11-sinf Biologiya olimpiada №3 Oktabr 24, 2022Oktabr 24, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Biologiya olimpiada №3 ga fikr bildirilmagan. 1 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Tashqi sekretsiya bezlari mahsulotlari keltirilgan qatorni belgilang. 1) insulin; 2) androgen; 3) testosteron; 4) tripsin; 5) timozin; 6) lipaza A) 1, 5 B) 4, 6 C) 1, 3 D) 2, 5 2 / 24 2. Pomidor o‘simligi hujayrasida qalampir hujayrasiga nisbatan ikki barobar kam xromosomalar bo‘ladi. Pomidor o‘simligi ildizining hujayrasida interfazaning G2 davridagi hujayra yadrosida DNK molekulalari soni nechtaga yetadi? A) 48 B) 76 C) 24 D) 12 3 / 24 3. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarnibelgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza I; 3) metafaza II;a) diploid to'plarndagi xromosomalardaikkitadan xromatida bo'ladi; b) gaploidto‘plamdagi xromosomalarda ikkitadanxromatida bo‘ladi; c) gaploid to'plarndagixromosomalarda bittadan xromatida bo'ladi;d) diploid to'plarndagi xromosomalarda bittadanxromatida bo'ladi A) 1-a; 2-c; 3-d B) 1-d; 2-b; 3-a C) 1-c; 2-d; 3- b D) 1-c; 2-a; 3- b 4 / 24 4. Ekologik piramidani g’oza-chivin-kaltakesak-lochin tashkil etadi. II va III darajali konsumentlarning umumiy massasi 132 kg ni tashkil qilsa, umumiy biomassani aniqlang. A) 13300 B) 13200 C) 13332 D) 13232 5 / 24 5. Qizil va oq donli bug`doylar o`zaro chatishtirilganda F1 da pushti, F2 da esa qizil, och qizil, pushti, och pushti va oq donli bug`doylar olingan bo`lsa. F2 da olingan avlodlarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y beradi? A) 50 B) 75 C) 37.5 D) 62.5 6 / 24 6. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi A) 1 - c, d, e; 2 - a, b, f B) 1 - a; 2 - c, d C) 1 - a, d, f; 2 - c, b, e D) 1 - b; 2 - a, c 7 / 24 7. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka; A) a-3, 6; b-5, 7 B) a-1, 7; b-2, 8 C) a-1, 3; b-5, 8 D) a-1, 2; b-4, 8 8 / 24 8. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni B) aorta qon tomiri - vena qoni, o‘pka arteriyasi - arteriya qoni C) o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni D) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni 9 / 24 9. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi A) a-3; b-1 B) a-1; b-4 C) a-4; b-2 D) a-2; b-5 10 / 24 10. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi A) a-2, 3; b-4, 6 B) a-6, 7; b-1, 5 C) a-2, 7; b-3, 5 D) a-1, 5; b-2, 6 11 / 24 11. Oddiy lipidni aniqlang. A) glikoprotein B) glikolipid C) fosfolipid D) mum 12 / 24 12. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. A) 1 − zubr bilan bir turkumga mansub; 2 − diafragma rivojlangan; 3 − bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud B) 1 − tabiiy holda Neotropik biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – tuyoqli sutemizuvchilar turkumi vakili; 3 − jish bola ochadi C) 1 − tabiiy holda Habashiston biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; 3 − yuragi to‘rt kamerali D) 1 − diafragmaga ega; 2 − oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 3 − yuragi uch kamerali 13 / 24 13. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 14 / 24 14. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A) jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi B) zamburug‘larning paydo bo‘lishi; ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi C) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi D) xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi 15 / 24 15. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) lola, boychechak, bug‘doy B) oddiy jag‘-jag‘, g‘o‘za, karam C) beda, burchoq, loviya D) bangidevona, turp, arpa 16 / 24 16. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi A) I – 3, 6; II – 4, 5 B) I – 1, 4; II – 5, 6 C) I – 3, 5; II – 2, 4 D) I – 4, 6; II – 2, 3 17 / 24 17. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol A) I – c, d, e; II – a, b, f B) I – a, d, e; II – b, c, f C) I – a, d, f; II – b, c, e D) I – b, c, f; II – a, d, e 18 / 24 18. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin A) 2, 3, 4, 6, 10 B) 3, 5, 7, 8, 9 C) 1, 2, 6, 10 D) 4, 5, 7, 9 19 / 24 19. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. A) 1, 4 B) 1, 2 C) 2, 5 D) 3, 5 20 / 24 20. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 2, 5 B) 1, 2 C) 3, 5 D) 3, 4 21 / 24 21. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 11 yoki 7 B) 14 yoki 22 C) 10 yoki 8 D) 16 yoki 20 22 / 24 22. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Ushbu oilada daltonik qizlarning tug‘ilish ehtimolligi 0%. B) Ushbu oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 25%. C) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. D) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. 23 / 24 23. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan? A) tovus kaptar B) sudralib yuruvchilar sinf C) tovuqlarning Pervomaysk zoti D) qirg‘ovulning Murg‘ob kenja turi 24 / 24 24. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi A) I-2; II-3 B) I-1; II-2 C) I-3; II-2 D) I-2; II-1 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Biologiya olimpiada