Uy » Attestatsiya testlar » Biologiya attestatsiya » Biologiya attestatsiya №12 Biologiya attestatsiya Biologiya attestatsiya №12 InfoMaster Avgust 10, 2022 383 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0% 6 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Biologiya fanidan attestatsiya savollari №12 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Moddalar almashinuvi tashqi muhit va qaysi birlik o'rtasida sodir boladi? A) Molekula B) Organizm C) Hujayra D) to’g’ri javob berilmagan 2 / 40 2. Quyidagi AaBbCc genotipga ega boʻlgan organizm necha tipdagi gametalarni hosil qilishini belgilang A) 3 B) 8 C) 2 D) 4 3 / 40 3. So‘rg‘ichlilar sinfiga mansub jigar qurtining hayot siklida 3 va 5 raqamlarga muvofiq ravishda mos keladigan bosqichlar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? Urug'langan tuxum - tashqi muhitdagi tuxum -3 - oraliq xo‘jayin tanasidagi lichinka - 5 -sista - asosiy xo‘jayin tanasidagi lichinka - voyaga yetgan jigar qurti A) 3 - kiprikli lichinka; 5 - finna B) 3 - dumli lichinka; 5 - asosiy xo‘jayin tanasidagi lichinka C) 3 - kiprikli lichinka; 5 - dumli lichinka D) 3 - finna; 5 - asosiy xo‘jayin tanasidagi lichinka 4 / 40 4. O’simliklar ontogonezining ko’payish (a) va yoshlik (b) davri kuzatiladigan jarayonlar to’g’ri berilgan javobni aniqlang. 1.o’simlik quriydi; 2.gul hosil bo’ladi; 3.urug’ hosil bo’ladi; 4.urug’ unib chiqadi; 5.ildiz shakllanadi; 6.gul kurtagi hosil bo’ladi. 7.barg shakllanadi; 8. meva hosil bo’ladi; 9.ontonogenez yakunlanadi; 10.poya shakllanadi. A) a-2,5,7,8; b-4,7,10 B) a-2,3,8; b-4,5,6,7,10 C) a-4,5,7,6,10; b-2,8,3 D) a-4,8,5,6,7,10; b-2,3 5 / 40 5. Qachon qonda kalsiy miqdori kamayib, nerv-muskul qo‘zg‘aluvchanligi ortadi, A) paratgormon ko‘p ishlab chiqarila boshlasa B) qalqonsim bezi funksyasi kuchaysa C) paratgarmon kamayib ketsa D) Qalqonoldi bezi funksiyasi pasayganida 6 / 40 6. Kamola o’pkasining tiriklik sig’imi 3500 ml ga teng bo’lsa, uning nafas olish sistemasi haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) ko’krak qafasi kengayganda tashqi qovurg’alararo va diafragma muskullari bo’shashgan holatda bo’ladi B) qorin va ichki qovurg’alararo muskullar qisqarganida ko’krak qafasining hajmi kichrayadi C) ko’krak qafasi hajmining torayishi tashqi qovurg’alararo va diafragma muskullarining qisqarisho orqali ta’minlanadi D) ichki qovurg’alararo va qorin muskullari qisqarganda ko’krak qafasi kengayadi 7 / 40 7. Xaltaga ega ammo xaltalilar kenja sinfiga mansub bo`lmagan, modda almashinuvi jadal bormaydigan organizmni aniqlang. A) dengiz toychasi B) xaltali krot C) yirik letyaga D) yexidna 8 / 40 8. Qaysi javobda faqat bitta to’qimaga xos hujayralar berilgan? A) kambiy, xlorenxima, meristema; B) elaksimon nay, traxeid; C) lub parenximasi, lub tolasi; D) po’kak; epiderma, sklerid; 9 / 40 9. Oqquray o‘simligiga xos belgilarni aniqlang. 1)burchoqdoshlar oilasi vakili; 2)gullari, to`g`ri; 3)gullari shamol yordamida changlanadi; 4) barglaripoyada qarama- qarshi joylashgan; 5)mevasi dukkak; 6)gullari qiyshiq; 7)barglari yonbargchali A) 2,3,5,6 B) 1,4,5,6 C) 1,5,6,7 D) 2,4,5,7 10 / 40 10. Qashqarbeda va sebarga uchun umumiy bo’lmagan javobni ko’rsating. A) meva pallalarining orasida to’siq yo’q. magnoliyasimon B) barglari poyada ketma-ket o’rnashgan uzun bandli C) guli qiyshiq, murakkab bargli D) gullari poyada uzun bandi bilan ketma-ket birikkan to’pgul hosil qiladi. 11 / 40 11. Quyida berilganlardan chuchuk suv shillig'i haqidagi to'g'ri fikrlarni aniqlang. 1)qorinoyoqlilar sinfi, bo'g'imoyoqlilar tipiga. mansub; 2)yopiq qon aylanish sistemasiga ega; 3)yuragi bo'lmacha va qorinchadan iborat, tananing orqa tomonida joylashgan; 4) yurak bo'lmachasiga arterial qon quyiladi; 5) ayirish organining bir uchi berk; 6) jigari hazm shirasi ishlab chiqaradi. A) 1 ,2, 5 B) 1, 4, 6 C) 3 ,4, 6 D) 2,3,5 12 / 40 12. Urug`kurtakka ega bo`lmagan o`simliklarni aniqlang. 1.kalamit 2.pixta 3.fillafora 4.porfira 5.kordoit 6. laminariya A) 2.6 B) 2.5 C) 3.4 D) 1.5 13 / 40 13. Barg shakli ikki xil marfologik tuzilishga ega sporali o`simliklar keltirilgan javobni aniqlang. 1)suv nilufari ; 2) suv yong`og`i ; 3) suv qirqulog`i; 4) suv qaroqchisi; 5)dala qirqbo`g`im; 6) funariya yo`sini; 7) zuxrasoch A) 5.6 B) 3,4,7 C) 3.5 D) 1.2 14 / 40 14. Hidni yahshi sezuvchi hayvonlarni aniqlang. 1.daryo qisqichbaqasi 2.kana 3.baqachanoq 4. bronza qo`ng`izini erkagi 5. bronza qo`ng`izini urg`ochisi 6.maxaonni erkagi 7.maxaonni urg`ochisi 8.yomg`ir chuvalchangi A) 1,2,4,6 B) 2,4,5,7,3 C) 2,5,7,8 D) 1,2,4,5,7,8 15 / 40 15. Issiqqonli organizmlarni ajrating. 1) kondor; 2) kabarga; 3) kallima; 4) kuropatka; 5) povituxa; 6)ko'lbuqa; 7) sargan; 8) kvaksha; 9) qiloyoq; 10) iguana. A) 1, 2, 4, 6, 9 B) 1, 4, 5, 7, 9 C) 3, 5, 7, 8, 10 D) 1, 2, 3, 6, 8 16 / 40 16. Qora dengizda uchramaydigan hayvon turini aniqang. A) lansetnik B) qilquyruq C) dengiz likopchasi D) ildizog’iz 17 / 40 17. Tanasi har xil darajada bo‘limlarga bo‘lingan hayvonlar sinfi uchun xos bo‘lmagan (a) va xos bo‘lgan (b) xususiyatlarni aniqlang. 1)yuragi qorin qismida joylashgan; 2)muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat; 3)qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan; 4)tanasi 1000 tagacha bo‘g‘imlarga bo‘lingan; 5)postembrional rivojlanishda metamorfoz kuzatilmaydi; 6)ingichka naysimon nafas olish a’zosi mavjud; 7)har bir bo‘g‘imida bir juftdan qorinoyoqlari bor; 8)tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub; 9)terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi; 10)shakli uzun yassi tasmaga o‘xshash; 11)ayirish a’zosi tuzilishi yomg‘ir chuvalchangiga o‘xshash A) a-3,7,2,11; b-1,8,10,5 B) a-8,9,4,10; b-3,6,5,11 C) a-4,3,6,11; b-1,7,9,10 D) a-4,7,9,10; b-1,3,6,11 18 / 40 18. Quyidagi baliqning qon aylanishi tasvirlangan rasmdagi 5-raqamdagi baliq organini aniqlang? A) orqa aorta B) arteriya C) jabra kapilyari D) qorin aorta 19 / 40 19. Quyidagi atamalar qaysi sistematik birliklarni ifodalaydi? 1) lolasimonlar; 2) loladoshlar; 3) laminariya; 4) piyozdoshlar; 5) lola; 6) magnoliyasimonlar; 7) bir urug’ pallalilar; a-sinf; b-oila; c-turkum A) a - 4, 7; b - 2, 3, 5; с - 1, 6 B) a - 1, 4, 6; b - 2, 7; с - 3, 5 C) a - 1, 6, 7; b - 2, 4; с - 3, 5 D) a - 1, 3, 6; b - 2, 5; с - 4, 5 20 / 40 20. Qaysi hayvonlar tipidan tibbiyotda qon tomiri kasalliklarini davolashda foydalaniladi? A) ko'p tuklilar B) halqali chuvalchanglar C) yassi chuvalchanglar D) zuluklar 21 / 40 21. Og‘iz apparati kemiruvchi (1), kemiruvchi-so‘ruvchi (2)va sanchib-so'ruvchi (3) tipda bo‘lgan bo‘g‘imoyoqlilarni aniqlang. a-eshiktervatar; b-chigirtka; c-ishchi asalari; d-uy pashshasi; e-kana. A) 1-a, b; 2-c; 3-e B) 1-a, b; 2-d; 3-е, с C) 1-e; 2-a, b; 3-c D) 1-a, b; 2-d; 3-e 22 / 40 22. Zog’ara baliq va odam skeletining farq qiluvchi jahatlarini aniqlang. 1) kamar suyaklari mavjud 2) umurtqa pog’anasi kalla suyagi bilan harakatchan qo’shilgan 3) miya qutisi bosh miyani himoya qiladi 4) jag’ va tishlari og’iz bo’shlig’ini o’rab turadi 5) skeleti suyak va tog’aydan iborat 6) barcha qovurg’alarning ikkinchi uchi qorin muskullari orasida yotadi 7) skelet ichki a’zolarni himoya qiladi 8) qovurg’alar umurtqa pog’anasi bva to’sh suyagiga birikadi A) 2,4,7 B) 2,6,8 C) 1,3,7 D) 4,5,6 23 / 40 23. Quyidagi ko’krak qafasining rasmidan faqat chin qovurg’a tartib raqamlarini aniqlang? A) 3,5,7 B) 8,9,10 C) 3,4,10 D) 11.12 24 / 40 24. Lama vikunyaning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) o’pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni B) aorta qon tomiri - vena qoni; o’pka arteriyasi - arteriya qoni C) o’pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni D) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o’pka arteriyasi - vena qoni 25 / 40 25. Qubba (a) sporangiy (b) va meva (c) kabi organlargga ega bo`lgan o`simliklar mos holatda to`gri juftlangan javobni toping. 1) sekvoyadendron 2) buldenej 3) psilofit 4) eman 5) magnoliya 6) qarag`ay 7) olg`I 8)sharq sauri 9) sershox qirqbo`g`im 10) ginko biloba 11) zuxrasoch 12) albitsiya A) a-1,3,4,6,10 b-9,11, c-2,5,7,8,12 B) a-6,8,10 b-1,3,9 c-2,4,5,7,11,12 C) a-1,6,8,10 b-3,9,11 c-2,4,5,7,12 D) a-1,6,8,12, b-9,11 c-2,4,5, 7,11 26 / 40 26. Qaysi parazit chuvalchang bilan zararlangan odam parazitni tarqatuvchisi bo’lmaydi. 1) jigar qurti 2) qoramol tasmasimon 3) askarida 4) rishta 5) bollar gijjasi 6) exinokokk 7) cho’chqa tasmasimon A) 2,4,6 B) 1,3,7 C) 2,6,7 D) 1,3,5 27 / 40 27. Ulotriksning funariyadan farqini aniqlang. 1) rizoidning mavjudligi; 2) jinssiz usulda ko'payishi; 3) fotosintez jarayonining xromatoforada kechishi; 4) ko‘p hujayradan iborat arxegoniyda bitta tuxum hujayraning yetilishi; 5) tuban o‘simliklarga mansubligi; 6) o'tkazuvchi sistemaga ega emasligi; 7) jinsiy yo‘l bilan ko'payishi; 8) urug'lanishning suvda kechishi. A) 5, 7, 8 B) 4, 8 C) 3, 5 D) 1, 2, 6 28 / 40 28. Qaysi to’pgullarning gulpoyasida gullar bandsiz joylashgan. 1) shingil 2) so’ta 3) savatcha 4) kuchala 5) kallakcha 6) boshoq 7) qalqoncha 8) soyabon A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,2,3 D) 5,7,8 29 / 40 29. Virus (I), bakteriya (II), zamburug' (Ill)lar qo'zg'atuvchi kasalliklarni aniqlang. 1)quturish; 2)qizilcha; 3)o'lat; 4)kuydirgi; 5)vilt; 6)zang kasalligi A) 1-3, 4; 11-4, 6,111-1, 2 B) 1-4, 6; II-l, 2; III-3, 5 C) 1-1, 2; II-3, 5; III-4, 6 D) 1-1, 2; II-3, 4; III-5, 6 30 / 40 30. Qovoq mevaga ega o’simliklarning poyasiga xos xususiyat. A) chirmashib o’suvchi B) jingalak hosil qilishi C) yoyilib o’suvchi D) floema qavati yaxshi rivojlanmagan 31 / 40 31. Tobulg’i va kamxastak o’simligi qaysi oilaga mansub? A) qoqio’tdoshlar B) gulxayridoshlar C) ituzumdoshlar D) ra’nodoshlar 32 / 40 32. Changchili to’pgulining gulpoyasi osilib turuvchi (a) va changchilari to’pgulidan osilib turuvchi (b) o’simliklarni aniqlang. 1) tol 2) zubturum 3) oq qayin 4) tut 5) bug’doy 6) bug’doyiq A) a-1,3 b-5 B) a-4,5 b-1 C) a-2,6 b-3 D) a-3,4 b-6 33 / 40 33. Kamar suyaklari 8 ta (a), 9 ta (b), 10 ta (c), 12 (d) suyaklardan iborat organizmlarni ko’rsating. 1-kojan 2-giyena 3-povituxa 4-sezarka 5-skuns 6- kvaksha 7-qiloyoq 8-kapachi 9-dingo 10-triton. A) a-9; b-3,6,10; c-1,2,5,7; d-4,8 B) a-2,9; b-3,6,10; c-1,5,7; d-4,8 C) b-3,6,10; c-1,2,5,7,9; d-4,8 D) a-2,9; b-3,6; c-1,5,7; d-4,8,10 34 / 40 34. Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada joylashgan bo‘lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota ota- onadan tug‘ilgan ikki belgi bo‘yicha kasal farzandlarni hisobga olmaganda, ikki belgisi bo‘yicha sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang. A) 50% B) 20% C) 40% D) 60% 35 / 40 35. Quyidagi qaysi organizmlarda ichki urug'lanish kuzatiladi? 1) gambuziya; 2) povituxa; 3) ko'lbuqa; 4) bog‘ moyqurti; 5) kvaksha; 6) kabarga; 7) semga; 8) qizilto'sh; 9) sarisor; 10) sargan. A) 1, 2, 5, 7, 10 B) 2, 3, 5, 8, 10 C) 1, 4, 6, 7, 9 D) 3, 4, 6, 8, 9 36 / 40 36. Qutb meduzasi uchun xos bo‘lmagan xususiyatlarni belgilang. 1) shakli soyabonga o'xshaydi; 2) tanasi qalin mantiya bilan o'ralgan; 3) konsument organizm; 4) baliqlar bilan oziqlanadi; 5) paypaslagichlarida ko'plab so‘rg‘ichlari joylashgan; 6) ektoderma qavatida otuvchi hujayralari mavjud; 7) oziq zanjiri zvenosi; 8) jabrasi bilan nal'as oladi. A) 3, 5, 7 B) 2, 5, 8 C) 1, 3, 6, 7 D) 2, 4, 6, 8 37 / 40 37. Drozofila pashshasi tanasining kulrang bo’lishi qora bo’lishi ustidan, qanotining uzun bo’lishi kalta bo’lishi ustidan dominantlik qilib, bitta autosomada xromosomada joylashadi. Ko’zining qizil bo’lishi oq bo’lishi ustidan dominantlik qilib, jinsiy xromosomada joylashadi. Shunga ko’ra digeterozigota (ushbu dominant genlarni faqat otasidan olgan ) kulrang tanali, normal qanotli, oq ko’zli urg’ochi pashsha va tanasi qora va kalta qanotli, qizil ko’zli erkak pashshalar chatishtirilgan bo’lsa, avlodning necha %ni fenotipini genotipiga qarab aniqlash mumkin? (krossengover 17%) A) 25 B) 41.5 C) 20.75 D) 4.25 38 / 40 38. Quydagi jadvaldan foydalanib, X va Z ayirmasini toping. A) 100 B) 150 C) 50 D) 200 39 / 40 39. Eshakqurt va yomg‘ir chuvalchangining o‘xshashligi . 1.ochiq qon aylanish sistemasi 2. ikki uchi ochiq ayirish sistemasi 3. o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi 4. suv havzalarini tozalashda oshtirok etishi 5. tuproqni yumshatishi 6. biogumus olinishi 7. tana bo‘shlig‘iga ega 8. oqish yurak A) 1,3,4,7 B) 1,3,5, C) 2,3,5,7 D) 3,5,7 40 / 40 40. Maral va hakkaning ovqat hazm qilish sistemasidagi o‘xshashlik (a) va farqlarni (b) belgilang. 1) oshqozoni ikki bo‘lmali; 2) ovqat ichakda hazm bo‘ladi; 3) qizilo‘ngachning keyingi qismi kengayib jig‘ildonni hosil qiladi; 4) ichagi kloakaga ochiladi; 5) hazm bo‘lgan ovqatdan ajralgan energiyaning ma’lum bir qismi tana haroratini doimiy saqlash uchun sarflanadi; 6) og‘iz bo‘shlig‘ida ixtisoslashgan tishlar mavjud A) a-1, 5; b-2, 6 B) a-2, 4; b-1, 5 C) a-2, 5; b-4, 6 D) a-1, 3; b-2, 6 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz