Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 137 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Qaysi organizmlarda xorda (a), nerv nayi (b), jabra yoriqlari (c) faqat embrional davrda mavjud bo‘ladi? 1) triton; 2) salamandra; 3) lansetnik; 4) kasatka; 5) oqbiqin delfin; 6) assidiya; 7) so‘fito‘rg‘ay; 8) alligator A) а-3, 6; b-5, 7; с-1, 8 B) а-1, 3; b-7; с-2, 8 C) а-5; b-4, 8; с-5, 7 D) а-1, 7; b-3, 6; с-5, 8 2 / 24 2. O‘simliklarga ziyon keltiruvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni juftlang. 1) tamaki mozaikasi qo‘zg‘atuvchisi; 2) gommoz qo‘zg‘atuvchisi; 3) bo‘rtma nematoda; 4) nozema; 5) vilt qo‘zg‘atuvchisi; 6) qo‘ziqorin; 7) zang zamburug‘i; 8) mikoz qo‘zg‘atuvchisi. A) a-3, 5, 7; b-2 B) a-4, 5, 6; b-2, 8 C) a-5, 6, 7; b-1, 2 D) a-3, 5, 6; b-1, 8 3 / 24 3. Gen mutatsiyasiga xos bo`lmagan xususiyatni ko`rsating. 1.nukleotid izchilligini o`zgarishi 2.xromasomaning bir qismini ortishi 3.gen izchilligini o`zgarishi 4.gen tarkibidagi nukleotidlarning ortishi yoki kamayishi 5.autosoma gen miqdorini ortishi 6.xromasomaning ayrim qismini ortishi A) 1.5 B) 4.6 C) 1.4 D) 2.6 4 / 24 4. Shoxlanmagan(a) va shoxlangan(b) gulpoya ega o`simliklarni aniqlang. 1.yong`oq 2.o`sma 3.sholi 4.bug`doy 5.qamish 6.rediska 7.makkajo`xori A) a-2,3 b-1,7 B) a-2,6 b-3,5 C) a-3,4 b-1,2 D) a-4,5 b-6,7 5 / 24 5. Kakku (a) va salamandra (b) embrional rivojlanish davriga xos ma’lumotlarni aniqlang. 1) urug‘lanish ichki; 2) gastrulatsiya blastulaning qat-qat joylashuvi hisobiga bo‘ladi; 3) 2 marta ekvatorial bo'linishdan so‘ng 64 ta blastomer hosil bo'ladi; 4) urug‘lanish tashqi; 5) 3 marta meridinal bo'linishdan so'ng 16 ta hujayra hosil bo‘ladi; 6) maydalanish blastulaning hosil bo'lishi bilan tugallanadi A) a-1, 2; b-3, 6 B) a-3, 6; b-1, 4 C) a-1, 3; b-4, 5 D) a-1, 5; b-4, 6 6 / 24 6. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni B) o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni C) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni D) aorta qon tomiri - vena qoni, o‘pka arteriyasi - arteriya qoni 7 / 24 7. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 4 8 / 24 8. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol A) I – c, d, e; II – a, b, f B) I – a, d, e; II – b, c, f C) I – a, d, f; II – b, c, e D) I – b, c, f; II – a, d, e 9 / 24 9. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi A) 1 - a, d, f; 2 - c, b, e B) 1 - c, d, e; 2 - a, b, f C) 1 - a; 2 - c, d D) 1 - b; 2 - a, c 10 / 24 10. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. A) 1, 2 B) 3, 5 C) 1, 4 D) 2, 5 11 / 24 11. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi A) I – 4, 6; II – 2, 3 B) I – 3, 6; II – 4, 5 C) I – 3, 5; II – 2, 4 D) I – 1, 4; II – 5, 6 12 / 24 12. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 14 yoki 22 B) 16 yoki 20 C) 11 yoki 7 D) 10 yoki 8 13 / 24 13. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A) zamburug‘larning paydo bo‘lishi; ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi B) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi C) xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi D) jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi 14 / 24 14. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin A) 1, 2, 6, 10 B) 3, 5, 7, 8, 9 C) 4, 5, 7, 9 D) 2, 3, 4, 6, 10 15 / 24 15. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi A) a-2; b-5 B) a-4; b-2 C) a-1; b-4 D) a-3; b-1 16 / 24 16. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) bangidevona, turp, arpa B) lola, boychechak, bug‘doy C) beda, burchoq, loviya D) oddiy jag‘-jag‘, g‘o‘za, karam 17 / 24 17. Oddiy lipidni aniqlang. A) fosfolipid B) mum C) glikoprotein D) glikolipid 18 / 24 18. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 1, 2 B) 3, 5 C) 3, 4 D) 2, 5 19 / 24 19. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan? A) qirg‘ovulning Murg‘ob kenja turi B) tovuqlarning Pervomaysk zoti C) sudralib yuruvchilar sinf D) tovus kaptar 20 / 24 20. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi A) I-2; II-1 B) I-2; II-3 C) I-3; II-2 D) I-1; II-2 21 / 24 21. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. A) 1 − tabiiy holda Neotropik biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – tuyoqli sutemizuvchilar turkumi vakili; 3 − jish bola ochadi B) 1 − tabiiy holda Habashiston biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; 3 − yuragi to‘rt kamerali C) 1 − diafragmaga ega; 2 − oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 3 − yuragi uch kamerali D) 1 − zubr bilan bir turkumga mansub; 2 − diafragma rivojlangan; 3 − bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud 22 / 24 22. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. B) Ushbu oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 25%. C) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. D) Ushbu oilada daltonik qizlarning tug‘ilish ehtimolligi 0%. 23 / 24 23. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka; A) a-1, 7; b-2, 8 B) a-1, 3; b-5, 8 C) a-1, 2; b-4, 8 D) a-3, 6; b-5, 7 24 / 24 24. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi A) a-2, 3; b-4, 6 B) a-1, 5; b-2, 6 C) a-6, 7; b-1, 5 D) a-2, 7; b-3, 5 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz