Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 11-sinf Kimyo olimpiada №3 Kimyo olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Kimyo olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 94 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Kimyo olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Kaliy xromat va kaliy dixromat tuzlari aralashmasida xromning massa ulushi 30,0% bo‘lsa, undagi xromat/dixromat mol nisbatini aniqlang. A) 7/2 B) 1/1 C) 5/2 D) 3/2 2 / 25 2. Quyidagi reaksiyalarni tahlil qilib 1 g uran-235 yoqilg‘isidan olinadigan energiyaga teng issiqlik hosil qilish uchun necha tonna ko‘mirni yoqish kerakligini aniqlang. (1 eV = 1,6∙10-19 J) 235U + n = 114Ba + 92Kr + 3n + 200 MeV/(har bir uran-235 yadrosiga) C + O2 = CO2 + 395 kJ/mol A) 2,49 B) 4,86 C) 6,26 D) 3,58 3 / 25 3. Quyidagi reaksiyaning o‘ng tomonidagi moddalar koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng? As2S3 + HNO3= H3AsO4 + SO2 + NO2 + H2O A) 23 B) 49 C) 35 D) 58 4 / 25 4. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchramaydi? 1) natriy sulfat; 2) ammoniy nitrit; 3) litiy nitrat; 4) alyuminiy karbonat; 5) kaliy xlorid; 6) ammoniy atsetat. A) 4, 5, 6; B) 1, 3, 5; C) 2,4,6; D) 1, 3, 5, 6; 5 / 25 5. SO2 + NO2 = SO3 + NO reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki konsentratsiyasi 6 va 7 mol/litr bo‘lsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/litr) hisoblang (Км=1). A) 3,27 B) 2,77 C) 8,73 D) 10,77 6 / 25 6. 10 l gaz 2 l gacha izotermik (T=const) qisilganda bosim 25 kPa bo`ldi. Dastlabki bosimni aniqlang. A) 9 kPa B) 3 kPa C) 5 kPa D) 7 kPa 7 / 25 7. Bor modeliga ko’ra vodorod atomidagi elektronning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n – 1,2,3, … va h.k. butun sonlar. Bor modeliga ko’ra elektronni 1-orbitadan (n = 1) 5-orbitaga (n= 5) o’tkazish uchun qancha energiya (eV) talab qilinadi? A) 10,2 B) 13.06 C) 40.8 D) 13.6 8 / 25 8. 1 molekula ozonning (O3) massasini aniqlang. A) 48 g B) 16 g C) 2.66·10⁻²³ g D) 7.97·10⁻²³ g 9 / 25 9. Ma`lum reaksiyaning temperatura koeffisienti 2.5 ga teng. Shu reaksiya temperaturasi 20°C dan 45°C gacha oshirilganda reaksiya tezligi qanday o`zgaradi? A) 61.76 marta oshadi B) 9.88 marta oshadi C) 2.5 marta oshadi D) 2.5 marta kamayadi 10 / 25 10. N2 + O2 = 2NO reaksiya uchun to`g`ri reaksiyaga massalar ta`siri qonunini ko`rsating. A) D B) C C) B D) A 11 / 25 11. NaOH eritmasi H+, Mg2+ va Al3+ ionlarini saqlagan rangsiz eritmaga tomchilatib qo`shildi. Hosil bo`layotgan cho`kma massasi (Y o`qda) ning sarflangan NaOH eritmasi hajmi (X o`qda) ga bog`liqligi to`g`ri ko`rsatilgan javobni tanlang. A) B B) A C) D D) C 12 / 25 12. Oltingugurtning allotropik ko`rinishlaridan birida (Sx) 8 g oltingugurt na`munasi 2.508·1022 ta molekula saqlasa, oltingugurt molekulasi formulasini aniqlang. A) S₆ B) S₇ C) S₄ D) S₈ 13 / 25 13. 0.1 g natriy gidroksid saqlovchi 1 dm3 eritmaning vodorod ko`rsatkichini (pH) hisoblang. Ishqorni to`liq dissotsiyatsiyalanadi deb qarang. A) 10.4 B) 3.6 C) 11.4 D) 2.6 14 / 25 14. Quyida {A + B = AB} reaksiyaning energetik profili keltirilgan: A) X-C, Y-A, Z-B B) X-A, Y-B, Z-C C) X-B, Y-A, Z-C D) X-C, Y-B, Z-A 15 / 25 15. Quyidagilardan qay biri sis-trans-izomerlarga ega? A) C B) D C) A D) B 16 / 25 16. A – noma`lum oltingugurt oksidi. Uning 1 g ida 9.406·1021 ta molekula bo`lsa, noma`lum oksidni aniqlang. A) SO₃ B) SO₄ C) SO₂ D) SO 17 / 25 17. Quyidagi qatorda kislotalar kuchi oshib borishi ketma-ketligini ko`rsating: ClH2CCOOH, Cl2HCCOOH, Cl3CCOOH A) ClH₂CCOOH B) Cl₃CCOOH C) ClH₂CCOOH D) Cl₃CCOOH < ClH₂CCOOH < Cl₂HCCOOH 18 / 25 18. Tabiiy litiy ikki barqaror izotop 6Li (7.3%) va 7Li (92.7%) lardan iborat bo`lsa, litiyning atom massasini aniqlang. A) 6.827 B) 6.967 C) 6.927 D) 6.727 19 / 25 19. 1.4 g A metal atmosfera azoti bilan reaksiyaga kirishib (6A + N2 = 2A3N) 2.33 g A3N hosil qilgan bo`lsa, A ni aniqlang. A) Na B) Li C) K D) Rb 20 / 25 20. DNK yarimkonservativ replikatsiyaga uchraydi, ya`ni har bir zanjir alohida ko`payadi va yangi DNK molekulasiga aylanadi. Yangi zanjirlarni 14N yoki 15N saqlovchi substartlar ishtirokida hosil qilish mumkin. Tajribada bir zanjiri faqat 14N, ikkinchi zanjiri esa faqat 15N tutuvchi DNK(gibrid DNK) ishlatildi. Gibrid DNK 14N saqlovchi substrat ishtirokida replikatsiya qilindi. Agarda tajriba boshida bitta gibrid DNK molekulasi bo`lgan bo`lsa, 4 ta replikatsiya siklidan so`ng 15N tutadigan ikkizanjirli molekulaning ulushini toping. A) 1/16 B) 1/8 C) 1/32 D) ¼ 21 / 25 21. Qaysi qatorda Zn2+ ionining elektron konfiguratsiyasi to’g’ri ko’rsatilgan? A) A B) B C) D D) C 22 / 25 22. Quyidagi birikmalardan qay biri piranoza formasida mavjud bo`la olmaydi? A) C B) A C) B D) D 23 / 25 23. Berilgan tartibda elemntlarning oxirgi elektroni uchun orbital kvant sonining qiymati qanday o`zgaradi (elementning tartib raqamlari berilgan)? 111→172→33→18 a) ortadi b) kamayadi c) o`zgarmaydi A) 1-a, 2-b, 3-a. B) 1-b, 2-b, 3-a. C) 1-a, 2-b, 3-b. D) 1-a, 2-b, 3-c. 24 / 25 24. 2О3(g) → 3О2 (g) reaksiyasida kislorodning hosil bo`lish tezligi 3,0·10-7 mol/(dm3·s). Ozonning sarflanish tezligi qanday mol/(dm3·s)? A) 3,0·10⁻⁷ B) 4,5·10⁻⁷ C) 2,0·10⁻⁷ D) 1,6·10⁻¹⁰ 25 / 25 25. 3p, 3d, 4s va 4p energetik pog`onachalarni elektronlar bilan to`lish ketma-ketligida joylashtiring. A) 3p, 4s, 3d, 4p B) 3p, 3d, 4s, 4p C) 3d, 3p, 4s, 4p D) 4p, 4s, 3p, 3d 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz