Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 157 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Nechanchi asrda paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligi egallagan? A) X-XI B) IX-X C) XI-XII D) XII-XIII 2 / 30 2. Arab xalifaligida san`atning barcha sohalariga nisbatan qaysi soha yuksak taraqqiy etgan? A) tasviriy san`at B) haykaltaroshlik C) me`morchilik D) musiqa 3 / 30 3. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlarni ketma-ketligida joylashtiring? 1. Sian 2. Yorkent 3. Samarqand 4. Dunxuan 5. Buxoro 6. Marv 7. Termiz A) 4, 1, 2, 3, 6, 5, 7 B) 1, 4, 2, 3, 5, 7, 6 C) 1, 4, 3, 2, 5, 6, 7 D) 4, 1, 2, 3, 5, 7, 6 4 / 30 4. Kiyev Rusi davlatida qaysi hukmdor istilolar emas, balki mohirona diplomatiya orqali mamlakatni yuksaltirishga erishgan? A) Vladimir B) Yaroslav C) Igor D) Olga 5 / 30 5. Slavyan yozuvi qaysi alifbo asosida yaratilgan? A) yunon alifbosi B) rim alifbosi C) finikiya alifbosi D) vizantiya alifbosi 6 / 30 6. Dastlabki kalendarning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan? A) misrliklarning Nil daryosining suvisiz yashay olmasligi B) misrliklarning qo‘shni davlatlar bilan savdogarlikni amalga oshirishi C) misrliklar tomonidan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olishi D) Nil daryosi bo‘ylab sayohatlarni amalga oshirishi 7 / 30 7. AQSHda qaysi prezident tomonidan bojxona tariflari to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi? A) Uilyam Taft B) Uilyam MsKinley C) Vudro Vilson D) Teodor Ruzvelt 8 / 30 8. Neolit davrida hunarmandchilik rivojiga zamin yaratgan omilni aniqlang? A) metall qurollarning kashf etilishi B) kulolchilik charxining paydo bo‘lishi C) yog‘och va toshga ishlov berishning paydo bo‘lishi D) o‘troq turmush tarziga o‘tilishi 9 / 30 9. Angliyada inqilob yuz berishining asosiy sababini aniqlang. A) Fransiya bilan urushda kelishuvchilik siyosati olib borgani uchun B) Savdogarlar uchun patentning narxi ko‘tarilgani uchun C) Qirol parlament va puritanlarga qarshi kurash boshlagani D) Qirolning asosiy raqibi Ispaniya bilan murosasozlik olib borayotgani 10 / 30 10. Rivoyatga kо‘rа, Bobur Mirzo shayboniylardan yengilib, Movarounnahrdan qaysi hudud orqali chiqib ketadi? A) Qarshi B) Balx C) Kobul D) Farg‘ona 11 / 30 11. Nechinchi yilda Germaniya qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki frontda urush olib borish rejasini ishlab chiqdi? A) 1914-yil B) 1907-yil C) 1916-yil D) 1905-yil 12 / 30 12. Buyuk Britaniya imperiyasi qachon tashkil etilgan? A) 1876-yil B) 1855-yil C) 1901-yil D) 1756-yil 13 / 30 13. Rus milliy teatri shakllanishida katta hissa qo‘shgan F. G. Volkovning asl kasbi nima edi? A) shoir B) savdogar C) quruvchi D) aktyor 14 / 30 14. Kishilar bir-biridan kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat … deb ataladi. A) demokratik jamiyat B) industrial jamiyat C) prolteriat jamiyat D) sinfiy jamiyat 15 / 30 15. Politsiya tuzilmalariga qo‘shimcha tarzda kimlarga ispravniklar huquqini ham berdi? A) volost boshliqlariga B) viloyat boshliqlariga C) guberniya boshliqlariga D) uyezd boshliqlariga 16 / 30 16. Muhammad Rahimxon I tomonidan qachon tilla tangalarni zarb etish yo‘lga qo‘yiladi? A) 1816-yil B) 1811-yil C) 1807-yil D) 1809-yil 17 / 30 17. Qaysi tadbir Fransiyaning yangi mustamlakalar bosib olish yo‘lidagi dastlabki qadami bo‘ldi? A) 1879-yil harbiy-siyosiy koalitsiyaga kirishi B) 1891-yil Senegalni bosib olishi C) 1883-yil Vyetnamga hujum boshlashi D) 1881-yil Tunisni bosib olishi 18 / 30 18. Jaloliddin Manguberdi Sind darayosidan kechib o‘tganidan so‘ng qaysi viloyatning hukmdori uning og‘ir ahvolidan foydalanib, unga qarshi hujum qiladi? A) Bixar B) Dehli C) Bengaliya D) Shatra 19 / 30 19. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to‘liq amalga oshirilishi va hukmronligining mustahkam bo‘lishi uchun ... A) harbiy zobitlarning xizmat muddati uzaytirildi B) istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi C) mahalliy aholiga ayrim yengilliklar va imtiyozlar berildi D) mahalliy xalq vakillaridan ishonchli odamlar ajratib olina boshlandi 20 / 30 20. Quyidagilardan qaysi biri Chig‘atoy xoni Kebekxon davriga xos xususiyatlarga muvofiq emas? A) Kebekxon davrida “Kepaki” tangalari Samarqand va Qarshi shaharlarida zabt etilib, muomalaga chiqarilgan B) Kebekxon davrida Erondagi Xulokiylar davlati va Oltin O‘rda xonlarining kumush tangalari namunasida pullar zarb etilgan C) Kebekxon davrida ma’muriy va pul islohoti o‘tkazilgan D) Kebekxon mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib, o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan 21 / 30 21. Kimning davrida Buxoro xonligi tasarrufida bo‘lgan Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari qo‘shib olindi? A) Abdulkarimbiy B) Abdurahimbiy C) Shohruxbiy D) Erdonabiy 22 / 30 22. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida qancha eksponat saqlanadi? A) 200 mingga yaqin B) 250 mingdan ortiq C) 310 mingda ortiq D) 146 mingga yaqin 23 / 30 23. X asrda Germaniya aholisi ko‘proq kimlarning gapiga quloq solgan? A) feodallarga B) graflarga C) gersoglarga D) imperatorlarga 24 / 30 24. XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan omilni aniqlang. A) hunarmandchilikning boshqa sohalarga qaraganda sust rivojlanishi B) 3 ta davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va notinchliklar C) ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo‘l mehnatida qilinganligi, soddaligi D) O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi 25 / 30 25. Iroqning Kufa shahrida bo‘lgan qo‘zg‘olonda asosan kimlar qatnashgan? A) dehqonlar va chorvadorlar B) dehqonlar va qullar C) shahar kambag‘allari va hunarmandlar D) zodagonlar va qullar 26 / 30 26. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hokimliklarida boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifasi nimadan iborat bo‘lgan? A) Xoqonga belgilangan soliq va qo‘shinni to‘plab berish B) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan C) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish va ularni vaqtida xoqon saroyiga yetkazish D) Mahalliy hokimlikda tinchlikni saqlash va yig‘ilgan soliqni xoqon saroyiga yetkazish 27 / 30 27. Qadimgi Rim konsullari vazifasiga quyidagilardan qaysi biri kirmas edi? A) urush davrida qo‘shinga qo‘mondonlik qilish B) rimliklar ustidan sud o‘tkazish C) xalq majlisida senat a’zolarini nomzodlarini taqdim etishi D) yil davomida Rim respublikasini boshqarish 28 / 30 28. “Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom”ga muvofiq viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil etilishidan maqsad nima edi? A) Rossiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida tayanch hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan B) rus harbiy zobitlarni boshqaruvdagi mansablar bilan ta’minlash orqali rag‘batlantirish C) Rossiya imperiyasining boshqa viloyatlaridan farqli ravishda bu o‘lkalarda mustaqil siyosiy va ijtimoiy siyosat olib borish D) O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlariga harbiy qal’alar qurish va u yerda harbiy holat joriy qilish 29 / 30 29. Dunyoda birinchi harfli yozuvni qaysi xalq tomonidan yaratilgan? A) mesopatamiyaliklar B) misrliklar C) finikiyaliklar D) yunonlar 30 / 30 30. Qo‘qon xonligi hududini Rossiya hududi bilan qaysi cho‘l ajratib turgan? A) Qoraqum B) Qizilqum C) Ko‘kdala D) Bedpakdala 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz