Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 19 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) husn - go‘zal B) sovg‘a – tuhfa C) tabassum - yig‘i D) tantiqlik – saxiylik 2 / 25 Arab tilidan kirib kelgan qaysi so`z o`zbek tilida kamtarinlik ma’nosini ifodalab, asl ma’nosini tubdan o`zgartirgan? A) kamina B) ojizingiz C) fuqaro D) raiyat 3 / 25 Qaysi gapda barcha zamon shakllari o‘z ma’nosida ishlatilgan? A) Men ertaga ketyapman, Farhod. B) Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. C) – Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? – dedi Habibulla. D) Shu, Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj ekan, nima dedingiz, Bo‘ri polvon? 4 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) muolija, mobodo, tamoman B) asqotmoq, o‘g‘irlamoq, ta’ma qilmoq C) taqiqlamoq, xayol, qat’i nazar D) mutaxasis, qutulmoq, tomosha 5 / 25 Bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi o‘zbek g‘azali muallifini aniqlang. A) Mahmud Qoshg‘ariy B) Yusuf Xos Hojib C) Alisher Navoiy D) Nosiruddin Rabg‘uziy 6 / 25 Quyidagi gaplardan qaysi birida yordamchi so‘z turkumining barcha turi ishtirok etgan? A) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldinga siljitolmasdi. B) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. C) Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar. D) Ma’naviyat insonga ona suti va ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singadi. 7 / 25 Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap tarkibida ajratib ko‘rsatilgan so‘z gapning qaysi bo‘lagiga tobelangan? A) qaratqich aniqlovchi B) sifatlovchi aniqlovchi C) vositasiz to‘ldiruvchi D) vositali to‘ldiruvchi 8 / 25 Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) tire B) vergul C) nuqtali vergul D) ikki nuqta 9 / 25 Ilgari salbiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar davr taqozosiga ko‘ra ijobiy bo‘yoq kasb etayotgan so‘zlarni aniqlang. A) dasturchi, vazir B) viloyat, tuman C) biznesmen, fermer D) kapital, kolxoz 10 / 25 Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni “karam” deydilar. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan so‘zlarni aniqlang. A) ey Navoiy, aksincha B) tama qilma, deydilar C) ey Navoiy, karam D) ey, aksincha, karam 11 / 25 oshig‘i olchi iborasiga antonim iborani toping. A) suv tekin B) dili pora C) kosasi oqarmagan D) do‘ppisi yarimta 12 / 25 Qaysi gapda nisbat qo‘shimchasini olgan fe’l yasama otga tobelangan? A) Uzoqdan ko‘ringan qumloqlar sahro bag‘rida yastanib yotar edi. B) Bu kishi o‘sha tunda o‘zi bilan suhbatlashgan odam ekan. C) O‘g‘lining muvaffaqiyatidan faxrlangan otaning shodligi cheksiz edi. D) Kechaga taklif etilgan shoirlar orasidan uni qidirdi, ammo topolmadi. 13 / 25 “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta o‘rin tutadi. B) Shohdorxon boshqalarning maslahatiga quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qiladigan, uzoqni ko‘ra olmasligi natijasida ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan shoh. C) Go‘ro‘g‘lining ota-onasi – Ravshan va Bibi Hilol bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetishadi. D) Parokanda bo‘layozgan Taka Yovmit elida Ravshanbekning kelishi bilan tub burilishlar sodir bo‘ladi. U el-yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. 14 / 25 Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Sodda va qo‘shma kesimlar mavjud. B) Ega va qaratqich aniqlovchining uyushib kelishi kuzatiladi. C) Barcha uyushiq bo‘laklarning sifatlovchi aniqlovchisi mavjud. D) Qaratqich aniqlovchilarning barchasi to‘ldiruvchiga tobelangan. 15 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni aniqlang. U ilonni aldagani uchun, … unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish. A) chunki B) balki C) agar D) ya’ni 16 / 25 Berilgan birliklarning qaysi birida ko‘chma ma’noli so‘z mavjud emas? A) daryo yoqasi B) varrakning dumi C) g‘orning og‘zi D) tog‘ cho‘qqisi 17 / 25 Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) i harfi B) s harfi C) a harfi D) t harfi 18 / 25 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini bevosita tobelantirgan hol ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Shuni esingdan chiqarma: aql dilning oltin kalitidir. B) Bir yo‘l chekkasida yotibman nolon, Chorasiz bo‘lsam-da, men ham tirik jon. C) Bir kishi umrining so‘ngiga qadar, Yig‘di mol-u dunyo, yig‘di siym-u zar. D) Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida, Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib. 19 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda tire tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Nabiram – Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti. Gullar, daraxtlar, bog‘lar – barchasi bahor nafasini his qilmoqda. B) Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. Qor yog‘di – don yog‘di. C) Mehnati halol baholansa, yerning sohibi – dehqonning hech kimdan kami bo‘lmaydi. Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. D) Yurting tinch – sen tinch. Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi. 20 / 25 G‘irot oti qaysi doston qahramonining doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi? A) Go‘ro‘g‘li B) Alpomish C) Kuntug‘mish D) Ravshan 21 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, d, e, g; 2-a, f, g B) 1-a, b, d, e, f, g; 2-a, b, f C) 1-a, d, e, f, g; 2-a, b, f, g D) 1-b, d, e, f, g; 2-b, g, f 22 / 25 “Alp Er To‘nga” marsiyasi qaysi asar orqali bizgacha yetib kelgan? A) “Hayrat ul-abror” B) “Qissasi Rabg‘uziy” C) “Qutadg‘u bilik” D) “Devonu lug‘ot it-turk” 23 / 25 Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan? A) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. B) Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. C) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon kishining gapi ko‘p bo‘ladi. D) Kitob mening do‘stim, chunki u – bilim manbayi. 24 / 25 Qaysi gapda ko‘makchi fe’l ish-harakatning davomiyligini bildirib kelgan? A) Yodgor o‘z yonimda. Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi. B) Qo‘qonga nonushta mahalida kirib keldik. C) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘yib, mehmonlar bilan ko‘risha ketdi. D) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. 25 / 25 Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilingan? A) “Muhokamat ul-lug‘atayn” B) “Lison ut-tayr” C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy” 0% Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz