Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №4 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №4 InfoMaster Aprel 6, 2023 115 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №4 16-20-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) neolit davrida B) mezolit davrida C) so'nggi paleolit davrida D) bronza davriga kelib 2 / 30 2. Qaysi podsholik davrida Sinay yarimoroli misrliklar tomonidan bosib olinib, mahalliy qabilaiar Misrga soliq to'lay boshlashgan? A) O'rta podsholik davrida B) So'nggi podsholik davrida C) Qadimgi podsholik davrida D) Yangi podsholik davrida 3 / 30 3. Quyidagilardan Misr xudolari bilan bog’liq to’g’ri javobni aniqlang. 1)Tot 2) Anubis 3) Maat 4) Xatxor a)haqiqat va adolat ilohasi b)marhumlar va mumiyolanganlar xudosi c)oy, donishmandlik va tabobat xudosi d)musiqa, go’zallik va sevgi ilohasi A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a 4 / 30 4. Mil. avv. X asrda .... A) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. B) Ossuriya podsholigi qayta yuksala boshtagan. C) Midiya podsholigi o'z ravnaqi cho'qqisiga ko'tarilgan. D) Isroil podsholigi tashkil topgan. 5 / 30 5. «Shoh Doro ayturki: keyin qo'shin bilan saklar mamlakatiga yurish qildim. Keyin uchi o'tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar janga kirdilar. Men daryodan o'tgach saklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga oldim». Yuqoridagi jumlalar qaysi manbadan olingan? A) Persopol shahri devorlaridagi yozuvlardan B) Gerodotning «Tarix» asaridan C) Behistun bitiklaridan D) Naqshi Rustam qoyatosh yozuvlaridan 6 / 30 6. Saka-xau-movarka deb ataluvchi saklar qaysi hududlarda yashaganliklarini to'g'ri belgilang. 1) Oral dengizi bo'ylarida; 2) hozirgi Toshkent viloyatida; 3)hozirgi Janubiy Qozogiston yerlarida; 4)Pomirning tog'li tumanlarida;5)Yaksart daryosining quyi oqimida; 6)Farg'onada. A) 2, 4 B) 1, 5 C) 4, 6 D) 2, 3 7 / 30 7. Hindistonda ilm-fan, xususan, qaysi sohalarida yuksak darajaga erishadi? A) geografiya va astronomiya B) tibbiyot va tarix C) astronomiya va matematika D) tarix va geografiya 8 / 30 8. Mil. avv. VII-VI asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vohasida yashovchi aholi qanday nom bilan tilga olinadi? A) xorazmliklar B) so’g’diylar C) saklar D) massagetlar 9 / 30 9. Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi kimlar qo’zg’olon ko’taradi? A) hunarmandlar B) dehqonlar C) chorvadorlar D) zodagonlar 10 / 30 10. Mil. avv. VIII-VII asrlarda qaysi omildan foydalanib, chekka viloyatlar aholisi Chjoudan ajralib chiqib, o'z davlatlarini tashkil eta boshladi? A) Chjou va Xan sulolalari o'rtasidagi hokimiyat uchun kurashlardan B) Xitoyga ko'chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan C) «Sariq ro'mollilar qo‘zg‘oloni» oqibatida yuz bergan tartibsizliklardan D) Xitoyga Turk xoqonligi hujum qilganligidan 11 / 30 11. Qadimgi shaharlar va ular vujudga kelgan hududlar muvofiq keluvchi javobni aniqlang. 1) Uzunqir 2) Afrosiyob 3) Yerqo’rg’on 4)Qiziltepa 5) Ko’zaliqir a)Xorazm b) Qashqadaryo vohasi c) Samarqand d) Surxondaryo vohasi A) 1-b,2-c,3-a,4-d,5-a B) 1-b,2-a,3-c,4-d,5-a C) 1-b,2-c,3-b,4-d,5-a D) 1-b,2-d,3-c,4-b,5-a 12 / 30 12. Zardushtiylar e’tiqodicha, insonning asosiy burchi, eng avvalo, nima hisoblangan? A) chin e’tiqod B) adolatli turmush tarzi C) yuksak axloq D) yaxshilikka undash 13 / 30 13. Miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda .... A) Buddaviylik ta’limotiga asos solingan B) Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo'lmish sanskrit ishlab chiqilgan C) Magadxa, Koshala, Malla kabi davlatlar vujudga kelgan D) Maurya davlati o'z ravnaqi cho'qqisiga erishgan 14 / 30 14. Ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo'lgan A. Dyuperron qaysi millat vakili bo'lgan? A) ispan B) yunon C) fransuz D) nemis 15 / 30 15. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid yozma va arxeologik manbalar O'rta Osiyo xalqlarining ... taraqqiyotida yuksak darajalarga erishganliklaridan dalolat beradi? 1) hunarmandchilik; 2) zargarlik; 3) kemasozlik; 4) kulolchilik; 5) binokorlik; 6) tikuvchilik. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5, 6 16 / 30 16. Quyidagilardan qaysi davlat Hindistonda mil. avv. VII-VI asrlarda vujudga kelgan davlatlar sirasiga kirmaydi? A) Magadha B) Maurya C) Koshala D) Malla 17 / 30 17. Qadimgi Xitoyliklar qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishganlar? A) me’morchilik va haykaltaroshilik B) binokorlik va quruvchilik C) qayiqsozlik va temirchilik D) rassomchilik va haykaltaroshlik 18 / 30 18. Zardusht qaysi davrda yashab o’tgan? A) mil. avv. I mingyillikning ikkinchi yarmida B) mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida C) mil. avv. II mingyillikning birinchi yarmida D) mil. avv. I mingyillikning birinchi yarmida 19 / 30 19. Saka-tiay-taradarayyalar qaysi hududlarda yashashgan? 1)Oral dengizi bo'ylarida; 2)Sirdaryoning o'rta oqimida; 3) Pomir tog'i etaklarida; 4) Sirdaryoning quyi oqimida; 5) Farg'ona vodiysida; 6) Toshkent vohasida. A) 3, 5 B) 2, 6 C) 1, 4 D) 1, 2 20 / 30 20. Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri bo'lgan kompasning ko'rinishi qanday bo'lgan? A) Temirdan yasalib, uchburchak shaklda bo'lgan va uning uchi doim janubni ko'rsatib turardi B) Magnitlangan aylanasimon temir shaklida bo'lib, uning markazida o'qi va strelkasi bo'lgan C) Magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali katta qoshiqni eslatar edi D) To'rtburchak shakldagi chanani eslatar va old qismida taxminan yarim metr keladigan uchli qismi bo'lgan 21 / 30 21. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Marg'iyona va Su'g'diyona hududlari quyidagi qaysi davlatning siyosiy va madaniy ta’siri ostida bo'lgan? A) Xorazm B) Qang' davlati C) Parfiya D) Baqtriya 22 / 30 22. Qadimgi Xitoy tarixiga oid «Panyuy» atamasi qaysi shaharning qadimiy nomi bo'lgan? A) Loyan B) Sian C) Yanchjou D) Guanchjou 23 / 30 23. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning qaysi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko'rsatdi? A) ezgulik va yovuzlik haqidagi B) e’tiqod va e’tiqodsizlik haqidagi C) adolat va johillik haqidagi D) yaxshilik va yomonlik haqidagi 24 / 30 24. Xitoyda dastlabki asosiy dehqonchilik ekinlarini belgilang. A) sholi va choy B) javdar va bug'doy C) bug'doy va paxta D) paxta va tut daraxti 25 / 30 25. «Avesto»ning ilk qismlari qachon paydo bo'lgan? A) miloddan avvalgi VII-VI asrlarda B) miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda C) miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda D) miloddan avvalgi VII asrda 26 / 30 26. Hindlarning taqvimiga ko’ra, bir yil nacha kundan iborat edi? A) 360 B) 362 C) 354 D) 365 27 / 30 27. Qadimgi Xitoy tarixida qaysi davlatni ulkanligi bois hukmdorlar «Osmon ostidagi podsholik» deb atashgan? A) Shan B) Chjou C) Xan D) Sin 28 / 30 28. Qadimgi Xitoy davlati Xitoyning qaysi qismida vujudga kelgan? A) Yansizi daryosining yuqori oqimida B) Shimoliy Xitoy hududida C) Sharqiy Xitoy hududida D) Xuanxe daryosining o'rta oqimida 29 / 30 29. Qadimiy saklarning ko'pchilik qismi qanday nom bilan atalgan guruhga mansub bo'lgan? A) B va C javoblar to'g'ri B) saka-xau-movarka C) saka-tiay-taradarayya D) saka-tigra-xauda 30 / 30 30. Qaysi qadimiy dinda dastlab xudo bo'lmagan, chunki xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblashgan? A) zardushtiylik dinida B) nasroniylik dinida C) buddaviylik dinida D) qam (shomoniylik) dinida Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz