11-sinf Kimyo olimpiada №2

0

11-sinf Kimyo olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Oltingugurt kislotalarining qaysi birida massa bo‘yicha 1,03% - H, 32,99% - S mavjud bo‘ladi?

2 / 25

2. Massasi 23,2 g bo‘lgan Mg va MgO dan iborat aralashma to‘liq qaytarildi va yetarli miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Natijada 15,68 litr (n.sh.da) gaz modda ajralib chiqdi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi metallning massasini (g) aniqlang.

3 / 25

3. 2CO(g) + O2(g) ↔ 2CO2(g) ushbu reaksiya bo‘yicha kislorodning sarflanish tezligi 4 mol/litr∙min. 2 litrli idishda shu reaksiya olib borilganda, kislorodning konsentratsiyasi 7 mol/litrdan 2 mol/litrgacha kamaydi. Reaksiyaning sekundlardagi davomiyligini aniqlang.

4 / 25

4. Kaliy nitratning 30°C da to'yingan 150 g eritmasi 10 A tok bilan 71410 sekund davomida elektroliz qilinadi.  Agar kaliy nitrat  30°C  da  26%  tuz saqlasa, cho'kmaga tushgan tuz massasini (g) aniqlang.

5 / 25

5. N2(g)+3H2(g) ↔ 2NH3(g) ushbu reaksiya bo‘yicha azotning sarflanish tezligi 3 mol/l∙min. 8 litrli idishda shu reaksiya o‘tkazilganda, azotning miqdori 104 moldan 8 molgacha kamaydi. Reaksiya necha minut davom etganligini aniqlang.

6 / 25

6. SO2 + NO2 = SO3 + NO reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki  konsentratsiyasi 6 va 7 mol/litr bo‘lsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/litr) hisoblang (Км=1).

7 / 25

7. 124,65 kPa bosim, temperatura 77 °C ga teng bo‘lganda, 7 l metan tarkibidagi atomlar sonini toping.

8 / 25

8. Qaysi birikmalar suvda eritilganda kislotali muhit hosil bo‘ladi? 1) natriy peroksid; 2) alyuminiy nitrat; 3) magniy xlorid; 4) kaliy gidrid; 5) natriy gidrokarbonat; 6) rux sulfat.

9 / 25

9. Quyidagi birikmalardan ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydiganlarini aniqlang. 1) natriy sulfat; 2) ammoniy atsetat; 3)litiy nitrat; 4) ammoniy karbonat; 5) kaliy xlorid.

10 / 25

10. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchramaydi? 1) natriy sulfat; 2) ammoniy nitrit; 3) litiy nitrat; 4) alyuminiy karbonat; 5) kaliy xlorid; 6) ammoniy atsetat.

11 / 25

11. Noma'lum to'yingan aldegidning 1 moli oksidlanishidan olingan karbon kislota massasi shu aldegidning 0,75 moli yonishidan hosil bo'lgan karbonat angidrid massasidan 1,1 marta kichik bo'lsa, aldegidni aniqlang.

12 / 25

12. KClning 20oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. 350 g suvda 70 g KCl eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm KCl qo‘shish kerak?

13 / 25

13. HСl + О2 = Сl2 + Н2О reaksiya hajmi 8 litr bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [HCl]=0,7, [O2]=0,6 va [Н2О]=0,4 mol/l ni tashkil qildi. Boshlang’ich moddalar miqdorini (mol) aniqlang.

14 / 25

14. Qaysi birikmalar suvda eritilganda ishqoriy muhit hosil qiladi? 1) natriy; 2) natriy nitrat; 3) kaliy peroksid; 4) litiy xlorid; 5) kaliy sulfat; 6) natriy gidrokarbonat.

15 / 25

15. Geksan molekulasida nechta sp³-gibrid orbitallar mavjud?

16 / 25

16. A+2B=C+D reaksiya bo‘yicha muvozanat qaror topgandan so‘ng moddalarning muvozanat konsentratsiyalari quyidagicha: [A]=0,4 mol/l, [B]=0,5 mol/l, [C]=0,25 mol/l, [D]=0,8 mol/l bo‘lsa, muvozanat konstantasini aniqlang.

17 / 25

17. Alizaringa xrom (III) gidroksid qo'shilsa, qanday rang hosil bo'ladi?

18 / 25

18. Orbital kvant soni 2 ga teng bo‘lgan pog‘onachaga eng ko‘pi bilan nechta elektron sig‘adi .

19 / 25

19. 100 oC dagi KBr ning 408 g to‘yingan eritmasi 25oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 oC)=66; S (100 oC)=104)

20 / 25

20. 5,2 g atsetilendan necha gramm akril kislota olish mumkin?

21 / 25

21. 250 g 8,94% li KCl eritmasidan 3 A tok kuchi 9650 sekund davomida o‘tkazilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.

22 / 25

22. Quyidagi reaksiyaning o‘ng tomonidagi moddalar koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng? As2S3 + HNO3= H3AsO4 + SO2 + NO2 + H2O

23 / 25

23. Mol nisbatlari 5:2 bo'lgan CD4 va H2O tarkibidagi neytronlar soni ayirmasi 8,5 ga teng bo'lsa,  aralashmaning mol yig'indisini toping.

24 / 25

24. 500 g 32% li CuSO4 eritmasidan misni to‘liq ajratib olish uchun 5 A to‘k kuchini necha sekund davomida o‘tkazish kerak?

25 / 25

25. 89,1 g ikki asosli karbon kislotaning kalsiyli tuzi pirolizga uchratilib olingan siklik keton qaytarilganda 37,8 g sikloalkan  olindi. Qanday sikloalkan olinganligini aniqlang .

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

32 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0