)Aylana shaklida qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan; d)Qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek, hayvonlarva qushlar tasviri bilan bezatilgan. A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-b C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b 29 / 30 29. Qadimgi Xorazmga oid Oybo'yirqal’a yodgorligi qaysi asrlarga oidligini belgilang. A) miloddan avvalgi VI-V asrlar B) miloddan avvalgi V-IV asrlar C) miloddan avvalgi VIII-VII asrlar D) miloddan avvalgi IV-III asrlar 30 / 30 30. Buddaviylik ya zardushtiylik dinlari qachongacha O'rta Osiyoda mavjud bo’lgan? A) milodiy VI asrgacha B) milodiy IX asrgacha C) milodiy VII asrgacha D) milodiy VIII asrgacha Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz