Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 232 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Butun Kavkaz qachon Rossiya tarkibiga kiritilgan? A) 1861-yil B) 1862-yil C) 1864-yil D) 1866-yil 2 / 25 2. Noto‘g‘ri hukmni toping. A) Doro I ning saklar ustiga yurish qilishi bilan Fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tib, Attikaga langar tashlashi oralig‘idagi yillar Oktavian Rimning yakka hukmdori bo‘lib qolishidagi yilning soniga teng. B) Kir II ning Bobilni bosib olishi bilan Kambiz II ning taxtga chiqishi oralig‘idagi yillar soni Gerakl jang qilgan ajdar boshining soniga teng. C) Kambiz II ning taxtga chiqishi bilan Alarix boshchiligidagi gotlarning Rimga yurish qilishi oralig‘idagi yillar soni Xioniylar davlatining faoliyat yuritgan muddatiga teng. D) Antioxning Salavkiya davlati hukmdori bo‘lgan yili bilan Yunon-Baqtriya tarixi boshlangan davr oralig‘idagi yillar soni Janna d’Arkni gulxanda yondirilgan kunning sa’nasiga teng. 3 / 25 3. 1923-yil oxirida Yevropa mamlakatlari ichida eng qadrsiz pul qaysi davlatda edi? A) Italiya B) Germaniya C) Angliya D) Fransiya 4 / 25 4. 1877-yilda Toshkentda “Shahar nizomi”ga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs kim tomonidan tasdiqlangan? A) general-gubernator B) armiya generali C) imperator D) harbiy vazir 5 / 25 5. Xitoy imperatorlari saroyida qachondan boshlab olimlarning oliy yig`inlari tashkil etilgan? A) VIII asrdan B) VII asrdan C) VI asrdan D) X asrdan 6 / 25 6. Farg`ona vodiysida qachon favqulodda holat e`lon qilindi? A) 1920-yil 6-martda B) 1921-yil 13-sentyabrda C) 1921-yil 3-noyabrda D) 1920-yil 3-mayda 7 / 25 7. Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo va Afrikadagi katta hududlarni … boshqarishda mandat huquqini qo`lga kiritishdi. A) 1919-yil mayda B) 1921-yil dekabrda C) 1919-yil aprelda D) 1921-yil 12-noyabrda 8 / 25 8. O`rta asrlarda… ochilgan o`rta maktablar asrlar o`tib universitetlar ochilishiga asos bo`lgan. A) Ibodatxonalar va monastirlar qoshida B) shahar kengashi tomonidan C) Monastirlar qoshida D) Katta ibodatxonalar qoshida 9 / 25 9. Eronda bo`lib o`tgan Bobiylar qo`zg`olonida kimlar ishtirok etgan? 1.hunarmandlar 2.shahar kambag`allari 3.quyi tabaqadagi ruhoniylar 4.shahar atrofida yashovchi dehqonlar 5.harbiylar 6.mayda savdogarlar A) 1,2,3,5 B) 2,3,4,5,6 C) 1,2,3,4,6 D) 2,4,5,6 10 / 25 10. Dehli sultoni Qutbiddin Oyboq qo`shinining asosini kimlar tashkil qilgan ? A) piyodalar va to`pchilar B) hindlardan tuzilgan piyoda qo`shinlar C) turkiy qabilalaridan tuzilgan suvoriylar D) afg`on qabilalaridan tuzilgan suvoriylar 11 / 25 11. Mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to’plagan vatandoshimiz nomi ko’rsatigan to’g’ri javobni toping? A) Ahmad al Farg’oniy B) Abu Nasr Farobiy C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Abu Rayhon Beruniy 12 / 25 12. O`zbekiston SSRda 1931-yil avgustda 3871 xo`jalik “quloq oilasi” sifatida qayerlarga surgun qilingan? 1.Ukraina 2.Qrim 3.Qozon 4Sibir 5.Shimoliy Kavkaz A) 2.3,5 B) 1,2,3 C) 1,4,5 D) 1,3,5 13 / 25 13. “Ravzat us-safo” asarining muallifi umrining ko`p qismini qaysi shaharda o`tkazgan? A) Hirot B) Buxoro C) Balx D) Samarqand 14 / 25 14. Germaniya tarixida – Veymar respublikasi davri qachondan boshlandi? A) 1918-yil 31-iyul B) 1923-yil C) 1919-yil 8-noyabr D) 1919-yil 31-iyul 15 / 25 15. Xivada qachon Xalq dorilfununi ochilgan? A) 1925-yil 6-12-fevralda B) 1922-yil dekabrda C) 1921-yil sentabrda D) 1920-yil bahorida 16 / 25 16. Qachondan Afrika qit`asining ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlangan? A) XVIII asrning oxirlaridan B) XVIII asrning o`rtalaridan C) XIX asrning 70-yillaridan D) XIX asrning boshlaridan 17 / 25 17. Manchjou-Go qo`g`irchoq davlatini tuzgan davlat tarixida bo`lib o`tgan to`g`ri javobni toping. A) 1920-yillar o`rtalariga kelib mamlakatda sanoat to`ntarishi yuz berdi B) 1940-yil 5-aprelda SSSR bilan neytralitet haqidagi paktni imzoladi C) 1935-yil Millatlar Ligasidan chiqib Koreyaga qarshi tajovuzni kuchaytirdi D) 1920-yillar o`rtalariga kelib hukumatda harbiylarning roli kuchaydi va so`l kuchlar quvg`in ostiga olindi 18 / 25 18. O`rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchilarining kelgan yillari bilan muvofiqlashtiring. 1.A.Byorns 2.I.Volf 3.A.Murkroft 4.J.Abbot a)1843 b)1844 c)1832 d)1825 A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a 19 / 25 19. Mesopotamiyada o`z oilasini boqish uchun kambag`allar …… mulklarida ishlaganlar. A) podsho va ibodatxona B) hukmdor va harbiylar C) hukmdor va zodagonlar D) zodagon va kohinlar 20 / 25 20. O`zbekiston SSRda “Agrar inqilob”ning strategiya va taktikasi …… tasdiqlangan. A) 1929-yil iyulda B) 1925-yil fevralda C) 1925-yil dekabrda D) 1925-yil noyabrda 21 / 25 21. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chgaradosh bo`lgan? A) Kaspiy dengizi B) Buxoro C) Eron D) Qozoq juzlari 22 / 25 22. Arab xalifaligida san`atning barcha sohalariga nisbatan qaysi soha yuksak taraqqiy etgan? A) haykaltaroshlik B) tasviriy san`at C) me`morchilik D) musiqa 23 / 25 23. Niderlandiyada Vilgelm van Oran`ye Shimoliy hududlar hukmdori deb e`lon qilingan yili Fransiyada…….. A) diniy urushlar boshlandi B) Genrix Navarskiy taxtga chiqdi C) Nant edikti imzolandi D) ”Varfolomey tuni” bo`lib o`tdi 24 / 25 24. Quyidagi shaharlarning qay biri Peloponnesda joylashmagan? A) Sparta B) Messena C) Knid D) Olimpiya 25 / 25 25. XX asr boshida qaysi davlat sanoat ishchilarining soni jihatidan birinchi o`rinni egallagan? A) Germaniya B) Fransiya C) AQSh D) Buyuk Britaniya 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6