Biologiya attestatsiya №10

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №10

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Tirik organzmlar uchun xos bo'lga muhim huauaiyatlardan biri?

2 / 40

2. Noʻxot oʻsimligining qaysi belgilari dominant holda irsiylanadi

3 / 40

3. Zubturumga guliga xos xususiyatlatni ko’rsating. 1) erta bahorda gullab, urug’ tugib bo’ladi 2) iliq kuz oylarida ham gullashda davom etadi 3) mevasi shamol yordamida taraladi 4) mevasi tuklar hosibiga uchadi 5) mevasi suv o’tkazmaydigan qobiqqa ega 6) to’pgulda gulpoya sholanmaydi 7) to’pgulda gulpoya sholanadi 8) gullari gulpoyada bandsiz 9) gullari gulpoyada uzun band bilan birlashgan

4 / 40

4. O’zgaruvchanlikning mutatsionga xos xususiyatlami aniqlang. 1) oraliq formalarsiz paydo bo’ladi; 2) sifat jihatidan farq qiladigan o’zgaruvchanlik; 3) irsiylanish xususiyatiga ega emas; 4) o’zgarishlar guruhli xarakterga ega; 5) irsiylanadigan o’zgaruvchanlik; 6) har xil yo’nalishli bo’ladi; 7) namoyon bo’lish xarakteriga ko’ra dominant va retsessiv bo’ladi; 8) o’zgarishlar tashqi muhit ta’siriga bog’liq; 9) tashqi muhit omillariga moslashish imkoniyatini yaratadi; 10) bir turga mansub individlarning tashqi muhit ta’siriga javob reaksiya yo’nalishi bir xil 10) natijasiga ko’ra 4 xil 11) bitta genotipning tashqi muhit sharoitiga qarab har xil fenotipni yuzaga chiqara oladi 12) kelib chiqishi organizmda biokimiyoviy va fermentativ reaksiyalarning o’zgarishiga bog’liq

5 / 40

5. ……. qavatda joylashgan muskul hujayralari soch piyozchasiga tutashgan. Muskullar qisqarganida terida bo'rtiqlar paydo bo‘ladi.

6 / 40

6. Tuxumini pilla ichiga qo`yuvchi organizmlar uchun umumiy xususiyat(lar)ni ajrating. 1) Regeneratsiya xususiyatiga ega 2) Tuxumidan yetuk organizmlarga o`xshash yosh organizmlar chiqadi 3) Germafrodit 4) Erkin yashaydi 5) Tuxumidan lichinka chiqadi 6) Tanasi 1 qavat epiteliy bilan qoplangan 7) Ayirish sistemasi o`xshash, faqat tana bo`shlig`iga ochilgan tomoni bilan farq qiladi

7 / 40

7. Qaysi javobda bukuvchi muskullar to'g'ri ko'rsatilgan? 1) yelkaning uch boshli muskuli; 2) boldirning orqa sohasi muskullari; 3) yelkaning ikki boshli muskuli; 4) bilakning orqa sohasi muskullari; 5) boldirning old sohasi muskullari; 6) kaftning tashqi yuzasidagi muskul; 7) sonning sohasidagi muskul

8 / 40

8. Achambiti o’simligi guli uchun xos bo’lmagan javobni toping.

9 / 40

9. Burun teshigi og`iz teshigi bilan bog`langan (I) va bog`lanmagan (II) sovuqqonli hayvonlarni toping?

10 / 40

10. Maturning sistematik birliklari to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. 1)loladoshlar oilasi; 2)bir urug‘pallalilar sinfi; 3)piyozdoshlar oilasi; 4)ikki urug`pallalilar sinfi; 5)magnoliyatoifalilar bo'limi; 6)qarag‘aytoifalilar bo`limi.

11 / 40

11. Organizmlarning o’zgarishi bir tomondan uning yangi turlarning paydo bo’lishi, ikkinchi tomondan takomillashuvga bo’lgan intilishi, tashqi omillarning bevosita ta’siri tufayli amalga oshgan. Ushbu fikrlar kimga tegishli?

12 / 40

12. Tog’olcha mikrosporasi bo’linishining metafaza davrida nechta xromosoma ( a ) va xromatidlar ( b) bo’ladi?

13 / 40

13. Yoshi 20 dan oshgan sog'lom yigitning og'iz bo'shlig'ida tuzilishiga ko'ra 4 xil ( А , В , C , D ) tishlar mavjud bo'lib, quyidagi ma’lumotlar asosida A va D tishlarni aniqlang. ( A = D ), ( B + A ) / ( D – C )=5

14 / 40

14. Qaysi kasalliklarning qo’zg’atuvchisi hayotning hujayrasiz shakllari hisoblanadi? 1) gommoz 2) kuydirgi 3) ensefalit 4) mitotoksikoz 5) qizilcha 6) tamaki mozaikasi 7) vabo 8) oqsil kasalligi 9) terlama 10) vertitsillum

15 / 40

15. Burchoqdoshlar oilasi vakillari orasida…. uchramaydi.

16 / 40

16. Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada joylashgan bo‘lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota otaonadan tug‘ilgan ikki belgi bo‘yicha kasal farzandlarni hisobga olmaganda, ikki belgisi bo‘yicha sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang.

17 / 40

17. Bug’doyga tegishli javoblarni ko’rsating. 1)vatani janubi-g’arbiy osiyo 2)vatani sharqiy Osiyo 3)seleksiya natijasida yetishtirilgan bug’doy baland bo’yli, serhosil tarkibida kleykobina mavjud 4)tetraploid navida 28 ta xromosoma mavjud 5)diploid navida 24 ta xromosoma mavjud 6)tritikale duragayini olinishida qatnashadi 7)Yulduz Namangan-34 yangi istiqbolli navlari hisoblanadi 8)Ulugbek-600, Sanzor serhosil navlari hisoblanadi 9)murtakdagi ildizchasidan qo’shimcha ildiz hosil bo’ladi 10)urug’i 3-5 sm chuqurlikka ekiladi 3 gradusda unib chiqadi

18 / 40

18. G’o’zaning yaxlit (a) va o’yilgan (b) bargli formalarini aniqlang. 1) Hirsutum 2) Herbaceum 3) Raymondiy 4) Klotshiaunum

19 / 40

19. Burgani uzunligi qancha?

20 / 40

20. Quyi rasmda 13-tartib raqamda qaysi organ joylshganini aniqlang?

21 / 40

21. Bug’doyning diploid navi changdonidagi mikrosporalar soni uning somatik hujayrasi yadrosidagi xromosomalar sonidan 6 baravar ko’p miqdorda yetildi deylik. Agar urug’lanish jarayonida 56 ta spermiy ishtirok etgan bo’ls, urug’lanish jarayonida ishtirok etmagan spermiylardagi xromosomalar sonini ko’rsating.

22 / 40

22. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Jayron ... hayvon.

23 / 40

23. Gultojbarglari soni 5 ta gullari qiyshiq, oddiy bargli o’simlikni toping.

24 / 40

24. And kondorining katta qon aylanish doirasi yo’nalishi to’g’ri berilgan javobni ko’rsating.

25 / 40

25. Buyrakda siydik hosil bo’lishining filtratsiya davriga tegishli javoblarni ko’rsating. a-arteriya kapilyarlaridan qonning suyuq qismi nefron bo’shlig’iga o’tadi b-irlamchi siydikning kapsulasida to’planishi c-birlamchi siydikning kalavasimon kanalchalardan vena qon tomirlariga qayta so’rilishi d-kapsulada bosimning past bo’lishi e-ikklamchi siydikning hosil bo’lishi

26 / 40

26. Gemofiliya va daltonizm kasalliklari X xoromosomada joylashgan retsessiv gen orqali nasldan-naslga o’tadi. Ushbu genlar orasidagi masofa 9,8 mogonoidga teng. Onasi daltonik bo’lgan, otasi esa gemofiliya bilan kasallangan oilada tug’ulgan qiz ushbu belgilari bo’yicha sog’lom yigit nikohidan tug’ulgan ikki o’g’il bolaning biri daltonik, ikkinchisi gemolitik, lekin ranglarni yaxshi ajratadi. Ushbu oilada ikkala juft belgilari bo’yicha sog’lom o’g’il va qizlarning tug’ilish ehtimonlini aniqlang (%)

27 / 40

27. O`rta Osiyo cho`llarida tarqalgan (a), keng bargli va nina bargli o`rmonlarda yashaydigan (b), xonadonlarda yashaydigan (c), cho`l va sahrolarda uchraydigan (d) parda qanotlilarni toping. 1) sariq fir`avn; 2) qir chumoli; 3) chopqir faeton; 4) sariq o`rmon chumolisi

28 / 40

28. Qonida gemoglobini yo'q bo'lgan organizmni ko'rsating?

29 / 40

29. To`g`ri ma`lumotlarni aniqlang?

30 / 40

30. Ulotriksning jinsiy va jinssiz ko’payishi natijasida 144 ta yangi ulotriks ipi hosil bo’ldi. Ko’payish jarayonidagi gametalar va zoosporalarning nisbati 1 : 4 bo’lsa, jinssiz ko’payish natijasida nechta yangi ulotriks ipi hosil bo’ladi?

31 / 40

31. Kislorodga to’yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali uning bo’shlig’iga o’tadigan hayvonlarni ko’rsating. 1) midiya 2) lansetnik 3) yonsuzar 4) kallima 5) bitiniya 6) falanga 7) gelekonus 8) zaxkash 9) biy 10) qayin odimchisi

32 / 40

32. Gastrulyatsiya jarayoni hujayraning o’sib kirishi orqali amalga oshadigan organizmlarda qon aylanish tizimining qaysi qismlarida CO2 ga to’yingan qon bo’ladi? 1)yurak chap bo’lmasida 2)yurak qorinchasi 3)arteriyalarda 4)yurak o’ng bo’lmasida 5)yurakning o’ng bo’lmasiga qon olib keluvchi vena tomiri 6)yurakning chap bo’lmasiga qon olib keluvchi vena tomiri

33 / 40

33. Qashqarbeda va sebarga uchun umumiy bo’lmagan javobni ko’rsating.

34 / 40

34. Ligustrum (1), gulsafsar (2), kanakunjut (3), zubturum (4) o'simliklari hayotiy shakli jihatidan qaysi guruhlarga mansub? a) yarim buta; b) buta; c) bir yillik o't; d) ko'p yillik o't; e) daraxt.

35 / 40

35. Chaqaloqlarda qalqonsimon bezning ( a ) va ayrisimon ( b ) bezning massasi qancha?

36 / 40

36. Parazit hayot kechiruvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) gerpes; 2) leyshmaniya; 3) parpi; 4) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 5) qoqshol qo‘zg‘atuvchisi; 6) zang zamburug‘i.

37 / 40

37. Konsumentlar bilan oziqlanmaydigan konsument organizmlarni aniqlang. 1) tapir; 2) chigirtka; 3) ninachi; 4) temirchak; 5) ilon; 6) sichqon; 7) lochin; 8) quyon; 9) kaltakesak; 10) laqay

38 / 40

38. Gultojibarglari beshta qo‘shilgan (a) va qo‘shilmagan (b) o‘simliklarni aniqlang. 1) karrak; 2) qovun; 3) bo‘znoch; 4) bo‘yimodaron; 5) tobulg‘i; 6) gulxayri; 7) g‘o‘za.

39 / 40

39. Komiljon ovqat ratsionida oqsil , yog’ va uglevodning umumiy miqdori 360 gr bo’lib , oqsildan ajralgan energiya 307,5 kkal gat eng. Ovqat tarkibidagi yog’dan hosil bo’lgan energiya uglevodning parvhalanishidanhosil bo’lgan energiyadan 640,5 kkall ga ko’p bo’lsa , bir kecha kunduzda hosil bo’lganjami energiyani qanchasi tushki ovqatlanishdan hosil bo’lgan? (Ratsional ovqatlanishni quyi foizda hisoblang)

40 / 40

40. Odamdagi sut tishlarining umumiy soni qaysi doimiy tishlar yig’indisiga teng bo’ladi?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0