Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 8-sinf Fizika olimpiada №1 Fizika olimpiada 8-sinf Fizika olimpiada №1 InfoMaster May 31, 2022 23 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Fizika olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Radiuslari teng bo’lgan metall sharlarning biri dastlab +4q, ikkinchisi +2q elektr zaryadiga ega. Agar sharlar bir-biriga tekkizilsa va dastlabki holatga qaytarilsa, ularning ta’sirlashuv energiyasi qanday o’zgaradi? A) 12,5% ga ortadi B) 12,5% ga kamayadi C) 22,5% ga ortadi D) 22,5% ga kamayadi 2 / 25 Vazinsiz richakda har xil diametrlipo`lat sharlar muvozanatlashgan (rasmga ). Agar sharlar suyuqlikka botirilsa, richakning muvozanati buziladimi? A) Buzilmaydi B) Buziladi 3 / 25 Sharqdan 100 km/h tezlikda shamol esmoqda.Tezligi 100 km/h bo‘lgan vertolyot qanday kursni tanlasa, aniq shimoliy yo‘nalishda ucha oladi? A) shimoli-sharqiy yo‘nalishda, meridianga nisbatan 600 burchak ostida B) aniq shimoliy yo‘nalishda ucha olmaydi. C) shimoli-sharqiy yo‘nalishda, meridianga nisbatan 450 burchak ostida. D) shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda, meridianga nisbatan 450 burchak ostida. 4 / 25 Elektr maydon kuchlanganligi 12kV/m bo’lgan bir jinsli maydonda +2,5 nC zaryadli nuqtaviy zaryad joylashgan. Nuqtaviy zaryaddan 5 sm masofalarda joylashgan A va B nuqtalarda elektr maydon kuchlanganligi (kV/m) qanchaga teng? A) EA=12, EB=3 B) EA=15, EB=21 C) EA=9, EB=3 D) EA=15, EB=3 5 / 25 50 sm2 yuzali sim o’rami 20 μF sig’imli kondensator bilan tutashtirilgan. O’ram tekisligi bir jinsli maydonga perpendikulyar. Agar kondensatordagi zaryad 1 nC ga teng bo’lsa, magnit maydonning o’zgarish tezligini (mT/s) toping. A) 25 B) 10 C) 50 D) 15 6 / 25 Buyum yig`uvchi qanday masofada joylashganda, tasvir kattalashgan, mavhum, to`g`ri bo`ladi? A) d>F B) d C) d=F D) F=0 7 / 25 ushbu ifoda yordamida qaysi fizik kattalik aniqlanishi mumkin? A) Bosim B) Zichlik C) Og'irlik kuchi D) Hajm 8 / 25 Torrichelli o`z tajribasini simobdan emas, suvdan foydalanib o`tkazganida edi, suv ustunining balandligi qanday bo`lar edi (mm)? A) 10⁴ B) 10⁵ C) 10² D) 10³ 9 / 25 Zaryadning saqlanish qonuniga berilgan eng to’g’ri va to`la ta’rifni toping. A) Har qanday zaryadlar tizimidagi zaryadlar yig’indisi o’zgarmaydi B) Atrof muhit bilan zaryad almashmaydigan tizimlardagi zaryadlarning algebrik yig’indisi o’zgarmaydi C) Atrof muhitda to’la ajratilgan tizimlardagi zaryadli zarralar yig’indisi vaqt davomida o’zgarmaydi D) Atrof muhitdan ajratilgan tizimda barcha zarralar zaryadlari modullarining yig’indisi o’zgarmaydi 10 / 25 Rasmda tasvirlangan nuqtalardagi suyuqlik bosimi qanday? A) 1-eng katta, 2-eng kichik B) 1-3-nuqtalarda katta, 2-nuqtada kichik C) 1-eng kichik, 4- eng katta D) 4-eng katta, 2-eng kichik 11 / 25 Yuk ikkala bulok yordamida osilgan. Agar ip υ0 tezlik bilan tortilsa,yuk qanday tezlikda harakatlanadi? A) 2υ₀ B) υ₀/4 C) υ₀ D) υ₀/2 12 / 25 Uchta linzaning fokus masofalari (F) masofada joylashgan. A nur fokusdan o`tib,birinchi linzaga tushadi.Nurning linzalar sistemasidan chiqqanidan keying yo`nalishini aniqlang. A) 3,2 B) 1 C) 5 D) 4 13 / 25 Kvadratning uchlarida 4 ta bir xil q zaryad joylashgan . Kvadrat markaziga joylashgan zarraga ta’sir etuvchi natijaviy kuch 0 ga teng bo’lishi uchun uning zaryadi Q qanday bo’lishi lozim? Bu savolga berilgan jsavobning eng mukammalini ko’rsating A) Q=q B) Q=q/4 C) Q=0 D) Q-ixtiyoriy musbat va manfiy qiymatga ega bo’lishi mumkin 14 / 25 Rezistor va termorezistor o`zgarmas kuchlanish manbaiga ketma-ket ulangan. Termorezistor qizdirilganda rezistordan ajralayotgan energiya tezligi qanday o`zgaradi? A) Kamayadi B) Ortadi 15 / 25 h balandlikdan boshlang`ich tezliksiz erkin tushayotgan jismning kinetik energiyasi yerdan qanday balandlikda potensial energiyasidan 3 marta katta bo`ladi? A) 1,5h B) 2h/3 C) 4h/5 D) 4h/3 16 / 25 Zaryadlangan yassi kondensatorning manfiy zaryadlangan qoplamasi zaryadlanmagan sharchaga ulansa, kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon kuchlanganligi qanday o`zgaradi? A) Kamayadi B) Ortadi 17 / 25 Rasmda bir xil massali turli xil suyuqliklar solingan 3 ta idish tasvirlangan. Suv, spirt, va simob qaysi idishlarda ekanligini aniqlang? A) 1-suv; 2-spirt; 3-simob; B) 2-suv; 3-spirt; 1-simob; C) 1- spirt; 2 -suv; 3-simob; D) 1- spirt; 2 -simob; 3- suv; 18 / 25 Kondensatordagi zaryad = 10?− 0,25?2 qonun bo‘yichao‘zgarmoqda. t=2 s bo‘lgan paytda zanjirdagi tok kuchi (A) topilsin. A) 19 B) 10 C) 9 D) 20 19 / 25 2,2 m balandlikdan pastga vertical otilgan jism polga absolyut elastic urilishi natijasida 7,2 m balandlikka sakradi. U necha m/s boshlang`ich tezlik bilan otilgan? A) 15 B) 5 C) 10 D) 20 20 / 25 To’g’ri chiziqli o’tkazgichdan I tok va I tokli xalqa o’qi bo’ylab oqadi. To’g’ri chiziqli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch qanday yo’nalgan? A) kuchning yo’nalishi to’g’ri chiziqli o’tkazgichdagi tok yo’nalishiga teskari yo’nalgan B) kuch to’g’ri chiziqli o’tkazgichga tik yo’nalgan C) kuchning yo’nalshi to’g’ri chiziqli o’tkazgichdagi tok yo’nalishi bilan mos keladi D) to’g’ri chiziqli o’tkazgichga kuch ta’sir etmaydi 21 / 25 Sun`iy yo`shdosh sharoitida Paskal va Arximed qonunlari o`rinli bo`ladimi? A) Paskal yo`q, Arximed ha B) Paskal ha, Arximed yo`q 22 / 25 Moddaning qattiq jism holatida molekulalarining kinetik va potensial energiyalari orasida qanday Zaryadi 5 nC bo`lgan nuqtaviy zaryad atrofida 3 sm radiusli orbita bo`ylab 5 rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda. Aylanuvchi zaryadning miqdorini uning massasiga nisbatini toping (μC/kg). A) 15 B) 20 C) 10 D) 0.6 23 / 25 Elektr toki qaysi muhitdan o`tganda uning faqat magnit ta`siri kuzatiladi? A) ochiq havodan B) gazdan C) vakuumdan D) suvdan 24 / 25 Quyidagi mexanizm va mashinalarning qaysilari issiqlik mashinalari: 1) bug` mashinasi; 2) elektr generator; 3) elektr dvigatel; 4) reaktiv dvigatel; 5) ichki yonuv dvigateli; 6) shamol tegirmoni; 7) bug` turbinasi? A) 1,4,5,7 B) 1,3,5,7 C) 1,3,5,6 D) 1,4,5,6 25 / 25 Harakatlanayotgan jism ustida biror kuch manfiy ish bajarsa, jismning kinetic energiyasi qanday o`zgaradi? A) Ortadi B) o'zgarmaydi C) too'g'ri javob yo'q D) Kamayadi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz