11-sinf Fizika olimpiada №2

0

11-sinf Fizika olimpiada №2

2019-yil  tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Rasmdagi kvadratlarning tomoni 1 sm ga teng. q zaryad 18-nuqtada joylashgan bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganliklari nisbati E9/E30 nimaga teng?

2 / 25

2. Yuk osilgan purjinaning tebranish davri T ga teng. Agar prujinani ikki buklab, o`sha yuk osilsa, uning tebranish davri qanday bo’ladi?

3 / 25

3. Gaz  PV²=const tenglamaga muvofiq siqilmoqda.  Bunda uning temperaturasi qanday o‘zgaradi?

4 / 25

4. Ikkita bir xil spiral 5 V li o’zgarmas kuchlanish tarmog’iga ketma-ket ulangan. Agar birinchi spiralning uzunligi 1,5 marta qisqartirilsa, uning uchlaridagi potensiallar farqi necha voltga teng bo’ladi?

5 / 25

5. Tekis harakatlanib tushayotgan aerostat xuddi shunday tezlikda yuqoriga ko'tarila boshlashi uchun, aerostatdan qancha og’irlikdagi ballastni (yukni) tashlab yuborish kerak?(kg) Aerostatning ballast bilan birga og’irligi 16 kN, yuqoriga ko'rsatuvchi kuchi 12 kN. Yuqoriga ko'tarilishda va tushishida havoning qarshilik kuchi birday hisoblansin.

6 / 25

6. Doimiy tok manbaiga ulangan yassi havo kondensatorining plastinkalari orasi dielektrik singdiruvchanligi Ԑ=10 bo`lgan muhit bilan to`ldirildi. Bunda plastinkalar orasidagi ta’sir kuchi qanday o`zgaradi?

7 / 25

7. Oyning siderik davri qancha?

8 / 25

8. Zaryadlangan shar sirtidan uning radiusiga teng masofaga uzoqlashilsa, elektr maydon potensiali qanday o’zgaradi?

9 / 25

9. O’zgarmas tok manbaiga ulangan yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa 2 marta kamaytirilsa, elektr maydon energiyasi o’zgaradimi?

10 / 25

10. R radiusli metal shar bir jinsli hajmiy zaryadga ega. Quyidagi qaysi grafik sharning elektr maydon kuchlanganligining masofaga bog’liqligini ifodalaydi?

11 / 25

11. Mutlaq silliq stolda M=10 kg massali taxta, taxtada esa m=4 kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti μ=0,2. Taxtachaga F=10 N gorizontal kuch qo‘yilgan. Taxta qanday tezlanish (m/s2) bilan harakatlanishini aniqlang.

12 / 25

12. Shishadan fokus masofasi 20 sm bo‘lgan qavariqlinza tayyorlandi. Linzaning egrilik radiuslariteng. Shishaning nur sindirish ko‘rsatkichi 1,5ga teng bo‘lsa egrilik radiusini (sm) toping.

13 / 25

13. 0,02 lm yorug’lik oqimi yuzi 5 sm2 bo’lgan sirtga perpendikular tushmoqda. Sirtning yoritilganligi qanday?

14 / 25

14. Metropoliten ikki stansiyasining oralig’i 1,5 km. Poyezd bu masofaning birinchi yarmida tekis tezlanuvchan, qolgan ikkinchi yarmida tekis sekinlanuvchan harakat qiladi. Poyezdning maksimal tezligi 50 km/soat ga teng. Bu tezlanuvchan va sekinlanuvchan harakatning tezlanishlarini modul jihatdan teng bo`lsa,poyezdning ikki stansiya orasidagi harakat vaqti topilsin.(min)

15 / 25

15. 5 sm radiusli va 104 V potensialgacha zaryadlangan shar radiusi 3 sm li zaryadsiz shar bilan sim orqali tutashtirilgandan keyin sharlar potensiallari hisoblab topilsin.

16 / 25

16. Bo`ylama to`lqinda muhit zarrachalari qanday yo`nalishda tebranadilar?

17 / 25

17. Quyidagi moddalardan qaysi birining elektr o’tkazuvchanligi eng kichik?

18 / 25

18. Kir yuvish mashinasining 40 sm diametrli bakiga sovunli suv quyilgan (σ=40 MN/m). Bu suv sirt qatlamining  energiyasini aniqlang.(mJ)

19 / 25

19. υ=600 m/sek tezlik bilan uchayotgan m=4,65·10-26 kg massali molekula normalga nisbatan idish devoriga 600 burchakda uriladi va shunday burchakda tezligini o'zgartmay elastik qaytadi. Urilish vaqtida idish devoriga berilgan kuch impulsi topilsin

20 / 25

20. Bir xil temperaturada turgan geliy (v₁), neon  (v₂ ) va argon (v₃) gazlari atomlarining issiqlik harakati o‘rtacha kvadratik tezliklarini  taqqoslang. Ularning nisbiy atom massalari quyidagicha: geliyniki - 4 m.a.b., neonniki -  20 m.a.b. va argonniki - 40 m.a.b.

21 / 25

21. Oydagi portlash yerda eshitlishi mumkinki?

22 / 25

22. Aylanma harakat qilayotgan g’ildirak gardishi nuqtasining υ1 chiziqli tezligi gardishdan o’qqa 5 sm yaqin bo’lgan nuqtasining υ2 chiziqli tezligidan 2,5 marta katta bo’lsa, g’ildirakning radiusi topilsin. (cm)

23 / 25

23. Jism  h=19,6 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tushmoqda. Jism o'z harakatining oxirgi 0,1 sekundda qanch yo`l o`tadi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.

24 / 25

24. Bir atomli 1 mol gaz izobarik kengayganda160 J ish bajaradi va temperaturasi 100C gaortadi. Gazga qancha issiqlik miqdori (J)berilgan?

25 / 25

25. Idishdagi gazning hajmi o‘zgarmas temperaturada 5% ga kamayishi uchun gaz bosimini necha foizga orttirish kerak?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

203 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0