Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 111 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 O‘rta asrlarda inkvizitsiya faoliyati, ayniqsa, qaysi o‘lkada keng tus olgan? A) Italiya B) Polsha C) Fransiya D) Ispaniya 2 / 24 XVII asrning II yarmida Germaniyaga dushmanlik kayfiyati bilan qarovchi davlatlarni toping. 1.Fransiya 2.Turkiya 3.Angliya 4Shvetsiya 5.Rossiya A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,4,5 D) 1,2,5 3 / 24 O‘rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj viloyatlar orasidagi feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi? A) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish B) yangi tabaqalar shakllanishi C) mehnat taqsimoti D) kuchli qirol hokimiyatiga bo‘lgan ehtiyoj 4 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Braziliya B) Argentina C) Meksika D) Peru 5 / 24 Quyidagilardan qaysi biri Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kirmaydi? A) “Habib us-siyar” B) “Tarixi jahonkusho” C) “Al-Komil fit-tarix” D) “Ravzat us-safo” 6 / 24 Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi qaratilgan qo‘zg‘olon nomini aniqlang? A) Abruy qo‘zg‘oloni B) Sipohiylar qo‘zg‘oloni C) Bobiylar qo‘zg‘oloni D) Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni 7 / 24 Amir Temur quyidagi qaysi ilmlardan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. A) Kartografiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix B) Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix C) Fiqh, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix D) Astranomiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix 8 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi B) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti C) Islom dining qabul qilinishi D) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi 9 / 24 XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining janubiy chegaralari qaysi tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olgan? A) Sho‘g‘non, Darvoz, Vaxsh, O‘sh B) Vaxsh, Hisor, Darvoz, Qorategin C) Panj, Ko‘lob, O‘zgan, Sho‘g‘non D) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non 10 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; B) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; C) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; D) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; 11 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. B) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. C) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. D) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. 12 / 24 Kimlar Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan? A) xorazmlik jangchilar B) so‘g‘d va massaget suvoriylari C) sak va massaget piyodalari D) sak va baqtriya suvoriylari 13 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi B) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi C) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi D) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi 14 / 24 Toshkentda yuz bergan “Vabo isyoni”dan so‘ng “Favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi? A) shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘i yoki uyezd qo‘mondoni B) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib C) viloyat harbiy gubernatori va volostnoy D) Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va Duma 15 / 24 Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari qaysi sohalarda paydo bo‘ldi? A) baliq va go‘sht sanoati B) teriga ishlov berish va tog‘-kon sanoati C) yog‘-moy va paxtachilik sanoati D) paxta tozalash va baliqchilik sanoati 16 / 24 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya qanday ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi? A) yalpi ichki mahsulot hajmi B) neft mahsulotlari importi C) chetga kapital chiqarish D) yengil avtomabil eksporti 17 / 24 Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b) tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 2) Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar; 3) Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar; 4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan; 5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar; 6) X asrning birinchi choragida shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan A) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 B) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 C) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 D) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 18 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri B) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri C) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri D) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri 19 / 24 Dehli sultonligiga shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini bergan omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Kuchli va intizomli qo‘shin bo‘lishi B) Harbiylar, qo‘shin boshliqlari noiblikka tayinlanishi C) Butun mamlakat hududida musulmonlar hokimiyati o‘rnatilishi D) Mamlakatning markazlashuvi 20 / 24 Xorazm qaysi hududlar bilan diplomatik aloqa olib borgan? A) Rim imperiyasi va saljuqiylar bilan B) Arablar va yahudiylar bilan C) Vizantiya va turklar bilan D) Kushon podsholigi va qang‘lar bilan 21 / 24 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misrni birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerda mag‘lubiyatga uchraydi? A) Basra B) Arzinjon C) Marog‘a D) Garni 22 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a 23 / 24 Qaysi davlat sut va sut mahsulotlari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi? A) Estoniya B) Belorussiya C) Ukraina D) Moldaviya 24 / 24 Turkiston ASSRda ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi qachon tuzildi? A) 1919-yil 27-mart B) 1918-yil 20-noyabr C) 1918-yil 25-iyun D) 1918-yil 22-noyabr 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz