Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 212 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Odam yuragining chap bo‘lmachasi diastola holatida bo‘lgan vaqtda … 1) ikki tavaqali klapan yopiq bo‘ladi; 2) qorincha sistola holatida bo‘ladi; 3) yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi; 4) sistolik bosim kuzatiladi; 5) qorincha diastola holatida bo‘ladi A) 3,5 B) 1,4 C) 2,3 D) 1, 5 2 / 25 2. Kartoshka o‘simligi qaysi oila (a) va turkum (b)ga mansub ekanligini aniqlang. A) a – ituzumdoshlar; b – kartoshka B) a – ituzumdoshlar; b – ituzum C) a – ituzumdoshlar; b – baqlajon D) a – karamdoshlar; b – ituzum 3 / 25 3. Quyidagi kloakali hayvonlar ichidan chap qorincha (a) o`ng bo`lmacha (b) ega bo`lganlarini juftlab ko`rsating? 1) triton; 2) gavial; 3) zog`cha; 4) yehidna; 5) kapcha; 6) salamandra; 7) qizilto`sh; 8) o`rdakburun; 9) qalqontumshuq. A) a-3,4,7,6,9; b-2,3,5,9 B) a-3,4,8,5,1; b-1.6.2.9.5 C) a-2,3,4,7,8; b-1,2,7,4,8 D) a-2,6,4,5,7,8; b-1,6,9,5 4 / 25 4. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi A) 3, 5, 7, 9 B) 1, 2, 6, 10 C) 3, 4, 6, 7 D) 1, 5, 8, 9 5 / 25 5. Osiyo chigirtkasi (a) tunlam(b) kolorado(c) zarar keltiradigan oilalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan juftlab ko`rsating? 1.ostgulkosachasining bo`lishi; 2.gajak to`pgulli; 3.ostki va ustki gul qipig`iga ega; 4.barg navi; 5.barg qini; 6.changchi iplari urug`chini o`rab turishi; 7.o`troq changchili bo`lishi; 8.urug`chi tumshuqchasi patsimon shoxlanganligi. A) a-1,6; b-3,4,8; c-2,7 B) a-3,4,8; b-1,6; c-2,7 C) a-3,5,8; b.1,7; c-2,6 D) a-3,5,8; b-1,6; c-2,7 6 / 25 6. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga. A) a-1, 3, 4,7,8; b-2, 5, 6, 9,10, 11 B) a-1, 3,4,7,8, 11; b-2, 5, 6,9, 10 C) a-1, 3, 7, 8; b-2,4, 5, 6, 9, 10, 11 D) a-1,4, 7, 8,11; b-2, 3, 5, 6, 9, 11 7 / 25 7. Qaysi javobda gigant akula haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan? A) jabra arteriyalariga venoz qon orqa aorta orqali yetkaziladi. B) skeleti suyakdan iborat, jabra qopqoqlari va yon chiziqlari bo‘ladi. C) terisini qoplab turgan tangachalari suyakli baliqlarnikidan farq qiladi. D) o‘pka bilan nafas oladi. 8 / 25 8. Zuhrasochning sporofiti uchun xos bo‘lgan (va xos bo‘lmagan (javobni belgilang. 1) spora hosil qiluvchi bo‘rtmachaga ega emas; 2) zigota hosil qiladi; 3) soruslarga ega; 4) yashil, yuraksimon o‘simtaga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) ildizpoyali o‘simlik; 7) ko‘p hujayrali arxegoniyga ega. A) a-3, 6; b-1, 2 B) a-2, 7; b-3, 4 C) a-5, 7; b-3, 4 D) a-1, 6; b-2, 4 9 / 25 9. O‘simlikxo‘r umurtqali (a), yirtqich umurtqasiz (hayvonlarni aniqlang. 1) arxar; 2) tillako‘z; 3) kolorado qong‘izi; 4) jayron; 5) miqqiy; 6) falanga; 7) zubr; 8) chirildoq; 9) biy; 10) qaldirg‘och A) a – 4, 8; b – 5, 10 B) a – 2, 3; b – 4, 5 C) a – 1, 7; b – 9, 10 D) a – 1, 4; b – 2, 6 10 / 25 10. Yarim butalar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. 1) izen; 2) pskom piyoz; 3) sarsazan; 4) qoqio‘t; 5) keyreuk; 6) yalpiz A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 4 11 / 25 11. Funksiyasi vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan odam organizmi a’zolarini ko‘rsating. 1) bo‘yinning teriosti muskuli; 2) bir juft buyraklar; 3) sonning ikki boshli muskuli; 4) oshqozon osti bezi; 5) ayrisimon bez; 6) kekirdak devoridagi paylar A) 2, 4 B) 1, 4 C) 3, 5 D) 1, 6 12 / 25 12. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang. A) kaptarsimonlar, losossimonlar B) toq tuyoqlilar, yapaloqqushlar C) juft tuyoqlilar, karpsimonlar D) bakra baliqlar, dumlilar 13 / 25 13. Quyidagilardan ayrim jinsli (va germafrodit (hayvonlarni aniqlang. 1) jigar qurti; 2) lansetnik; 3) mol kanasi; 4) tridakna; 5) bo‘rtma nematodasi; 6) qizil chuvalchang A) a-2, 3, 5; b-1, 4, 6 B) a-4, 5; b-1, 2, 3, 6 C) a-2, 3, 4, 5; b-1, 6 D) a-1, 6; b-2, 3, 4, 5 14 / 25 14. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri keluvchi javobni aniqlang. Odamlarda . . . yurakdan chiqadi. A) kichik qon aylanish doirasi arteriyasida arterial qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida venoz qon B) katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon, kichik qon aylanish doirasi arteriyasida venoz qon C) kichik qon aylanish doirasi venalarida arterial qon, katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon D) kichik qon aylanish doirasi venalarida venoz qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida arterial qon 15 / 25 15. Odam organizmidagi nefronlarning qaysi qismi buyrakning po‘stloq qismida joylashmagan? A) birlamchi ilonizi naychalar B) Genle halqasi C) ikkilamchi ilonizi naychalar D) Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi 16 / 25 16. Quyidagilardan baliqlarning qon aylanish va nafas olish sistemalariga tegishli to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) yuragi uch kamerali; 2) yuragi ikki kamerali; 3) bitta qon aylanish dorasiga ega; 4) ikkita qon aylanish dorasiga ega; 5) jabra orqali nafas oladi; 6) postembrional davrda terisi va o‘pka orqali nafas oladi A) 2, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 4, 6 17 / 25 17. Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar turlari (sistematik birlik nomi) keltirilgan javobni aniqlang. A) hasva qandalasi, turkiston termiti, to‘g‘riqanotlilar, moviy ninachi B) termitlar, qandalalar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar C) suvaraklar, chalaqattiqqanotlilar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar, burgalar D) yashil temirchak, qora chirildoq, sariq suvarak, suluv ninachi, to‘shak qandalasi 18 / 25 18. Lansetnik (va zog‘ora baliq (b)ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayirish sistemasi bir juft tasmasimon buyrakdan iborat; 2) eshitish organi ichki quloqdan iborat; 3) nerv sistemasi tana bo‘ylab ketgan nerv nayidan iborat; 4) yuragi ikki kamerali; 5) muskullari ikki yon tomonda tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan; 6) ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi ko‘krak qafasini hosil qiladi A) a − 3, 5; b − 1, 4 B) a − 4, 5; b − 2, 6 C) a − 1, 3; b − 2, 6 D) a − 1, 2; b − 3, 4 19 / 25 19. II qon guruhiga ega rezus musbat, sog‘lom qizning katta qon aylanish doirasi arteriyalaridagi qon plazmasida qanday moddalar bo‘ladi? A) gormonlar, vitaminlar, antitanalar, glukoza, agglyutinogen A B) timozin, mochevina, kreatinin, vitamin B, agglyutinin β C) antigemofil omil, agglyutinin β, gormonlar, vitaminlar, rezus omil D) antitanalar, insulin, agglyutinin β, gemoglobin, glukoza, fermentlar 20 / 25 20. Qaysi javobda magnoliyasimonlar (1) va ko‘p tuklilar (2) sinflariga mansub organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) 1 − Sharq sauri; 2 – nereida B) 1 − xolmon; 2 − qizil chuvalchang C) 1 − andiz; 2 − nereida D) 1 − na’matak; 2 − tibbiyot zulugi 21 / 25 21. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. Yashil bronza qo‘ng‘izi xonqizi qo‘ng‘izi kabi ... .1) qattiqqanotlilar turkumiga mansub; 2) yirtqich hayot kechiradi; 3) o‘simlik qismlari bilan oziqlanadi; 4) hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan; 5) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 5 22 / 25 22. Gulqo‘rg‘oni oddiy (I) va murakkab (II) bo‘lgan o‘simliklarni murakkab (va oddiy (to‘pgullari bo‘yicha ajrating. 1) bug‘doy; 2) piyoz; 3) makkajo‘xorining changchi guli; 4) tok; 5) sholi; 6) qashqarbeda; 7) jag‘-jag‘; 8) gilos; 9) makkajo‘xorining urug‘chi guli; 10) sebarga A) I: a − 3, 5, 10; b − 2, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8 B) I: a − 1, 3; b − 2, 5, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 C) I: a − 1, 5; b − 2, 3, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 D) I: a − 1, 3, 5; b − 2, 9; II: a − 4; b − 7, 8, 10 23 / 25 23. Dengiz ekosistemasida uchraydigan suvo‘tlari keltirilgan javobni aniqlang. A) nemalion, xlorella B) ulva, nemalion C) yapon laminariyasi, xara D) kladofora, spirogira 24 / 25 24. Ochiq qon aylanish sistemasiga ega bo‘lgan ayrim jinsli (va germafrodit (organizmlarni aniqlang. 1) oq planariya: 2) baqachanoq; 3) bitiniya: 4) tilyapiya; 5) krevetka; 6) yomg‘ir chuvalchangi; 7) treska; 8) askarida; 9) suv shillig‘i; 10) qizil chuvalchang. A) a - 4, 7; b - 6, 10 B) a - 2, 8; b - 3, 9 C) a - 2, 5; b - 3, 9 D) a - 2, 5; b- 1, 9 25 / 25 25. Oksitrops qaysi oilaga (a), kanop qaysi turkumga (b), fillofora qaysi bo‘limga (c), cherkez qaysi sinfga (mansubligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – gulxayri turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − lolasimonlar sinf B) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – tugmachagul turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − ikki urug‘pallalilar sinfi C) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d – bir urug‘pallalilar sinfi D) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d − magnoliyasimonlar sinfi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz