Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 213 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Biologik tizimning eng katta darajasini belgilang? A) organizm B) populyatsiya C) ekotizim D) biosfera 2 / 25 2. Gullari qiyshiq, barglari murakkab tuzilgan ko‘p yillik o‘simliklarni aniqlang. 1) o‘tloq sebargasi; 2) yantoq; 3) yeryong‘oq; 4) beda; 5) burchoq; 6) partenotsissus A) 1, 4 B) 3, 5 C) 4, 6 D) 1, 2 3 / 25 3. Urug`chi tumshuqchasi patsimon shohlangan oila vakillarining zararkunandalarini ko`rsating? 1)zang zamburug`i; gommoz; 3) osiyo chigirtkasi; 4) tunlam; 5) xasva; 6) vertitsil; 7) bo`rtma nematoda; 8) qorakuya zamburug`i; 9) kolorodo qo`ng`izi. A) 3,4,5,7 B) 1,5,6,8 C) 1,3,5,8 D) 2,4,6,7 4 / 25 4. Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon A) a-1; b-4,9,10 B) a-2,7; b-3,4,8,9,10 C) a-2,5,7; b-4,9,10 D) a-1; b-3,8 5 / 25 5. Xirzutum g‘o‘zasida urug'lanish natijasida birnechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalarda gixromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping. A) 120 B) 360 C) 240 D) 180 6 / 25 6. Sekvoyadendronda struktura, xolmonda energetik, qashqaldoqda quvvat, vertitsillda struktura vazifasini bajaradigan gomopolimerlar qaysi javobda to`g`ri tartibda berilgan? A) sellyuloza, kraxmal, glikogen, xitin B) .klechatka, kraxmal, glikogen, murein C) sellyuloza, kraxmal, kraxmal, pectin D) klechatka, glikogen,glikogen, xitin 7 / 25 7. Oksitrops qaysi oilaga (a), kanop qaysi turkumga (b), fillofora qaysi bo‘limga (c), cherkez qaysi sinfga (mansubligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d – bir urug‘pallalilar sinfi B) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – tugmachagul turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − ikki urug‘pallalilar sinfi C) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d − magnoliyasimonlar sinfi D) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – gulxayri turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − lolasimonlar sinf 8 / 25 8. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang. A) bakra baliqlar, dumlilar B) toq tuyoqlilar, yapaloqqushlar C) juft tuyoqlilar, karpsimonlar D) kaptarsimonlar, losossimonlar 9 / 25 9. Odam organizmidagi nefronlarning qaysi qismi buyrakning po‘stloq qismida joylashmagan? A) birlamchi ilonizi naychalar B) Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi C) ikkilamchi ilonizi naychalar D) Genle halqasi 10 / 25 10. Lansetnik (va zog‘ora baliq (b)ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayirish sistemasi bir juft tasmasimon buyrakdan iborat; 2) eshitish organi ichki quloqdan iborat; 3) nerv sistemasi tana bo‘ylab ketgan nerv nayidan iborat; 4) yuragi ikki kamerali; 5) muskullari ikki yon tomonda tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan; 6) ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi ko‘krak qafasini hosil qiladi A) a − 1, 2; b − 3, 4 B) a − 1, 3; b − 2, 6 C) a − 3, 5; b − 1, 4 D) a − 4, 5; b − 2, 6 11 / 25 11. Ochiq qon aylanish sistemasiga ega bo‘lgan ayrim jinsli (va germafrodit (organizmlarni aniqlang. 1) oq planariya: 2) baqachanoq; 3) bitiniya: 4) tilyapiya; 5) krevetka; 6) yomg‘ir chuvalchangi; 7) treska; 8) askarida; 9) suv shillig‘i; 10) qizil chuvalchang. A) a - 2, 8; b - 3, 9 B) a - 2, 5; b- 1, 9 C) a - 2, 5; b - 3, 9 D) a - 4, 7; b - 6, 10 12 / 25 12. Yarim butalar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. 1) izen; 2) pskom piyoz; 3) sarsazan; 4) qoqio‘t; 5) keyreuk; 6) yalpiz A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 3, 4 D) 2, 4, 6 13 / 25 13. II qon guruhiga ega rezus musbat, sog‘lom qizning katta qon aylanish doirasi arteriyalaridagi qon plazmasida qanday moddalar bo‘ladi? A) antigemofil omil, agglyutinin β, gormonlar, vitaminlar, rezus omil B) timozin, mochevina, kreatinin, vitamin B, agglyutinin β C) gormonlar, vitaminlar, antitanalar, glukoza, agglyutinogen A D) antitanalar, insulin, agglyutinin β, gemoglobin, glukoza, fermentlar 14 / 25 14. O‘simlikxo‘r umurtqali (a), yirtqich umurtqasiz (hayvonlarni aniqlang. 1) arxar; 2) tillako‘z; 3) kolorado qong‘izi; 4) jayron; 5) miqqiy; 6) falanga; 7) zubr; 8) chirildoq; 9) biy; 10) qaldirg‘och A) a – 2, 3; b – 4, 5 B) a – 1, 7; b – 9, 10 C) a – 4, 8; b – 5, 10 D) a – 1, 4; b – 2, 6 15 / 25 15. Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar turlari (sistematik birlik nomi) keltirilgan javobni aniqlang. A) suvaraklar, chalaqattiqqanotlilar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar, burgalar B) termitlar, qandalalar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar C) hasva qandalasi, turkiston termiti, to‘g‘riqanotlilar, moviy ninachi D) yashil temirchak, qora chirildoq, sariq suvarak, suluv ninachi, to‘shak qandalasi 16 / 25 16. Qaysi javobda magnoliyasimonlar (1) va ko‘p tuklilar (2) sinflariga mansub organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) 1 − na’matak; 2 − tibbiyot zulugi B) 1 − andiz; 2 − nereida C) 1 − Sharq sauri; 2 – nereida D) 1 − xolmon; 2 − qizil chuvalchang 17 / 25 17. Gulqo‘rg‘oni oddiy (I) va murakkab (II) bo‘lgan o‘simliklarni murakkab (va oddiy (to‘pgullari bo‘yicha ajrating. 1) bug‘doy; 2) piyoz; 3) makkajo‘xorining changchi guli; 4) tok; 5) sholi; 6) qashqarbeda; 7) jag‘-jag‘; 8) gilos; 9) makkajo‘xorining urug‘chi guli; 10) sebarga A) I: a − 1, 5; b − 2, 3, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 B) I: a − 1, 3, 5; b − 2, 9; II: a − 4; b − 7, 8, 10 C) I: a − 1, 3; b − 2, 5, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 D) I: a − 3, 5, 10; b − 2, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8 18 / 25 18. Qaysi javobda gigant akula haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan? A) o‘pka bilan nafas oladi. B) jabra arteriyalariga venoz qon orqa aorta orqali yetkaziladi. C) terisini qoplab turgan tangachalari suyakli baliqlarnikidan farq qiladi. D) skeleti suyakdan iborat, jabra qopqoqlari va yon chiziqlari bo‘ladi. 19 / 25 19. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. Yashil bronza qo‘ng‘izi xonqizi qo‘ng‘izi kabi ... .1) qattiqqanotlilar turkumiga mansub; 2) yirtqich hayot kechiradi; 3) o‘simlik qismlari bilan oziqlanadi; 4) hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan; 5) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi A) 2, 5 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 20 / 25 20. Quyidagilardan ayrim jinsli (va germafrodit (hayvonlarni aniqlang. 1) jigar qurti; 2) lansetnik; 3) mol kanasi; 4) tridakna; 5) bo‘rtma nematodasi; 6) qizil chuvalchang A) a-2, 3, 4, 5; b-1, 6 B) a-4, 5; b-1, 2, 3, 6 C) a-2, 3, 5; b-1, 4, 6 D) a-1, 6; b-2, 3, 4, 5 21 / 25 21. Funksiyasi vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan odam organizmi a’zolarini ko‘rsating. 1) bo‘yinning teriosti muskuli; 2) bir juft buyraklar; 3) sonning ikki boshli muskuli; 4) oshqozon osti bezi; 5) ayrisimon bez; 6) kekirdak devoridagi paylar A) 1, 6 B) 3, 5 C) 2, 4 D) 1, 4 22 / 25 22. Dengiz ekosistemasida uchraydigan suvo‘tlari keltirilgan javobni aniqlang. A) nemalion, xlorella B) kladofora, spirogira C) yapon laminariyasi, xara D) ulva, nemalion 23 / 25 23. Zuhrasochning sporofiti uchun xos bo‘lgan (va xos bo‘lmagan (javobni belgilang. 1) spora hosil qiluvchi bo‘rtmachaga ega emas; 2) zigota hosil qiladi; 3) soruslarga ega; 4) yashil, yuraksimon o‘simtaga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) ildizpoyali o‘simlik; 7) ko‘p hujayrali arxegoniyga ega. A) a-3, 6; b-1, 2 B) a-1, 6; b-2, 4 C) a-5, 7; b-3, 4 D) a-2, 7; b-3, 4 24 / 25 24. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri keluvchi javobni aniqlang. Odamlarda . . . yurakdan chiqadi. A) kichik qon aylanish doirasi arteriyasida arterial qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida venoz qon B) kichik qon aylanish doirasi venalarida venoz qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida arterial qon C) katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon, kichik qon aylanish doirasi arteriyasida venoz qon D) kichik qon aylanish doirasi venalarida arterial qon, katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon 25 / 25 25. Quyidagilardan baliqlarning qon aylanish va nafas olish sistemalariga tegishli to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) yuragi uch kamerali; 2) yuragi ikki kamerali; 3) bitta qon aylanish dorasiga ega; 4) ikkita qon aylanish dorasiga ega; 5) jabra orqali nafas oladi; 6) postembrional davrda terisi va o‘pka orqali nafas oladi A) 2, 3, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 6 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz