Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 192 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Qaysi jangdan so‘ng ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oldilar? A) 1066-yilgi Gastings jangidan so‘ng B) 1071-yilgi Mansikret jangidan so‘ng C) 1240-yilgi Neva jangidan so‘ng D) 1242-yilgi Muz ustidagi jangidan so‘ng 2 / 25 2. Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga ... A) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi; B) boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo‘ldi; C) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo‘ldi; D) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani sabab bo‘ldi; 3 / 25 3. “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo‘lishni istamayman. Taqdir qo‘lida senga qarshi qurol bo‘lishni xohlamayman. Men kabi odam seningdek insonga qarshi qilich ko‘tarishi kechirilmas holdir!” deb yozilgan maktubni Jaloliddin Manguberdiga kim yo‘llaydi? A) Misr sultoni Barquq B) Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish C) Bag‘dod xalifasi Nosir D) Mo‘g‘ul xoni Chingizxon 4 / 25 4. Pyotr I davrida quyidagi islohotlardan qay birlari amalga oshirildi? 1.krepostnoylik bekor qilindi 2.dehqonlar to`lov evaziga ozod qilindi 3.boyarlar mavqeyi tiklandi 4.Rossiya ma`muriy boshqaruv jihatidan guberniyalarga bo`lindi 5.Senat tuzildi 6.qo`shinda harbiy xizmat umrbod muddatda o`taladigan bo`ldi A) 1,2,3 B) 1,3,5 C) 4,5,6 D) 2,3,4 5 / 25 5. Vizantiya qo`shini qaysi hududlarni qiyinchiliksiz egallaydi? A) Vestgot va Vandallar B) Vandallar va Sitsiliya C) Sitsiliya va Vestgotlar D) Vestgot va Misr 6 / 25 6. Abruy boshchiligidagi qo`zg`olon bostirilgandan 600 yil o`tib……. A) G`aznaviylar davlati barham topdi B) Ma`sud G`aznaviy hukmronligi tugadi C) Ibrohim Bo`ritegin Vaxsh, Chog`aniyon va Xuttalonni egalladi D) Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi 7 / 25 7. O`rta asrlarda rohib-xattotlar ishlaydigan ustaxonalar qayerlarda bo`lgan? A) yirik monastirlarda B) qirol saroyida C) ibodatxonalarda D) shahar markazlarida 8 / 25 8. O`rta osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishining nechanchi bosqichida Turkiston viloyati tuziladi? A) ikkinchi bosqich B) )to`rtinchi bosqich C) uchinchi bosqich D) birinchi bosqich 9 / 25 9. Afina akademiyasiga asos solgan kishi qachon yashagan? A) Milodiy I asrda B) Mil.avv.IV asrda C) Mil.avv.II asrda D) Milodiy II asrda 10 / 25 10. 1875-1900-yillarda Fransiyaning chet ellarda joylashtirgan kapitali qanchaga oshgan? A) 2,25 barobar B) 3 barobar C) 7,5 barobar D) 2 barobar 11 / 25 11. Qaysi shayboniy hukmdorlar o`z davrining nihoyatda o`qimishli kishilari bo`lganlar? 1.Ubaydulloxon 2.Shayboniyxon 3.Abdulazizxon 4.Abdullaxon 5.Ko`chkunchixon A) 1,2,4 B) 1,2,5 C) 2,3,5 D) 2,3,4 12 / 25 12. XX asr boshida qaysi davlat sanoat ishchilarining soni jihatidan birinchi o`rinni egallagan? A) Buyuk Britaniya B) AQSh C) Germaniya D) Fransiya 13 / 25 13. 1877-yilda Toshkentda “Shahar nizomi”ga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs kim tomonidan tasdiqlangan? A) armiya generali B) general-gubernator C) harbiy vazir D) imperator 14 / 25 14. Qachon industrial davlatlarda aholining qariyb yarmi shaharlarda to`plandi? A) XIX asr boshlarida B) XVIII asr o`rtalarida C) XVII asr oxirlarida D) XIX asr o`rtalarida 15 / 25 15. Yassaviy tariqatining asosida qanday g`oya ilgari suriladi? A) dunyo rohati va farog`atidan voz kechmay, uzlatda toat va ibodat yo`lida zahmat chekish B) bu dunyo noz-ne`matlaridan bahramand bo`lishning joizligi C) mehnatsevarlik, odillik, bilimdonlik, D) kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish 16 / 25 16. Qadimda Qashqadaryoning sharqiy qismi qanday atalgan? A) Nautaka B) Afrosiyob C) Uzunqir D) Yerqo`rg`on 17 / 25 17. Quyidagi atamalar juftligidan qaysi biri bir xil ma’noni beradi? A) sudebnik-edikt B) patent-dividend C) sanoat-industriya D) deklaratsiya-bill 18 / 25 18. Quyidagilardan qay biri o`zini shoir emas, balki adabmuallimi deb hisoblagan? A) Mahmud Qoshg`ariy B) Ahmad Yugnakiy C) Yusuf Xos Hojib D) Ahmad Yassaviy 19 / 25 19. O`rta Osiyoga Angliya bilan aloqalarni yo`lga qo`yish uchun yuborilgan elchi qachon Buxoroga kelgan? A) 1825-yilda B) 1843-yilda C) 1832-yilda D) 1844-yilda 20 / 25 20. Amerigo Vespuchchi vatani tarixiga oid to`g`ri javobni toping. A) Italiyani birlashtirish Sitsiliya qirolligi zimmasiga tushdi B) 1872-yilda Fransiya ta`sirida bo`lgan Rim shahri Italiya qirolligiga qo`shib olindi C) J.Garibaldi Avstriya zulmiga qarshi kurashda Fransiya bilan shartnoma tuzishga erishgan D) J.Garibaldi Palermoni egallaganidan so`ng Neapolga yurish qildi 21 / 25 21. Alisher Navoiy muhrdorlik lavozimiga tayinlangan yili halok bo`lgan temuriy hukmdor kimning yordamida Samarqand taxtini egallagan? A) Mirzo Abdullo B) Abulqosim Bobur C) Abdulaziz D) Abulxayrxon 22 / 25 22. Qachon Buxoro xonligi nisbatan markazlashagan ulkan davlatga aylandi? A) XVI asr birinchi yarmida B) XVI asr oxirlarida C) XV asr boshlarida D) XV asr oxirlarida 23 / 25 23. XX asr boshida Fransiyaning eksportida o`z o`rnini egallagan tovarlarni to’g’ri toping. A) jun birinchi, ip-gazlama ikkinchi, shoyi gazlama uchinchi, fransuz vinolari to`rtinchi o`rinni egallagan B) vino birinchi, temir ikkinchi, mato uchinchi, mis to`rtinchi o`rinni egallagan C) ip-gazlama birinchi, jun ikkinchi, vino uchinchi, shoyi gazlama to`rtinchi o`rinni egallagan D) temir birinchi, shoyi ikkinchi, vino uchinchi, ip-gazlama to`rtinchi o`rinni egallagan 24 / 25 24. Buxoro xonligida zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag`larni zarur o`rinda ishlatishni kim nazorat qilgan? A) muhtasib B) naqib C) parvonachi D) mehtar 25 / 25 25. Buxoro xonligida 1556-1585-yillar oralig`ida Nurota tog`ida qaysi suv ombori qurilgan? A) Hovuzixon B) Xoja Ka`ab C) Oqchob D) Sangzor 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz