Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 152 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Qaysi jangdan so‘ng ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oldilar? A) 1240-yilgi Neva jangidan so‘ng B) 1071-yilgi Mansikret jangidan so‘ng C) 1066-yilgi Gastings jangidan so‘ng D) 1242-yilgi Muz ustidagi jangidan so‘ng 2 / 25 2. Ixlosiya madrasasi va Xalosiya xonaqohi…hukmronligi davrida barpo etilgan. A) Sulton Ahmad B) Sulton Ali C) Sulton Mahmud D) Husayn Boyqaro 3 / 25 3. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Munke B) Abulxayrxon C) Tug‘luq Temur D) Kebekxon 4 / 25 4. Toshdan o‘ta oddiy mehnat qurollari yasashni bilgan eng qadimgi odamning suyak qoldiqlari topilgan hududni aniqlang? A) sharqiy va g‘arbiy Afrika B) janubiy va sharqiy Afrika C) g‘arbiy va shimoiy Afrika D) shimoliy va sharqiy Afrika 5 / 25 5. Ispan tarixchisi Pero Meksika tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Amir Temur hikmatlari” B) “Temur tuzuklari” C) “Buyuk Temur tarixi” D) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” 6 / 25 6. O‘rta asrlarda Yevropada shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishidan tashqari qaysi hududlar madaniyati bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi? A) O‘rta Osiyo va Hindiston B) Yunonlar va Arab xalifaligi C) Rim va Vizantiya D) Vizantiya va Arab xalifaligi 7 / 25 7. Eftaliylar davlatida qanday omil mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan? A) Mamlakatda qisman tinchlik o‘rnatilganligi B) Savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil yo‘lga qo‘yilishi C) Hukmron sulola tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida D) Qo‘shni davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari 8 / 25 8. Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi? A) Valiyon qal’asi yonida bo‘lgan jangdan so‘ng B) “Cho‘li Jaloliy” da bo‘lgan jangdan so‘ng C) Sind daryosi bo‘yida bo‘lgan jangdan so‘ng D) Parvon dashtidagi g‘alabadan so‘ng 9 / 25 9. Baqtriyadan tashqari Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga yana qaysi oʻlkalar kirgan? A) Xorazm va Parfiya B) Xorazm va Margʻiyona C) Margʻiyona va Soʻgʻdiyona D) Soʻgʻd va Xorazm 10 / 25 10. Qaysi voqealar Xorazmshohlar va Chingizxon davlatlari o‘rtasida savdo aloqalari hamda elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi? A) Sharqiy Turkistonni Chingizxon tomonidan bosib olinishi B) Chingizxon Sulton Muhammaddan karvonni talagan O‘tror hokimini tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qilganligi C) Chingizxonning Xorazmshohni o‘z og‘li sifatida tilga olishi D) Chingizxon tomonidan jo‘natilgan karvonni talanishi va Chingizxon elchisini Xorazmshoh tomonidan o‘ldirilishi 11 / 25 11. Jaloliddin Manguberdi qaysi davlatlar bilan munosabatni yaxshi o‘rnatib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzadi? A) Ko‘niya, Jazira, Eron B) Turkiya, Eron, Misr C) Tatariston, Ozarbayjon, Gurjiston D) Tabariston, Damashq, Misr 12 / 25 12. Qadimgi hindlarning diniy e’tiqodiga oid quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud? A) Quyosh xudosi osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, yer yuzida qurg‘oqchilik tugadi B) Bosh xudolaridan biri-Ganesha donishmandlik xudosi bo‘lgan C) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur qilganlar D) Buddaviylik dini oldingilaridan insonning mavqei tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog‘liq bo‘lmasligi bilan farqlanadi 13 / 25 13. Ajnabiylar Spartada qanday mavqega ega edi? A) ular spartaliklarga qarindosh bo‘lishgan B) ular mamlakat ishlarida ishtiroki uchun maosh to‘lashgan C) ular aslida spartaliklar bo‘lishsada ulardan qul sifatida foydalanishgan D) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan 14 / 25 14. Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang. A) Yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz hududlariga suzib borishlari; B) Qadimgi Yunonistonning Bolqon yarim oroli va O‘rta yer dengizi hududlarida joylashganligi; C) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlarining mavjudligi. D) O‘rmonlarning kamligi va mamlakatning tog‘lar bilan o‘ralganligi; 15 / 25 15. Shayboniylar davrida oliy hukmdor xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga bo‘lib berishi qanday oqibatlarga olib keldi? 1) markaziy hokimiyatning zaiflashuviga; 2) markaziy hokimiyatning kuchayishiga; 3) viloyat hokimlari hokimiyati kuchayishiga; 4) viloyat hokimlari hokimiyati kuchsizlanishiga; 5) siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga; A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3 16 / 25 16. Quyidagi qaysi shahar savdodan kelgan daromad hisobiga Yevropaning eng boy shahriga aylanadi? A) Florensiya B) London C) Venetsiya D) Rim 17 / 25 17. Qadimgi spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar? 1) hamma amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom; 2) xalqaro savdo yo‘llariga egalik qilish; 3) aniq rejalashtirilgan turmush tarzi; 4) tinimsiz harbiy yurishlarni olib borish; 5) yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo‘ravonlik; 6) mustahkam qal’a va saroylar qurish. A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 2, 3, 6 18 / 25 18. Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o‘rgangan? A) fransuz, ingliz, nemis B) yapon, xitoy, koreys C) turk, arab, fors D) rus, arab, tojik 19 / 25 19. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan? A) shtaufenlar B) frankoniyaliklar C) lyuksemburglar D) saksoniyaliklar 20 / 25 20. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Janubiy Vizantiyada B) Shimoliy Fransiyada C) Janubiy Fransiyada D) Shimoliy Vizantiyada 21 / 25 21. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. B) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. C) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. D) Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, qalb, o‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi. 22 / 25 22. Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi? A) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi B) Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi C) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab- quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planishi D) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi 23 / 25 23. Quyidagilardan noto‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi. B) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi. C) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan. D) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan. 24 / 25 24. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko‘pchiligi qay tarzda tashkil topgan? A) koloniyalarning birlashtirilishi natijasida B) bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo‘li bilan C) koloniyalarning o‘zlashtirilishi natijasida D) uzoq davom etgan qonli urushlardan keyin 25 / 25 25. Oltin O‘rda xonligida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug‘ullangan? A) Xon va ulusbegi, no‘yon B) Bosqoq, vazir, no‘yon C) Bosqoq, no‘yon, ulusbegi D) Xon, xonning yaqin maslahatchilari, beklarbegi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz