Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 520 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Atlantika, Tinch, Hind, Shimoliy Muz okeaniga tegishli bo‘lgan dengizlar (mos ravishda) qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) Yava, Fidji, Kara, Hamdo‘stlik B) Liguriy, Koro, Dyurvill, Sharqiy Sibir C) Krit, Ueddell, Timor, Deyvis D) Irlandiya, Skotia, Flores, Oq 2 / 30 2. Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi? A) dengiz havosi B) havo harakati C) kontinental havo D) havo massalari 3 / 30 3. Bir tonna gaz kondensatidan qancha kg - 1) motor yoqilgisi; 2) sun`iy tola; 3) sun`iy kauchuk olish mumkun? A) 500, 200 60 kg B) 400, 150, 50 kg C) 350, 120, 40 kg D) 300, 100, 30 kg 4 / 30 4. . Quyidagilardan texnika ekinlari ko‘rsatilgan variantni belgilang ? 1.kanop; 2. bug‘doy; 3. sholi; 4. qovun; 5. paxta; 6. arpa; 7. karam; 8. tamaki; 9.pomidor;, 10. tarvuz; 11. suli; 12. beda. A) 1,5,8 B) 3,9,11 C) 4,8,12 D) 2,7,10 5 / 30 5. Quydagilardan og‘ir rangli metallar ko‘rsatilgan variantni toping? A) Mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel. B) Volfram, germaniy, rux, magniy. C) Platina, molibden, nikel, aluminiy. D) Oltin, kumush, platina, uran. 6 / 30 6. Quruqlikda tabiat zonalarining hosil bo‘lishi quyidagilarning qaysi biriga bog‘liq emas? A) Havo haroratiga B) Relyefga C) Albedoga D) Yog‘in miqdoriga 7 / 30 7. Quyidagi rasmda Mariana va Kermadek cho‘kmalari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 3 va 6 B) 4 va 6 C) 1 va 2 D) 4 va 7 8 / 30 8. Grenlandiya va Islandiya orollari orasidagi bo‘g‘iz nomini belgilang. A) Daniya B) Lankaster C) Deyvis D) Mak-Klintek 9 / 30 9. Jeneva ko‘li vujudga kelishiga ko‘ra qanday ko‘llar guruhiga mansub? A) Tektonik B) To‘g‘onli C) Morena D) Laguna 10 / 30 10. Mamlakatimizda shahar aholisining salmog‘i 1989-yildagiga nisbatan 2019-yilda qanday o‘zgardi? A) 10,5 % ga ko‘paydi B) 10,5 % ga kamaydi C) 9,5% ga kamaydi D) 9,5 % ga ko‘paydi 11 / 30 11. 1986-yil Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlar rasmda qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 7 va 8 B) 1 va 4 C) 2 va 6 D) 3 va 9 12 / 30 12. Iqlim xaritalarida yog‘in miqdori bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar nima deb ataladi? A) Izogiyetalar B) Izotaxalar C) Izobaralar D) Izogipslar 13 / 30 13. Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? A) Termik depressiya B) Sovuq front C) Geotermik o‘choq D) Iliq front 14 / 30 14. Qishda Murmansk portining muzlamasligiga sabab bo‘luvchi oqimlar quyidagi xarita-sxemada qaysi sonlar bilan ko‘rsatilgan? A) 16, 17, 19 B) 1, 2 , 4 C) 9, 10, 12 D) 9, 8, 7 15 / 30 15. Quyidagi qaysi materik hududini qutbiy doira chizig‘i kesib o‘tmagan? A) Yevrosiyo B) Janubiy Amerika C) Antarktida D) Shimoliy Amerika 16 / 30 16. Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya B) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya C) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya D) Polsha, Norvegiya, Daniya 17 / 30 17. Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 5 va 6 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Hind va Nil B) Ra va Istr C) Oks va Yaksart D) Gang va Nil 18 / 30 18. Yarimorolda joylashgan davlatlar to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. 1) Yaponiya; 2) Norvegiya; 3) Ispaniya; 4) Shri-Lanka; 5) Vyetnam; 6) Koreya Respublikasi; 7) Islandiya; 8) Kuba; 9) Italiya. A) 1, 3, 5, 7, 8 B) 1, 4, 5, 6, 8 C) 2, 4, 6, 7, 9 D) 2, 3, 5, 6, 9 19 / 30 19. Tamaki-fermentatsiya zavodi respublikamizning qaysi viloyatida ishga tushirilgan? A) Surxondaryo B) Navoiy C) Toshkent D) Samarqand 20 / 30 20. Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 1 914, 5 km B) 14 998,5 km C) 4,999.50 D) 9 999 km 21 / 30 21. 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali B) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur C) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare D) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru 22 / 30 22. Polineziya tarkibiga kirmaydigan orollar berilgan javobni belgilang. A) Taiti, Gavayi B) Nauru, Bismark C) Finiks, Pasxa D) Santa Krus, Tuamotu 23 / 30 23. Havo haroratining yillik amplitudasi quyidagi qaysi yo‘nalishda ortib boradi? A) Ekvatordan qutblarga tomon B) Daryo manbaidan mansabiga tomon C) Tog‘larning cho‘qqisidan etagiga tomon D) Shimoldan janubga tomon 24 / 30 24. Sovetskoye platosi quyidagi qaysi geografik obyektga eng yaqin joylashgan? A) Pantanal botqoqligiga B) Verxoyansk tizmasiga C) Shimoliy qutbga D) Erebus vulqoniga 25 / 30 25. Hind okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 36,5 ‰. Okeandan olingan 4,5 tonna suvdan qancha tuz olish mumkin? A) 164,25 kg B) 164 250 kg C) 16,425 t D) 16,425 kg 26 / 30 26. Quyidagi qaysi tog‘ tizmasida balandlik mintaqalarining soni kamroq? A) Hindukush B) Bruks C) Tyanshan D) Kilimanjaro 27 / 30 27. Okeanlar va ularga tegishli dengizlar mos ravishda berilgan javobni aniqlang. A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 28 / 30 28. Gvineya qo‘ltig‘i mamlakatlari orasida neft-gaz zaxiralariga eng boy davlat qaysi? A) Gana B) Togo C) Nigeriya D) Gvineya 29 / 30 29. Quyidagi qaysi IES yiliga 13 mlrd kW ∙ h elektr energiya beradi? A) Navoiy IES B) Farg‘ona IES C) Sirdaryo IES D) Talimarjon IES 30 / 30 30. Quyidagi qaysi shaharlarda paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar joylashgan? A) Toshkent, Andijon, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on B) Toshkent, Qo‘qon, Jizzax, Namangan C) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz D) Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Andijon 0% Testni qayta ishga tushiring Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz