Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 132 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Pseudomonas va vertitsillium hujayralari uchun umumiy bo‘lmagan tuzilmalarni aniqlang. A) RNK va DNK nukleotidlari B) plazmatik membrana va ATF C) endoplazmatik to‘r va mitotik ip D) ribosoma va hujayra qobig‘i 2 / 24 2. Odam yuragiga xos bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. A) chap qorincha qisqarganda qon o‘pka venasiga chiqadi B) o‘ng bo‘lmacha qisqarganda uch tavaqali klapan ochiladi C) chap bo‘lmacha qisqarganda ikki tavaqali klapan ochiladi D) o‘ng qorincha qisqarganda venoz qon o‘pka arteriyasi chiqadi 3 / 24 3. Oziq zanjirida vidra(yirtqich hayvon),baliq, qisqichbaqasimonla va suv o`tlari bor. 2-chi tartib konsumentlarining biomassasi 320kg bo`lsa, oziq zanjiridagi barcha komponentlari iste`mol qilgan oziqning umumiy biomassasini aniqlang. A) 33552 kg B) 35550kg C) 35552kg D) 31155 kg 4 / 24 4. Ekologik piramidani bug’doy-pashsha-kaltakesak-lochin tashkil etadi. Geterotroflarning umumiy massasi 2442 kg ni tashkil qilsa, produtsent va III darajali konsumentning umumiy biomassasini aniqlang. A) 22220 B) 22022 C) 22222 D) 24442 5 / 24 5. Gen mutatsiyasiga xos bo`lmagan xususiyatni ko`rsating. 1.nukleotid izchilligini o`zgarishi 2.xromasomaning bir qismini ortishi 3.gen izchilligini o`zgarishi 4.gen tarkibidagi nukleotidlarning ortishi yoki kamayishi 5.autosoma gen miqdorini ortishi 6.xromasomaning ayrim qismini ortishi A) 1.5 B) 2.6 C) 1.4 D) 4.6 6 / 24 6. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. B) Ushbu oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 25%. C) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. D) Ushbu oilada daltonik qizlarning tug‘ilish ehtimolligi 0%. 7 / 24 7. Oddiy lipidni aniqlang. A) glikolipid B) fosfolipid C) mum D) glikoprotein 8 / 24 8. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol A) I – b, c, f; II – a, d, e B) I – c, d, e; II – a, b, f C) I – a, d, e; II – b, c, f D) I – a, d, f; II – b, c, e 9 / 24 9. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka; A) a-1, 2; b-4, 8 B) a-3, 6; b-5, 7 C) a-1, 7; b-2, 8 D) a-1, 3; b-5, 8 10 / 24 10. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin A) 4, 5, 7, 9 B) 3, 5, 7, 8, 9 C) 2, 3, 4, 6, 10 D) 1, 2, 6, 10 11 / 24 11. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 1, 2 B) 2, 5 C) 3, 4 D) 3, 5 12 / 24 12. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi A) I – 1, 4; II – 5, 6 B) I – 3, 6; II – 4, 5 C) I – 4, 6; II – 2, 3 D) I – 3, 5; II – 2, 4 13 / 24 13. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi A) a-1, 5; b-2, 6 B) a-6, 7; b-1, 5 C) a-2, 3; b-4, 6 D) a-2, 7; b-3, 5 14 / 24 14. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A) jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi B) xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi C) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi D) zamburug‘larning paydo bo‘lishi; ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi 15 / 24 15. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi A) a-2; b-5 B) a-4; b-2 C) a-3; b-1 D) a-1; b-4 16 / 24 16. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi A) 1 - b; 2 - a, c B) 1 - c, d, e; 2 - a, b, f C) 1 - a; 2 - c, d D) 1 - a, d, f; 2 - c, b, e 17 / 24 17. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. A) 1 − zubr bilan bir turkumga mansub; 2 − diafragma rivojlangan; 3 − bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud B) 1 − tabiiy holda Habashiston biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; 3 − yuragi to‘rt kamerali C) 1 − tabiiy holda Neotropik biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – tuyoqli sutemizuvchilar turkumi vakili; 3 − jish bola ochadi D) 1 − diafragmaga ega; 2 − oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 3 − yuragi uch kamerali 18 / 24 18. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni B) o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni C) o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni D) aorta qon tomiri - vena qoni, o‘pka arteriyasi - arteriya qoni 19 / 24 19. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan? A) tovuqlarning Pervomaysk zoti B) qirg‘ovulning Murg‘ob kenja turi C) tovus kaptar D) sudralib yuruvchilar sinf 20 / 24 20. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 11 yoki 7 B) 10 yoki 8 C) 14 yoki 22 D) 16 yoki 20 21 / 24 21. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) oddiy jag‘-jag‘, g‘o‘za, karam B) beda, burchoq, loviya C) bangidevona, turp, arpa D) lola, boychechak, bug‘doy 22 / 24 22. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 2, 3 23 / 24 23. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi A) I-2; II-3 B) I-3; II-2 C) I-2; II-1 D) I-1; II-2 24 / 24 24. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. A) 1, 4 B) 2, 5 C) 3, 5 D) 1, 2 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz