Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 51 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta doston yozib olingan? A) 100 dan ortiq B) 200 C) 400 D) 150 2 / 25 Ajratilgan izoh bo’lakli gapni toping. A) Bektemir ko’zlarini ochganda, yomg’ir tez va shiddat bilan yog’moqda edi. B) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. C) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo’lmayapti. D) Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san’at o’qituvchisi, to’garak ishini yo’lga qo’yib yubordi. 3 / 25 Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi badiiy san’atni yuzaga keltirmoqda. A) tajnis B) talmeh C) istiora D) iyhom 4 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Insonni butun borliq odamlar buyum va narsalar voqea-hodisalar ammo eng avvalo va aksar hollarda odamlar tarbiyalaydi A) , , , , , . B) – – , , , . C) – , , , , . D) : , , , , , . 5 / 25 Sifatning ma’nosiga ko‘ra ikki turi ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Baqqol amaki yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam. B) Bu bog‘lar ichida oq, havorang marmardan qurilgan chiroyli binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. C) Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning barglari iliq quyosh nurida marvariddek tovlanadi. D) O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‘lmaydi. 6 / 25 Qaysi asarda shoir shohga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen - bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi”, degan fikrni aytadi? A) “Layli va Majnun” B) “Farhod va Shirin” C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy” 7 / 25 Jomiyning “Xamsa”si yettilik bo‘lgandan so‘ng qanday nomlangan? A) “Haft paykar” B) “Hasht behisht” C) “Silsilat uz-zahab” D) “Haft avrang” 8 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) hayriyat, burilmoq, mas’ud B) hasharot, yutinmoq, fojia C) tatqiqot, mabodo, tavsiya D) poyafzal, tomosha, tomoman 9 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-i, 2-e, 3-f, 4-h, 5-d B) 1-i, 2-a, 3-h, 4-g, 5-b C) 1-e, 2-a, 3-f, 4-h, 5-b D) 1-e, 2-a, 3-f, 4-g, 5-b 10 / 25 Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. B) Jahl kelsa, aql ketadi. C) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. D) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. 11 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, d, e, f; 2-b, e, f, g B) 1-a, e, f; 2-a, b, e, g C) 1-a, b, d, f, g; 2-b, e, g D) 1-a, d, f, g; 2-a, e, f, g 12 / 25 Tokzorga kelsak, husayni, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) shaxs oti B) narsa oti C) faoliyat-jarayon oti D) o‘rin-joy oti 13 / 25 Ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar qatorini toping. A) sotib/oldi, borib/keldi B) xush/bo‘y, tog‘ma/tog‘ C) to‘g‘ridan/to‘g‘ri, jiqqa/ho‘l D) tog‘/olcha, beda/poya 14 / 25 Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi, Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi. Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh, G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi. Ushbu ruboiydagi radifni aniqlang. A) g‘urbatda, mehnatda, albatta B) kishini, ko‘ngulni C) yod, shod D) kishi 15 / 25 Xojaning hikoyalaridan birida sultonning bir soat adolat qilganining savobini zohid qanchaga baholaydi? A) o‘nta avliyoning ibodatidan ortiq B) odamlar, farishtalar va hurlarning ibodatidan ortiq C) o‘nta payg‘ambarning ibodatidan ortiq D) yigirmata zohid ibodatidan ortiq 16 / 25 To‘rt narsani berdi menga oqillarcha o‘ylamoq: Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu she’riy parchada so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida qaysi turkumlarga oid so‘zlar yasalgan? A) ot, ravish, fe’l B) ot, sifat C) sifat, fe’l D) ot, sifat, fe’l 17 / 25 Mehmondo‘st, mehnatsevar xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va vatanparvar yoshlar ertamiz egalaridir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. B) Yasama so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘zlarga ohang va kelishik yordamida tobelangan. C) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagiga tobelangan. D) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan. 18 / 25 Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Nazir ota yuzlarida tabassum bilan qutini bezata boshladi. B) O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma, o‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma. C) Bu cholni butun yurt izzat qilardi. D) Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. 19 / 25 Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. B) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. C) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. D) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. 20 / 25 “Alpomish” dostonida Barchin qachon “Saman otli, sarjig‘ali bek yigit”ga murojaat qiladi? A) shartlarini qo‘yayotganda B) kurash paytida C) olti oyga muhlat so‘rayotganda D) tush ko‘rganda 21 / 25 Qaysi so‘zda bo‘g‘iz undoshi ishlatiladi? A) …ayol B) …abash C) …arita D) …alq 22 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo`ying. Vatanimiz poytaxtida, … Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. A) xullas B) ya’ni C) chunki D) garchi 23 / 25 Ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo‘ladi. B) Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. C) Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. D) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. 24 / 25 Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro ma’nodosh emas? A) saxiylik, tantilik B) malomat, gina C) g‘urur, shuur D) iroda, qat’iyat 25 / 25 Navoiyning “Farhod va Shirin” dosoni haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) Farhod onadan ishq bilan tug‘iladi. B) Farhod tug‘ilganida xoqon xalqning uch yillik xirojidan kechadi. C) Farhod Shirinni topish uchun uch manzildan o‘tadi va Yunonistonga boradi. D) Farhod Qorandan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. 0% Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz