10-sinf Fizika olimpiada №2

0

10-sinf Fizika olimpiada №2

2019-yilda tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Tomonlari 6, 8 va 24 sm bo’lgan bir jinsli parallelopipedning massasi m = 10 kg ga teng. Shu parallelopiped. Yerga tayangan holda erishishi mumkin bo’lgan eng katta va eng kichik potensial energiyalari farqini toping (J).

2 / 25

2. Nuqtaviy zaryaddan 6 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi 50 kV/m ga teng bo’lsa, huddi shu zaryaddan 3 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi necha kV/m ekanligini toping.

3 / 25

3. Baland bino tarnovidan ikkinchi tomchi uzilgaa paytdan  2 sekund o'tgach, uning birinchi tomchidan uzoqligi 25 m bo'lsa, tomchilar qanday vaqt intervalida (s) uzilishini  aniqlang.

4 / 25

4. Gorizontal sirtdagi 25   impulsli bilyard shari tinch turgan xuddi shunday shar bilan elastik to’qnashgandan keyin impulsi 15   bo’lib qoldi. Ikkinchi sharning impulsi () qanday bo’lib qoldi

5 / 25

5. Dengiz sathidan 240 m chuqurlikdagi botiqda atmosfera bosimi 0°C da P1 ga, dengiz sathidan 1,2 km balandlikdagi atmosfera bosimi esa P2 ga teng. P1/P2  nisbatni toping.

6 / 25

6. Jism gorizontga π/6  burchak ostida 30 m/s tezlik bilan  otildi. Trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida jism tezligining  moduli nimaga teng (m/s) sin30° = 0 ,5 cos30° = 0,87

7 / 25

7. Ikki ishchi og’irligi 600 N va uzunligi 6 m bo’lgan bir jinsli taxtani ko’tarib ketmoqda. Taxtaning uchlari birinchi ishchining yelkasidan 1 m, ikkinchi ishchining yelkasidan 2 m chiqib turibdi. Taxta har bir ishchi yelkasiga qanday kuch (N) bilan bosmoqda?

8 / 25

8. Magnit induksiyasi 70 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydoniga induksiya chiziqlariga tik yo’nalishda uchib kirgan ilfa zarrasi radiusi 16,6 sm gat eng bo’lgan aylana trayektoriyasi bo’ylab harakatlanadi. Alfa zarrasiga ta’sir etuvchi markazga intilma kuchni toping (N)  e=1,6·10-19C  1m.a.b=1,66·10-27 kg 

9 / 25

9. Ko’lning biror h chuqurligidagi bosim 0,5 MPa ga teng bo’lsa, undan 10 m chuqurroqdagi gidrostatik bosim necha kPa ga teng bo’ladi? P₀=100 Pa, g=10 m/s²

10 / 25

10. Gidravlik pressning 0,5 m² yuzali kichik porsheniga bosim  ga orttirilsa, sirti 1  bo'lgan katta porshenga bosim  qanchaga ortadi?

11 / 25

11. Elastik sharcha va massiv devor o’zgarmas tezlik bilan bir tomonga qarab mos holda 5 m/s va ? tezlik bilan harakatlanmoqda. Sharcha bilan devor o’rtasidagi to’qnashuvdan so’ng sharcha, dastlabki yo’nalishida, 2 m/s tezlik bilan harakatni davom etdi. Devorning tezligi ? (m/s) nimaga teng?

12 / 25

12. Buyumni nikellaahda 3 m² yuzasida 0,05 mm qalinlikda nikel  qatlami hosil qilish uchun necha gramm nikel ishlatiladi? Nikelning zichligi 8900 kg/ m³ ga teng.

13 / 25

13. Tinch turgan 2,5 kg massali jismga 20 N va 15 N kuchlar  o'zaro 90° burchak ostida ta’sir qilmoqda. Jismning 3 s dan keyingi tezligini (m/s) toping.

14 / 25

14. Bir jinsli magnit maydoniga induksiya vektorining yo’nalishi 600 burchak ostida 100 m/s tezlik bilan uchib kirgan zarracha spiral trayektoriya bo’ylab harakat qiladi. Induksiya vektorining moduli 4 Tl ga, zarrachaning zaryadi 50 μC  ga massasi 0,3 mg gat eng. Spiral qadamining uzunligini  (sm) toping.

15 / 25

15. Chastotasi 2 Hz bo'lgan to'lqin 3 m/s tezlik bilan   tarqalmoqda. Bir-biridan 75 sm masofada bo'lgan nuqtalar  v tebranishlarining maksimal fazalar farqi qanday?

16 / 25

16. Tubida kichik teshigi bo’lgan suvli paqir arqonga osilgan holda tebranmoqda. Suv oqib chiqqani sari uning tebranish chastotasi qanday o’zgaradi?

17 / 25

17. Potensial energiya deb nimaga aytiladi?

18 / 25

18. Moddiy nuqta koordinatasi ?=2+3sin(4?∙?+?/2) qonun bo’yicha o’zgarmoqda. ?=0 vaqtda nuqta tezligi qanday bo’lgan?

19 / 25

19. Jismning harakat tengiamasi x = 0, 5t² + 2t + 4 ko'rinishga  ega. Jismning tezligi harakat boshlanganidan keyin 5 s  o'tgach qanday bo'ladi (m/s)?

20 / 25

20. Jismning boshlang'ich tezligi 7 m/s. Jismga tezlikka  proporsional bo'lgan (proporsionallik koeffitsiyenti 3,5 kg/s)  ishqalanish kuchi ta’sir etadi. Jism massasi 3,5 kg bo'lsa,  jism to'xtagunicha qancha yo'l bosadi?

21 / 25

21. Quyidagi rasmda magnit maydonning tok bilan o’zaro ta’siri ko’rsatilgan. Amper kuchining yo’nalishini toping.

22 / 25

22. Ovchi tinch turgan qayiqda turib uchayotgan qushga  gorizontga nisbatan 30° burchak ostida o'q uzdi. Ovchining qayiq bilan birgalikdagi massasi 80 kg. O'qnlng massasi 40 g,  o'rtacha tezligi esa 400 m/s. Suvning qayiq harakatiga   o'rtacha qarshilik kuchi 4 N bo'lsa, qayiq qancha masofaga  (m) siljidi?

23 / 25

23. Massasi 20 g bo'lgan sharcha bikrligi   2000 N/m bo'lgan  prujinaga qanday balandlikdan (m) tushganida prujina  1 sm ga siqiladi?

24 / 25

24. Kub shaklidagi muz bo’lagi ichida bir jinsli sharsimon jism joylashtirilgan bo’lib, ushbu muz suvda to’la botgan holda suzib yuribdi. Agar kub shaklidagi muzning tomonlari a, uning ichidagi sharning diametri ham a ga teng bo’lsa, shu sharsimon jism moddasining zichligini (kg/m³) toping. Muzning hamda suvning zichliklari 0,9 g/sm³ va 1,0 g/sm³.

25 / 25

25. Massasi 500 g bo‘lgan jism 10 m/s boshlang'ich tezlik bilan  tik yuqoriga otildi. Agar jism 4 m balandlikka ko'tarilgan  bo'lsa, jism ko'tarilayotgan davrda havoga ishqalanish  kuchlari qanday ish (J) bajargan?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

6 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0