11-sinf Kimyo olimpiada №3

0

11-sinf Kimyo olimpiada №3

2022-yil 13-oktabr:

2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar!

1 / 25

1. Quyidagi reaksiyalarni tahlil qilib 1 g uran-235 yoqilg‘isidan olinadigan energiyaga teng issiqlik hosil qilish uchun necha tonna ko‘mirni yoqish kerakligini aniqlang. (1 eV = 1,6∙10-19 J)

235U + n = 114Ba + 92Kr + 3n + 200 MeV/(har bir uran-235 yadrosiga) C + O2 = CO2 + 395 kJ/mol

2 / 25

2. 5 g noma’lum metall xlorid kislota eritmasi bilan ta’sirlashganida 2 litr (n.sh.da) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, noma’lum metallni aniqlang.

3 / 25

3. Qaysi birikmalar suvda eritilganda neytral muhit hosil bo‘ladi? 1) kaliy peroksid; 2) natriy nitrat; 3) kalsiy xlorid; 4) litiy sulfat; 5) natriy gidrokarbonat; 6) natriy gidrid.

4 / 25

4. Qaysi birikmalar suvda eritilganda ishqoriy muhit hosil qiladi? 1) natriy; 2) natriy nitrat; 3) kaliy peroksid; 4) litiy xlorid; 5) kaliy sulfat; 6) natriy gidrokarbonat.

5 / 25

5. 2CO(g) + O2(g) ↔ 2CO2(g) ushbu reaksiya bo‘yicha kislorodning sarflanish tezligi 4 mol/litr∙min. 2 litrli idishda shu reaksiya olib borilganda, kislorodning konsentratsiyasi 7 mol/litrdan 2 mol/litrgacha kamaydi. Reaksiyaning sekundlardagi davomiyligini aniqlang.

6 / 25

6. 3p, 3d, 4s va 4p energetik pog`onachalarni elektronlar bilan to`lish ketma-ketligida joylashtiring.

7 / 25

7. Tabiiy litiy ikki barqaror izotop 6Li (7.3%) va 7Li (92.7%) lardan iborat bo`lsa, litiyning atom massasini
aniqlang.

8 / 25

8. Oltingugurtning allotropik ko`rinishlaridan birida (Sx) 8 g oltingugurt na`munasi 2.508·1022 ta molekula
saqlasa, oltingugurt molekulasi formulasini aniqlang.

9 / 25

9. NaOH eritmasi H+, Mg2+ va Al3+ ionlarini saqlagan rangsiz eritmaga tomchilatib qo`shildi. Hosil bo`layotgan cho`kma massasi (Y o`qda) ning sarflangan NaOH eritmasi hajmi (X o`qda) ga bog`liqligi to`g`ri ko`rsatilgan javobni tanlang.

10 / 25

10. Bor modeliga ko’ra vodorod atomidagi elektronning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n – 1,2,3, … va h.k. butun sonlar. Bor modeliga ko’ra elektronni 1-orbitadan (n = 1) 5-orbitaga (n= 5) o’tkazish uchun qancha energiya (eV) talab qilinadi?

11 / 25

11. 1.4 g A metal atmosfera azoti bilan reaksiyaga kirishib (6A + N2 = 2A3N) 2.33 g A3N hosil qilgan bo`lsa, A ni aniqlang.

12 / 25

12. Ma`lum reaksiyaning temperatura koeffisienti 2.5 ga teng. Shu reaksiya temperaturasi 20°C dan 45°C gacha oshirilganda reaksiya tezligi qanday o`zgaradi?

13 / 25

13. 0.1 g natriy gidroksid saqlovchi 1 dm3 eritmaning vodorod ko`rsatkichini (pH) hisoblang. Ishqorni to`liq dissotsiyatsiyalanadi deb qarang.

14 / 25

14. N2 + O2 = 2NO reaksiya uchun to`g`ri reaksiyaga massalar ta`siri qonunini ko`rsating.

15 / 25

15. 10 l gaz 2 l gacha izotermik (T=const) qisilganda bosim 25 kPa bo`ldi. Dastlabki bosimni aniqlang.

16 / 25

16. 2О3(g) → 3О2 (g) reaksiyasida kislorodning hosil bo`lish tezligi 3,0·10-7 mol/(dm3·s). Ozonning sarflanish tezligi qanday mol/(dm3·s)?

17 / 25

17. Berilgan tartibda elemntlarning oxirgi elektroni uchun orbital kvant sonining qiymati qanday o`zgaradi (elementning tartib raqamlari berilgan)? 111→172→33→18 a) ortadi b) kamayadi c) o`zgarmaydi

18 / 25

18. Qaysi qatorda Zn2+ ionining elektron konfiguratsiyasi to’g’ri ko’rsatilgan?

19 / 25

19. DNK yarimkonservativ replikatsiyaga uchraydi, ya`ni har bir zanjir alohida ko`payadi va yangi DNK  molekulasiga aylanadi. Yangi zanjirlarni 14N yoki 15N saqlovchi substartlar ishtirokida hosil qilish mumkin. Tajribada bir zanjiri faqat 14N, ikkinchi zanjiri esa faqat 15N tutuvchi DNK(gibrid DNK) ishlatildi. Gibrid DNK 14N saqlovchi substrat ishtirokida replikatsiya qilindi. Agarda tajriba boshida bitta gibrid DNK molekulasi bo`lgan bo`lsa, 4 ta replikatsiya siklidan so`ng 15N tutadigan ikkizanjirli molekulaning ulushini toping.

20 / 25

20. 1 molekula ozonning (O3) massasini aniqlang.

21 / 25

21. Quyida {A + B = AB} reaksiyaning energetik profili keltirilgan:

22 / 25

22. Quyidagi qatorda kislotalar kuchi oshib borishi ketma-ketligini ko`rsating: ClH2CCOOH, Cl2HCCOOH, Cl3CCOOH

23 / 25

23. A – noma`lum oltingugurt oksidi. Uning 1 g ida 9.406·1021 ta molekula bo`lsa, noma`lum oksidni aniqlang.

24 / 25

24. Quyidagilardan qay biri sis-trans-izomerlarga ega?

25 / 25

25. Quyidagi birikmalardan qay biri piranoza formasida mavjud bo`la olmaydi?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0