Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 299 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Buyuk Britaniya uchun Gibraltar bo‘g‘ozi Fransiyaning emas, balki boshqa qaysi davlat tasarrufida bo‘lishi ma’qul edi? A) AQSh B) Italiya C) Ispaniya D) Rossiya 2 / 30 2. Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan yozilgan asarni toping. A) ’’Ravzat us-safo’’ B) ’’Al-Komil fit-tarix’’ C) ’’Tarixi arba ulus’’ D) ’’Tarixi jahonkushoy’’ 3 / 30 3. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Janubiy Fransiyada B) Shimoliy Vizantiyada C) Shimoliy Fransiyada D) Janubiy Vizantiyada 4 / 30 4. Qo‘qon xonligida “yovar” qanday harbiy mansab bo‘lgan? A) 500 nafardan iborat harbiy qo‘shin qo‘mondoni B) amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshlig‘i C) bunday harbiy mansab bo‘lmagan D) artilleriya qo‘mondoni 5 / 30 5. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi qaysi shaharda porox tayyorlangan? A) Samarqand shahrida B) Buxoro shahrida C) ushbu davrda qurol- yarog‘ Rossiyadan olib kelingan D) Qarshi shahrida 6 / 30 6. VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari” to‘plami kimlarga tegishli? A) vizantiyaliklarga B) slavyanlarga C) franklarga D) germanlarga 7 / 30 7. Rim legionlari Yevropaga keta boshlagach kelt qabila boshliqlari nimalarga e’tibor bera boshladi? A) o‘zaro aloqalarga B) o‘zaro urushlarga C) pul ishlab chiqarishga D) hamkorlikka 8 / 30 8. Qaysi asarda dunyoning yaratilishidan to 1523- yilgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan? A) “Shajarayi turk” B) “Habib us-siyar” C) “Firdavs ul-iqbol” D) “Ravzat us-safo” 9 / 30 9. Turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisini toping. A) Abu Rayhon Beruniy B) Ahmad Yugnakiy C) Yusuf Xos Hojib D) Mahmud Qoshg‘ariy 10 / 30 10. “Ulug‘bek jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tirikligidayoq o‘ziga haykal o‘rnatib ketgan buyuk alloma edi.” degan fikrlar kimga tegishli? A) Bo‘riboy Ahmedov B) Maqsud Shayxzoda C) Volter D) Qozizoda Rumiy 11 / 30 11. Yaponiya qo‘shini Koreyaga qachon bostirib kirgan? A) 1637-yil B) 1592-yil C) 1627-yil D) 1593-yil 12 / 30 12. Yunonlar forslarga qarshi qayerda pistirma qo‘yishgan? A) Gelespont bo‘g‘ozida B) Fermopil darasida C) Attika sohilida D) Plateya shahri yaqinida 13 / 30 13. “Yosh Italiya” jamiyatiga kim rahbarlik qilgan? A) V. Emmanuel B) K. Kavur C) J. Madzini D) J. Garribaldi 14 / 30 14. Dastlabki muzeylar qayerlarda tashkil etilgan? A) ibodatxonalarda B) zodagonlar uylarida C) bozorlarda D) qirol qasrlarida 15 / 30 15. IX asr oxiri - X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Vladimir B) Ryurik C) Oleg D) Yaroslav 16 / 30 16. XIX asr boshlarida Samarqand baland devor bilan o‘ralgan bo‘lib, shaharga nechta darvozadan kirilgan? A) 8 ta B) 10 ta C) 6 ta D) 12 ta 17 / 30 17. Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping. 1) “Uzoq muddatli parlament”; 2) protektor; 3) “Sharafli inqilob”; 4) Respublika; 5) “chartistlar harakati”; 6) “Buyuk ozodlik xartiyasi”; 7) imperiya A) 5, 6, 7 B) 1, 3, 7 C) 4, 5, 6 D) 2, 3, 4 18 / 30 18. Dastlabki globusni mil. avv. II asrda qaysi olim yaratgan? A) Poliyen B) Aristotel C) Krates D) Sitrabon 19 / 30 19. Xitoy imperatorlari saroyida qachon olimlarning oliy yig‘inlari tashkil etilgan? A) X asr B) VIII asr C) XI asr D) VII asr 20 / 30 20. O‘rta asarlarda qaysi shahar charm mollari bilan mashhur bo‘lgan? A) Shosh B) Eloq C) Buxoro D) Samarqand 21 / 30 21. Qo‘qon xonligi va Rossiya savdo yo‘li qaysi hukmdor davrida ochilgan? A) Abdulkarimbiy B) Olimxon C) Erdona D) Norbo‘tabiy 22 / 30 22. Tohiriylar davlati tugatilgan yilda qaysi alloma dunyoga kelgan? A) Al-Xorazmiy B) Abu Rayhon Beruniy C) Ahmad Farg‘oniy D) Abu Nasr Farobiy 23 / 30 23. Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib borishi natijasida ... A) Movarounnahr va Turkistonni kuchayishiga olib keladi B) Temuriylar saltanati yana ikki mustaqil qismga bo‘linib ketadi C) Temuriylar saltanati yana yagona davlatga birlashadi D) mahalliy kuchlarning mustaqilikka intilishini kuchaytiradi 24 / 30 24. 12. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan? 1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi. A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 25 / 30 25. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o‘zining ma’naviy ilhomchisi deb bilgan Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo‘lgan din peshvosi berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Abdulla Sabroniy B) Nasr Samarqandiy C) Sayid ibn Javhariy D) Ahmad Ma’sudiy 26 / 30 26. Quyidagi qaysi fan ilk o‘rta asrlarda Yevropa maktablarida o‘rgatilgan “yetti erkin san’at”ning kvadrium bosqichida o‘qitilmagan? A) grammatika B) musiqa C) astronomiya D) arifmetika 27 / 30 27. Venetsiya viloyati Italiya qirolligiga qo‘shib olingunicha qaysi davlat tarkibida bo‘lgan? A) Turkiya B) Fransiya C) Angliya D) Avstriya 28 / 30 28. Qadimda qaysi xalq xudolar odamlar orasida yashaydilar deb hisoblashgan? A) yunonlar B) rimliklar C) hindlar D) misrliklar 29 / 30 29. Temuriylar davrida qaysi shaharda 36 ta madrasa faoliyat yuritgan? A) Samarqand B) Toshkent C) Hirot D) Buxoro 30 / 30 30. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) imperiyani qayta tiklash B) respublika tuzumini o‘rnatish C) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish D) ishchilarga saylov huquqi berish 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz