Fizika attestatsiya №11

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №11

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Aylana bo'ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanayotgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligi va to'liq tezlanishi orasidagi burchak qanday?

2 / 40

2. FIK i 80% va motorining quvvati 1,5 kW bo’lgan kran 0,1 m/s o’zgarmas tezlik bilan qancha (t) massali yukni ko’tara oladi? g=10 m/s².

3 / 40

3. Mototsikl sirk arenasida 25 m diametrli aylana bo‘ylab 45 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Agar mototsiklga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 2,5 kN bo‘lsa, mototsikl bilan haydovchining birgalikdagi massasi qancha bo‘ladi (kg)?

4 / 40

4. Harakat tenglamalari X1=10t va X2=50-10t bo‘lgan ikkita jism qancha vaqtdan keyin uchrashadilar?

5 / 40

5. Psixrometrning quruq termometri ko’rsatishi o’zgarmasdan nam termometr ko’rsatishi pasaysa, nisbiy namlik qanday o’zgaradi?

6 / 40

6. Rasmda ikkita ingichka va cheksiz uzun o`tkazgichlar tasvirlangan. I tok o`tayotgan o`tkazgichning A nuqtada hosil qilgan magnit maydon induksiyasi B ga teng bo`lsa, shu nuqtadagi natijaviy magnit maydon induksiyasi nimaga teng?

7 / 40

7. Moddiy nuqta yo’lning birinchi 4 km ini 2 km/h tezlik bilan, qolgan 1 h da esa 2,5 km/h tezlik bilan harakatlansa, uning boshlang’ich 2h dagi o’rtacha tezligini toping ( km/h )?

8 / 40

8. Ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan manbaning FIK 20 % ga teng bo‘lsa, u qanday qarshilikli (Ω) iste’molchiga ulangan?

9 / 40

9. Gorizontal tekislikda tinch yotgan jismga nechta kuch ta’sir qiladi?

10 / 40

10. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

11 / 40

11. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

12 / 40

12. Katodga 3 s davomida kelgan ionlaming umumiy zaryadi 9 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi?

13 / 40

13. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h).

14 / 40

14. Gaz 27° С dan 57° С gacha isitilgan. Agar bosim o‘zgarmagan bo‘lsa, gaz hajmi necha protsent ortgan?

15 / 40

15. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,5 kN tortish kuchi, 500 N ishqalanish kuchi va havoning 200 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng?

16 / 40

16. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi?

17 / 40

17. Elektr zaryadlari о‘tkazgichning qayerida to‘planadi?

18 / 40

18. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing.

19 / 40

19. Bir xil hajmli havo sharlariga teng miqdorda vodorod, azot va geliy gazlari qamaldi. Qaysi gaz solingan sharning ko’tarish kuchi eng katta?

20 / 40

20. Qarshiligi 15Ω  bo‘lgan reostat tayyorlash uchun ko‘ndalang kesimi 1,25 mm²  bo‘lgan nikelin simdan necha kilogramm olish kerak? (Nikelin simning zichligi 8,8 g/sm³ , solishtirma qarshiligi 0,4Ω•mm²/m ).

21 / 40

21. 1,2 kg massali jism aylana bo’ylab 5 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Jism 90° ga burilganda uning impulsi qanday o’zgaradi (kg·m/s)?

22 / 40

22. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2.

23 / 40

23. Burchak tezlanish bilan chiziqli tezlik orasidagi burchak qancha gradus?

24 / 40

24. To`lqin uzunligi 700 nm bo`lgan yorug`lik vakuumdan muhitga o`tganda uning tezligi 20% ga kamaygan bo`lsa, yorug`likning shu muhitdagi to`lqin uzunligini (nm) aniqlang.

25 / 40

25. Ipga osilgan po‘lat sharcha ostiga kuchli magnit joylashtirilsa, sharchaning tebranish chastotasi qanday o‘zgaradi?

26 / 40

26. Elektron atomni ionlashi uchun kamida qanday tezlikka (Mm/s) ega bo`lishi kerak? Atomning ionizatsiya energiyasi 0,392 •10-17    J. Elektron massasi 9,1• 10-31   kg.

27 / 40

27. Tebranish konturi sig`imi 0,5 F bo`lgan kondensator va induktivligi 5 mH bo`lgan g`altakdan iborat. Agar kondensatordagi kuchlanishning maksimal qiymati 9V bo`lsa, konturdagi tok kuchining amplituda qiymati necha  mA  ga teng bo`ladi?

28 / 40

28. Oq yorug’lik bilan qizil, sariq, yashil, ko‘k rangdagi shishalarning qaysi biri yoritilganda, o’tgan nur fotonining impulsi eng kichik bo’ladi?

29 / 40

29. Bikrliklari 0,5 va 1 kN/m bo'lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Agar kuch ta ’sirida 1-prujina 2 sm uzaygan bo’lsa, 2-prujina necha sm uzaygan?

30 / 40

30. Agar 1000kg massali kubning qirrasi uch marta orttirilsa, uning massasi (t) qancha bo'ladi?

31 / 40

31. Nomlari quyida zikr etilgan asboblarning qaysilari oq yorug’likni tarkibiy qismlarga (spektrga) ajratish uchun xizmat qiladi: 1) yassi ko'zgu; 2) yig'uvchi yupqa linza; 3) difraksion panjara; 4) shaffof uch yoqli prizma?

32 / 40

32. Moddiy nuqta tezligining vaqtga bog'lanishi υ=5+4t (m/s) ko'rinishga ega. Vaqtning birinchi sekundida bosib o'tilgan yo'lni (m) aniqlang.

33 / 40

33. Magnit  maydon   induksiyasi 50 mTl  bo’lgan  g'altakning  magnit  maydon energiya zichligini toping (J/m3).

μ= 45 . μ0=4π·10-7 H/m

34 / 40

34. Normal sharoitda vodorod zichligi 0,09 kg/m³  ekanligi o‘lchandi. Shu sharoitda kripton (M=84 g/mol) zichligi (kg/m³ ) qanday bo`ladi?

35 / 40

35. Agar jism yo'lning 1- yarmini 20 s da, 2-yarmini esa 10 s da o'tgan bo'lsa, uning o'rtacha tezligi necha m/s? Yo'l 240 metrga teng.

36 / 40

36. Bir soatda dvigatel 20 kg dizel yonilg'isi sarflaydi. Dvigatelning mexanik quvvati 75 kW bo'lsa, uning FIK necha foiz? Dizel yonilg'isining solishtirma yonish issiqligi 42 MJ/kg.

37 / 40

37. Radiolampada elektronning katod yaqinidagi tezligi 0 ga, anod yaqinidagi tezligi 0,2 Mm/s ga teng. Elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo`lsa, elektronlar qanday tezlanish (m/s ) bilan harakat qiladi?

38 / 40

38. Radioaktiv yadroning yarim yemirilish davri 3 sutkaga teng bo`lsa, 6 sutkadan so`ng yemirilmay qolgan yadrolar necha foizni tashkil etadi ?

39 / 40

39. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng.

40 / 40

40. Ikkita elementar zarracha bir nuqtadan chiqib, shu nuqtaga nisbatan biri 0,4c, ikkinchisi 0,5c tezliklar bilan qarama-qarshi tomonga uchib ketdi. Zarrachalarning bir-biriga nisbatan tezligini toping.  c-- yorug`likning vakuumdagi tezligi.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0