Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 26 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga nazira sifatida yozilgan? A) Surmadin ko‘zlar qaro,qo‘llar hinodin lolarang B) Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘laring C) Ul qora ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur D) Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik 2 / 25 Qaysi shoir o’z she’rlarida biz yashab turgan dunyo haqiqati, inson umrining mazmuni, ezgulik va qabohat kabi azaliy muammolarni yangi davr kishisi nuqtai nazari bilan yoritishga harakat qildi? A) Asqad Muxtor B) X. Saloh C) ) Rasul Hamzatov D) S. Zunnunova 3 / 25 Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) s harfi B) a harfi C) t harfi D) i harfi 4 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, d, e, g; 2-a, f, g B) 1-b, d, e, f, g; 2-b, g, f C) 1-a, b, d, e, f, g; 2-a, b, f D) 1-a, d, e, f, g; 2-a, b, f, g 5 / 25 Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilingan? A) “Lison ut-tayr” B) “Muhokamat ul-lug‘atayn” C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy” 6 / 25 Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) Ushbu baytda qanday she’riy san’atlar qo‘llangan? A) talmeh, tashbeh, tajnis B) tazod, tajnis, tanosub C) tazod, talmeh, tanosub D) tajnis, tashbeh, tanosub 7 / 25 Bu yo‘llardan borurman, qadim Bitiktoshlar chiqar qoshimga. Ular so‘zin ko‘chiraman jim Yuragimning bujur toshiga, Ey, dardimga darmonim, Vatan! Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘zning sintaktik vazifasini aniqlang. A) vositali to‘ldiruvchi B) payt holi C) o`rin holi D) sifatlovchi aniqlovchi 8 / 25 Qaysi gapda hol vazifasida kelgan qaralmish ishtirok etgan? A) Meni katta hayotga olib chiqib qo‘ygan ustozlarimning zahmatini oqlay oldimmikin? B) Mustaqil O‘zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o‘zbek tilining muhofazasi uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. C) Til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. D) Tilning birinchi ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashadi. 9 / 25 Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Qaratqich aniqlovchilarning barchasi to‘ldiruvchiga tobelangan. B) Sodda va qo‘shma kesimlar mavjud. C) Barcha uyushiq bo‘laklarning sifatlovchi aniqlovchisi mavjud. D) Ega va qaratqich aniqlovchining uyushib kelishi kuzatiladi. 10 / 25 Ilgari salbiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar davr taqozosiga ko‘ra ijobiy bo‘yoq kasb etayotgan so‘zlarni aniqlang. A) biznesmen, fermer B) kapital, kolxoz C) viloyat, tuman D) dasturchi, vazir 11 / 25 Berilgan birliklarning qaysi birida ko‘chma ma’noli so‘z mavjud emas? A) g‘orning og‘zi B) daryo yoqasi C) varrakning dumi D) tog‘ cho‘qqisi 12 / 25 G‘irot oti qaysi doston qahramonining doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi? A) Go‘ro‘g‘li B) Kuntug‘mish C) Ravshan D) Alpomish 13 / 25 Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni “karam” deydilar. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan so‘zlarni aniqlang. A) ey Navoiy, karam B) ey Navoiy, aksincha C) ey, aksincha, karam D) tama qilma, deydilar 14 / 25 Qaysi asarda jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi? A) “Hayotga muhabbat” B) “Padarkush” C) “O‘tkan kunlar” D) “Qorako‘z Majnun” 15 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni aniqlang. U ilonni aldagani uchun, … unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish. A) chunki B) agar C) ya’ni D) balki 16 / 25 Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) nuqtali vergul 17 / 25 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini bevosita tobelantirgan hol ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Bir yo‘l chekkasida yotibman nolon, Chorasiz bo‘lsam-da, men ham tirik jon. B) Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida, Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib. C) Shuni esingdan chiqarma: aql dilning oltin kalitidir. D) Bir kishi umrining so‘ngiga qadar, Yig‘di mol-u dunyo, yig‘di siym-u zar. 18 / 25 Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan? A) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon kishining gapi ko‘p bo‘ladi. B) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. C) Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. D) Kitob mening do‘stim, chunki u – bilim manbayi. 19 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) muolija, mobodo, tamoman B) asqotmoq, o‘g‘irlamoq, ta’ma qilmoq C) taqiqlamoq, xayol, qat’i nazar D) mutaxasis, qutulmoq, tomosha 20 / 25 Har bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin. Yuqoridagi gapda qaysi gap bo‘lak(lar)i uyushgan? A) aniqlovchi B) ega, aniqlovchi C) aniqlovchi, kesim D) ega, kesim 21 / 25 Quyidagi gaplardan qaysi birida yordamchi so‘z turkumining barcha turi ishtirok etgan? A) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldinga siljitolmasdi. B) Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar. C) Ma’naviyat insonga ona suti va ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singadi. D) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. 22 / 25 Qaysi gapda nisbat qo‘shimchasini olgan fe’l yasama otga tobelangan? A) O‘g‘lining muvaffaqiyatidan faxrlangan otaning shodligi cheksiz edi. B) Bu kishi o‘sha tunda o‘zi bilan suhbatlashgan odam ekan. C) Uzoqdan ko‘ringan qumloqlar sahro bag‘rida yastanib yotar edi. D) Kechaga taklif etilgan shoirlar orasidan uni qidirdi, ammo topolmadi. 23 / 25 Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yozib qoldirilgan qaysi maqol turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lib, har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir degan ma’noni anglatadi? A) Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur. B) Uma kelsa, qut kelur. C) Erdam boshi – til. D) Qut belgusi – bilig. 24 / 25 Qaysi gapda ko‘makchi fe’l ish-harakatning davomiyligini bildirib kelgan? A) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. B) Yodgor o‘z yonimda. Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi. C) Qo‘qonga nonushta mahalida kirib keldik. D) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘yib, mehmonlar bilan ko‘risha ketdi. 25 / 25 “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta o‘rin tutadi. B) Go‘ro‘g‘lining ota-onasi – Ravshan va Bibi Hilol bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetishadi. C) Parokanda bo‘layozgan Taka Yovmit elida Ravshanbekning kelishi bilan tub burilishlar sodir bo‘ladi. U el-yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. D) Shohdorxon boshqalarning maslahatiga quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qiladigan, uzoqni ko‘ra olmasligi natijasida ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan shoh. 0% Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz