Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №6 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №6 InfoMaster Aprel 6, 2022 58 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №6 O’ZLIK OLMOSHLARI SO’ROQ OLMOSHLARI BELGILASH OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 35 Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz-do’stini.Ushbu gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta 2 / 35 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar B) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi C) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi D) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan 3 / 35 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) taqsim va kasr son B) jamlovchi va chama son C) dona va chama son D) sanoq va tartib son 4 / 35 Qaysi qatordagi ta’rif sinonim (ma’nodosh ) so’zlarni aks ettiradi ? A) aytilishi va ma’nosi bir hil so’zlar B) bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini anglatuvchi so’zlar C) zid ma’noli so’zlar D) shakli bir xil ,ma’nosi har xil so’zlar 5 / 35 Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to’iqroq va to’g’ri ko’rsatilgan. A) aniqlovchi. B) undalma, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi C) ega, toldiruvchi, aniqlovchi. D) to’ldiruvchi 6 / 35 Qaysi gapda o’zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo’llangan? A) O’zlari xon ,ko’lankalari maydon B) O’zlarimi ,kelsinlar C) Rais amakim o’zlari kelib ketdilar D) Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan 7 / 35 Bulbulga don berish nozik ish, deb o’zlaridan boshqa kishiga ishonmaydilar. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) kesatish B) hurmat C) ta’kidlash D) sof ko’plik 8 / 35 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . B) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . C) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . D) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . 9 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. B) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. C) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. D) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. 10 / 35 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) necha? B) qachon? C) nega? D) qancha? 11 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Hech bir his aqldan bo’lmaydi B) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz D) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi 12 / 35 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 2, 5 B) 2, 6 C) 1, 6 D) 3,5 13 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 14 / 35 Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping. A) butun, bari, har bir B) bu, shu, o’sha, anovi C) bir zum, batamom, ba’zi D) nechta, nechanchi, qancha? 15 / 35 O’zlik olmoshi bog’lanib kelgan ot tarkibida asosan qanday qo’shimcha bo’ladi. A) egalik. B) kelishik. C) ko’plik. D) egalik va kelishik. 16 / 35 O’zlik olmoshi asosan qaysi olmosh o’rnida qo’llanadi? A) belgilash olmoshi B) o’zlik olmoshi hech qanday olmosh o’rnida qo’llanmaydi C) bo’lishsizlik olmoshi D) kishilik olmoshi 17 / 35 Belgilash olmoshi berilgan qatorni aniqlang. A) har qaysi. B) har yerda. C) hech qachon. D) hech yoqdan. 18 / 35 So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan - alla va - dir qo’shimchalari olmoshlarga qanday ma’no kiritadi? A) jamlik B) noaniqlik C) ta’kid D) so’roq 19 / 35 Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.nega? 4.qancha? 5.qanday ? 6.qayer? 7.qachon? A) 2,7 B) 2,6 C) 3,5 D) 1. 7 20 / 35 Quyidagi qaysi gapda belgilash olmoshlari ishtirok etgan.1. Bolalarining har ikkovi ham odobli. 2. Bolalarning hammasi darsga qatnashdi.3. Har vaqt qizi bilan onasi esiga tuskib ketardi. A) 2 B) 2, 3 C) 1,2 D) 1, 2, 3 21 / 35 Belgilash olmoshi qaysi gap tarkibida ishtirok etgan. A) Keng bog’dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi. B) Kelaganlarning bari sizni izlashdi. C) Hamma ishlar va rejalar sizning zimmangizda. D) Yoshlikda o’rgangan hunar o’zinga o’lja qolar. 22 / 35 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. B) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. C) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. D) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. 23 / 35 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. B) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. C) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin D) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. 24 / 35 Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) kesatish B) hurmat C) ko’plik D) belgilash 25 / 35 O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub?1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 5 B) 8 C) 1, 2, 3 D) 6 26 / 35 Qaysi gapda so'roq olmoshi ishtrok etgan? A) Har kim o'z qilmihiga yarasha rnukofot oladi B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 27 / 35 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) hech qanday, hech qaysi. B) qanday?, qanaqa?. C) har qaysi, har bir. D) allanima, allanarsa. 28 / 35 So'roq olmoshlnri nimalarga nisbatan so'roqni bildiradi? A) sabab, maqsad o’rin part B) shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor C) А va C. D) jins, tur, xil 29 / 35 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? B) Uni kim bergan edi sizga? C) Siz qachon ishga borasiz? D) Men qaysi otni minib borayin? 30 / 35 Qaysi gapda so’roq olmoshi noo’rin qo’llangan. A) Unga qay yuz bilan qaraysan? B) Bu ishga nechun rozi bo’lmadi. C) Uning yoshi qanchada? D) To’yga kim-kim keldi? 31 / 35 O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) kesatish B) hurmat C) A, B, C D) ko’plik 32 / 35 O’zlik olmoshi qaysi gapda qollangan? A) Kimdir eshikni taqillatdi. B) Xalqim, o’zing -ilhomimning oltin o’zagi. C) Sizga bir dasta gul keltirdim, onajon! D) Biz ota-onalarimiz so’zlariga doim amal qilmog’imiz zarur. 33 / 35 Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . B) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . C) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . D) Rostini aytsam,o’zim ham unchalik yomon bola emasman . 34 / 35 Qaysi qatordagi gapda o’zlik olmoshi ta'kid ma'nosida qo’llangan. A) O’zingiz bajargan ishlar uchun javjobgarlikni zimmangizga oling. B) U bizga ertalab, ba'zan kechqurun yorug’ yulduz bo’lib ko’rinadi. C) O’z uyim -o’lan to’shagim. D) Men o’zim sizni kutib olgani chiqdim. 35 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Berilgan gaplarning barchasida belgilash olmoshi ishtirok etgan B) Har bir bekning navkarlari yuklarni aravalarga ortib ketmoqda edilar C) Ba’zi kamchiliklarimiz ham yo’q emas. D) Yig’ilishda har xil masalalarga ko’proq e’tibor berishdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz