10-sinf Fizika olimpiada №2

0

10-sinf Fizika olimpiada №2

2019-yilda tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Galvanik elementning ichki qarshiligi 2 ?. Agar unga qarshiligi 8 ? bo’lgan resistor ulasak manbaning FIK i nimaga (%) teng bo’ladi?

2 / 25

2. Nuqtaviy zaryaddan 6 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi 50 kV/m ga teng bo’lsa, huddi shu zaryaddan 3 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi necha kV/m ekanligini toping.

3 / 25

3. Tubida kichik teshigi bo’lgan suvli paqir arqonga osilgan holda tebranmoqda. Suv oqib chiqqani sari uning tebranish chastotasi qanday o’zgaradi?

4 / 25

4. 20 sm uzunlikdagi 25 A tokli o’tkazgichni bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga tik yo’nalishda 20 mm masofaga siljitishda 20 mJ ish bajarildi. Magnit maydon induksiyasini aniqlang (Tl).

5 / 25

5. Bir jinsli magnit maydoniga induksiya vektorining yo’nalishi 600 burchak ostida 100 m/s tezlik bilan uchib kirgan zarracha spiral trayektoriya bo’ylab harakat qiladi. Induksiya vektorining moduli 4 Tl ga, zarrachaning zaryadi 50 μC  ga massasi 0,3 mg gat eng. Spiral qadamining uzunligini  (sm) toping.

6 / 25

6. Ko’lning biror h chuqurligidagi bosim 0,5 MPa ga teng bo’lsa, undan 10 m chuqurroqdagi gidrostatik bosim necha kPa ga teng bo’ladi? P₀=100 Pa, g=10 m/s²

7 / 25

7. Massasi 20 g bo'lgan sharcha bikrligi   2000 N/m bo'lgan  prujinaga qanday balandlikdan (m) tushganida prujina  1 sm ga siqiladi?

8 / 25

8. Jismning boshlang'ich tezligi 7 m/s. Jismga tezlikka  proporsional bo'lgan (proporsionallik koeffitsiyenti 3,5 kg/s)  ishqalanish kuchi ta’sir etadi. Jism massasi 3,5 kg bo'lsa,  jism to'xtagunicha qancha yo'l bosadi?

9 / 25

9. Dengiz sathidan 240 m chuqurlikdagi botiqda atmosfera bosimi 0°C da P1 ga, dengiz sathidan 1,2 km balandlikdagi atmosfera bosimi esa P2 ga teng. P1/P2  nisbatni toping.

10 / 25

10. Ovchi tinch turgan qayiqda turib uchayotgan qushga  gorizontga nisbatan 30° burchak ostida o'q uzdi. Ovchining qayiq bilan birgalikdagi massasi 80 kg. O'qnlng massasi 40 g,  o'rtacha tezligi esa 400 m/s. Suvning qayiq harakatiga   o'rtacha qarshilik kuchi 4 N bo'lsa, qayiq qancha masofaga  (m) siljidi?

11 / 25

11. Elastik sharcha va massiv devor o’zgarmas tezlik bilan bir tomonga qarab mos holda 5 m/s va ? tezlik bilan harakatlanmoqda. Sharcha bilan devor o’rtasidagi to’qnashuvdan so’ng sharcha, dastlabki yo’nalishida, 2 m/s tezlik bilan harakatni davom etdi. Devorning tezligi ? (m/s) nimaga teng?

12 / 25

12. Potensial energiya deb nimaga aytiladi?

13 / 25

13. Quyidagi rasmda magnit maydonning tok bilan o’zaro ta’siri ko’rsatilgan. Amper kuchining yo’nalishini toping.

14 / 25

14. Gorizontal sirtdagi 25   impulsli bilyard shari tinch turgan xuddi shunday shar bilan elastik to’qnashgandan keyin impulsi 15   bo’lib qoldi. Ikkinchi sharning impulsi () qanday bo’lib qoldi

15 / 25

15. Buyumni nikellaahda 3 m² yuzasida 0,05 mm qalinlikda nikel  qatlami hosil qilish uchun necha gramm nikel ishlatiladi? Nikelning zichligi 8900 kg/ m³ ga teng.

16 / 25

16. Kub shaklidagi muz bo’lagi ichida bir jinsli sharsimon jism joylashtirilgan bo’lib, ushbu muz suvda to’la botgan holda suzib yuribdi. Agar kub shaklidagi muzning tomonlari a, uning ichidagi sharning diametri ham a ga teng bo’lsa, shu sharsimon jism moddasining zichligini (kg/m³) toping. Muzning hamda suvning zichliklari 0,9 g/sm³ va 1,0 g/sm³.

17 / 25

17. Jism gorizontga π/6  burchak ostida 30 m/s tezlik bilan  otildi. Trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida jism tezligining  moduli nimaga teng (m/s) sin30° = 0 ,5 cos30° = 0,87

18 / 25

18. Tinch turgan 2,5 kg massali jismga 20 N va 15 N kuchlar  o'zaro 90° burchak ostida ta’sir qilmoqda. Jismning 3 s dan keyingi tezligini (m/s) toping.

19 / 25

19. Har binning qalinligi h= 7 sm bo'lgan yetti brusok   bir-biriuing ustiga taxlangan bo'lib, bu to‘p suv sirtida tik  holda suzib yuribdi. Bunda suvning sirti tepadan sanaganda   beshinchi va oltinchi brusoklar orasiga to'g'ri kelgan. Agar  brusoklardan biri olib tashlansa, to'pning suvga botishi  necha sm o'zgaradi?

20 / 25

20. Moddiy nuqta koordinatasi ?=2+3sin(4?∙?+?/2) qonun bo’yicha o’zgarmoqda. ?=0 vaqtda nuqta tezligi qanday bo’lgan?

21 / 25

21. Bir jinsli, ishqalanishsiz harakatlanadigan, uzunligi 2 m, massasi 100 kg bo’lgan aravachaning ikki chetida massalari mos holda 70 kg va 90 kg bo’lgan ikkita bola turibdi. Birinchi bola aravachaning o’rtasigacha kelganda sistema og’irlik markazi qanchaga (m) siljiydi?

22 / 25

22. Massasi 500 g bo‘lgan jism 10 m/s boshlang'ich tezlik bilan  tik yuqoriga otildi. Agar jism 4 m balandlikka ko'tarilgan  bo'lsa, jism ko'tarilayotgan davrda havoga ishqalanish  kuchlari qanday ish (J) bajargan?

23 / 25

23. Baland bino tarnovidan ikkinchi tomchi uzilgaa paytdan  2 sekund o'tgach, uning birinchi tomchidan uzoqligi 25 m bo'lsa, tomchilar qanday vaqt intervalida (s) uzilishini  aniqlang.

24 / 25

24. Gidravlik pressning 0,5 m² yuzali kichik porsheniga bosim  ga orttirilsa, sirti 1  bo'lgan katta porshenga bosim  qanchaga ortadi?

25 / 25

25. Magnit induksiyasi 70 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydoniga induksiya chiziqlariga tik yo’nalishda uchib kirgan ilfa zarrasi radiusi 16,6 sm gat eng bo’lgan aylana trayektoriyasi bo’ylab harakatlanadi. Alfa zarrasiga ta’sir etuvchi markazga intilma kuchni toping (N)  e=1,6·10-19C  1m.a.b=1,66·10-27 kg 

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

6 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0