Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 111 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Odam organizmida B1 vitaminining yetishmasligi natijasida …. A) qo‘l-oyoq muskullari uvushib og‘riydi, nerv tolalari falajlanadi B) nerv tolalari falajlanadi, ko‘rish qobiliyati pasayadi C) bronxlarning shilliq pardasi yallig‘lanadi, epiteliy to‘qimasining yangilanishi buziladi D) milklar qonaydi, tishlar to‘kiladi, ko‘rish qobiliyati susayadi 2 / 24 2. Kartoshkaning kechpishar navini aniqlang. A) Sanzor B) Samarqand C) Nimrang D) Obidov 3 / 24 3. Pleyotrop (I) va letal (II) genga egaorganizmlarni to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turlimiqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariqsichqonlarning o‘limi; 3) to‘q qizil rangnita’minlovchi pigmentga ega o‘simliklarda poyava shoxlarning qizil bo‘lishi A) 1-3; II-2 B) 1-2; II-3 C) 1-1; 11-2 D) 1-2; II-l 4 / 24 4. Fruktonuriyaàsiydik tarkibida qandning ortishi natijasida yuzaga keladigan retsissev kasallik bo`lib,2 xil tipda irsiylanadi. Birinchi tipi klinik belgilarsiz kechsa, ikkinchi tipi aqliy zaiflikni keltirib chiqaradi. Ota birinchi tipi bilan ona ikkinchi tipi bilan kasallangan bo`lsa, o`gil farzandlar 2 ta tip bo`yicha kasallanadi. Tug`ilgan farzandlarning necha foizi ikkila tip bo`yicha kasal bo`ladi? A) 50 B) 75 C) 25 D) 100 5 / 24 5. Duplikatsiya(a) va insersiya(b) ga xos xususiyatni aniqlang. 1.xromasomaning o`rta qismini ortishi 2.xromasomaning ayrim qismini ortishi 3.DNK bo`lagini ikki hissa ortishi 4.DNK genomining ma`lum joyga kiritish A) a-4 b-1 B) a-3 b-2 C) a-2 b-4 D) a-2 b-3 6 / 24 6. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi A) 1 - c, d, e; 2 - a, b, f B) 1 - a, d, f; 2 - c, b, e C) 1 - a; 2 - c, d D) 1 - b; 2 - a, c 7 / 24 7. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) oddiy jag‘-jag‘, g‘o‘za, karam B) lola, boychechak, bug‘doy C) beda, burchoq, loviya D) bangidevona, turp, arpa 8 / 24 8. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. A) 1 − zubr bilan bir turkumga mansub; 2 − diafragma rivojlangan; 3 − bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud B) 1 − tabiiy holda Neotropik biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – tuyoqli sutemizuvchilar turkumi vakili; 3 − jish bola ochadi C) 1 − diafragmaga ega; 2 − oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 3 − yuragi uch kamerali D) 1 − tabiiy holda Habashiston biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; 3 − yuragi to‘rt kamerali 9 / 24 9. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Ushbu oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 25%. B) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. C) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. D) Ushbu oilada daltonik qizlarning tug‘ilish ehtimolligi 0%. 10 / 24 10. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan? A) sudralib yuruvchilar sinf B) qirg‘ovulning Murg‘ob kenja turi C) tovus kaptar D) tovuqlarning Pervomaysk zoti 11 / 24 11. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi A) a-2; b-5 B) a-3; b-1 C) a-4; b-2 D) a-1; b-4 12 / 24 12. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol A) I – a, d, e; II – b, c, f B) I – b, c, f; II – a, d, e C) I – a, d, f; II – b, c, e D) I – c, d, e; II – a, b, f 13 / 24 13. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka; A) a-1, 2; b-4, 8 B) a-3, 6; b-5, 7 C) a-1, 3; b-5, 8 D) a-1, 7; b-2, 8 14 / 24 14. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi A) a-1, 5; b-2, 6 B) a-2, 3; b-4, 6 C) a-6, 7; b-1, 5 D) a-2, 7; b-3, 5 15 / 24 15. Oddiy lipidni aniqlang. A) fosfolipid B) glikoprotein C) glikolipid D) mum 16 / 24 16. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 14 yoki 22 B) 16 yoki 20 C) 10 yoki 8 D) 11 yoki 7 17 / 24 17. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 2, 5 B) 3, 4 C) 3, 5 D) 1, 2 18 / 24 18. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin A) 2, 3, 4, 6, 10 B) 1, 2, 6, 10 C) 3, 5, 7, 8, 9 D) 4, 5, 7, 9 19 / 24 19. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. A) 1, 4 B) 2, 5 C) 3, 5 D) 1, 2 20 / 24 20. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni B) o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni C) o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni D) aorta qon tomiri - vena qoni, o‘pka arteriyasi - arteriya qoni 21 / 24 21. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi A) I – 3, 5; II – 2, 4 B) I – 3, 6; II – 4, 5 C) I – 4, 6; II – 2, 3 D) I – 1, 4; II – 5, 6 22 / 24 22. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A) zamburug‘larning paydo bo‘lishi; ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi B) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi C) jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi D) xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi 23 / 24 23. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi A) I-3; II-2 B) I-2; II-3 C) I-2; II-1 D) I-1; II-2 24 / 24 24. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi A) 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz