Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №10 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №10 InfoMaster Aprel 6, 2022 168 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №10 JO’NALISH VA CHIQISH KELISHIGI SHAKLI MUSTAHKAMLASH YORDAMCHI SO’Z TURKUMLARI KO’MAKCHILAR SOF KO’MAKCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 39 Paydo bo'lish usuliga ko’ra undoshlar qanday turlarga bo'linadi? A) jarangli, jarangsiz B) sof va shovqinlilar C) sonor, shovqinli D) portlovhi, sirg'aluvchi 2 / 39 Qanday holatlarda otlarda grammatik ko’plikni ifodalayotgan qo’shimcha egalik qo’shimchasidan keyin joylashishi mumkin? A) hurmat ma'nosi ifodalangan otlarda. B) atoqli otlarga qo’shilganda. C) ko’plik qo’shimchasi har doim egalik qo’shimchasidan oldin joylashadi. D) shaxs yoki narsada asli bir dona bo’ladigan predmedlarni bildirgan so’zlarga qo’shilganda. 3 / 39 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) tartib. B) dona. C) jamlovchi. D) chama. 4 / 39 Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan ? A) Qadrlasang qadring oshar ,qadrsizdan hamma qochar B) Do’sting ming bo’lsa ham oz ,dushmaning bir bo’lsa ham ko’p C) Bilgan bilganini ishlar ,bilmaganP barmog’ini tishlar D) Bugungi ishni ertaga qo’yma 5 / 39 Ko’plikdagi kishilik olmoshlarini qaysi bir uslubiy talab bilan birlikni ko’rsatuvchi olmosh o’rnida kelishi mumkin. A) biz, siz, ular. B) ular. C) biz D) biz va siz. 6 / 39 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. B) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. C) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. D) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. 7 / 39 Hech so'zini qaysi so'zlar oldidan keltirish bilan bo'lishsizlik olmoshlari hosil qilsa bo'ladi? A) kim, qanday, qancha B) bir, narsa, C) А, В, С. D) nima, qachon 8 / 39 Qaysi so’zlarda egalik qo’shimchasi berilmagan? A) ho’plam, qaram B) bolam, parvonam C) xolam, na’ram D) nolam, jo’ram 9 / 39 Egalik qo’shimchalari mavjud bo’lgan so’zlarni aniqlang. A) so’lim, qo’nim, korim B) tuzim, unim, qonim C) bosim, bilim, to’zim D) halim, terim,bo’lim 10 / 39 So’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beruvchi yordamchi so’zlar... A) yuklama B) modal C) bog’lovchi D) ko’makchi 11 / 39 Quyidagi hususiyatlarning qaysilari mustaqil va yordamchi so`zlarni farqlash uchun xizmat qiladi?1 Ma`lum so`roqqa javob bo`ladigan . 2 Bosh bo`laklar vazifalarini bajarishi va bajarmasligi 3Atash ma`nosining mavjudligi yoki mavjud emasligi 4 Gapda ma`lum gap bo`lagi vazifasida kelish kelmasligi so`z yasalish tiziminig bor yo`qligi A) 3.4.5. B) 2.4.5. C) 1.2. D) 1.3.4. 12 / 39 Sof ko’makchilarning xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilagan javobni toping. A) o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga bog’lash uchun xizmat qiladi B) bunday ko’makchilar utg’u olmaydi C) ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil etadi. D) bunday ko’makchilar atash ma’nosini tamoman yo’qotgan bo’ladi. 13 / 39 Men ketgan so ‘ng uydan chiqib o’ltirma.Do'st yig'latib, dushmanimni kuldirma Berilgan qo‘shmisrada qaysi kelishik shakllari ham belgili ham belgisiz qo'llangan? A) tushum B) chiqish C) qaratqich D) chiqish va tushum 14 / 39 Qaysi javobda sof ko’makchi berilgan? A) burun ,ilgari ,keyin B) uchun , kabi ,singari,sari ,sayin C) tog’risida ,haqida D) ko’ra ,qarab , qaraganda 15 / 39 Sof ko'makchilar berilgan qatorni belgilang. A) evaziga, yo'sinda, boshlab B) yanglig', dovur, doir C) qarata, asosan, bobida D) yarasha, badaliga, vajidan 16 / 39 Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar .... deyiladi . A) undov va taqlid so’zlar B) mustaqil so’zlar C) yordamchi so’zlar D) modal so’zlar 17 / 39 Yo’nalish ma’nosini ifodalgan sof ko’makchilarni aniqlang 1) tomon 2) sari 3) qarab 4) qadar 5) sayin 6) bo’ylab A) 2,4 B) 2 C) 1,2,5 D) 1,2,3,6 18 / 39 Sof ko’makchi qo’llangan gapni toping. A) Gap futbol o’yini ustida ketyapdi, B) Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi, C) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar. D) Gapirishdan avval yaxshilab o’ylash lozim. 19 / 39 Saidiy o‘zining ish bo‘lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o‘tirdi-da, stol ustidagi kitobni oldi.Ushbu gapda nechta o‘rinda kelishik shakli belgili qoiiangan? A) 4 ta B) 7ta C) 3ta D) 6 ta 20 / 39 Kelishiklar vazifasiga ko’ra qaysi birliklarga o’xshash bo’ladi ? A) to’siqsiz fe’llarga B) ko’makchilarga C) kelishik qo'shimchala’ga D) nisbat hosil qiluvchi qo'shimchala’ga 21 / 39 Egalik va kelishik qo‘shimchalari shakldoshligi qaysi gapda kuzatiladi? A) Uning arzimudur bunda yozilg‘on? B) Kelib so‘rdingmi hech holimi? C) 0‘g‘lima o‘xshaydi ovozing saning D) Xonasin eshigin yopmayin ketmas. 22 / 39 Quyida berilgan gapdagi tushum va qaralqich kelishiklari sonini aniqlang.Har bir farzand ona nasihatlarini jon quiog'i bilan eshitishi, to'g'ri yo'lga targ'ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyursa, shu buyurilgan ishda xatolik borligini sezsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko'ndirishi iozim. A) 1 ta qaratqich, 6 ta tushum B) 3 ta qaratqich, 6 ta tushum C) 3 ta qaratqich, 5 ta tushum D) 1 ta qaratqich, 5 ta tushum 23 / 39 Tilimizda kelishik qo’shimchalari aro ma’nodoshliking qaysi turi kuzatilmaydi ?1) ni va da 2 ) ga va da 3) ga va dan 4) ni va ning A) 2,4 B) faqat 4 C) 1,3,4 D) Barchasi kuzatiladi 24 / 39 Kelishik shakllarining qo'llanishi bilan bog'liq to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Qaraqtqich va qaralmish yonma-yon kelsa, qaratqich belgisiz qo'llanadi. B) Sifatdoshlarga qo'shilgan qaratqich belgili qo‘llanadi. C) Olmoshlarda jo‘nalish belgisiz qo‘llanadi. D) Atoqli otlarga qo'shilgan tushum belgisiz qo‘llanadi. 25 / 39 Qaysi gapda sof ko’makchi ishtirok etmagan? A) Toshbaqa uyasi tomon sudraldi. B) Bu uchun hammamiz ancha gap eshitamiz. C) Vatan ham Ona kabi qadirlidir. D) Yangiliklarni xat bilan ma’lum qilib turamiz. 26 / 39 Sof ko'makchilar haqida qaysi hukm noto'g'ri ? A) Sof ko'makchilar yolgiz o'zi gap bo'lagi bolib kela olmaydi B) Sof ko'makchilar tobe o'zni hokim so'zga bog'lashga xizmat qiladi C) Sof ko'makchilar urg'u olmaydi D) Sof ko'makchilar she'riy nutqda ba'zi hollarda chiziqcha bilan yozilishi mumkin 27 / 39 Ko’makchilar, asosan, quyidagi qaysi so’zlardan keyin kelmasligi mumkin? A) ot, olmosh B) A va B C) ravishdosh, otlashmagan so’zlar D) harakat nomi, sifatdosh 28 / 39 Qaysi kelishik qo‘shimchasi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha bilan shakldoshlik hosil qila oladi? A) o‘rin-payt B) jo‘nalish C) chiqish D) Bunday shakl yo‘q. 29 / 39 1 Uzum ye. 2. Uzumni ye. 3 Uzumdan ye.Ushbu gaplar ma’nosida qanday farq mavjud? A) 1-sida aniq uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida har qanday uzum va uning bir qismi. B) Ma’noiar orasida farq kuzatilmaydi. C) 1-sida har qanday uzum, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida aniq uzum va uning bir qismi. D) 1-sida har qanday uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va uning bir qismi, 3-sida aniq uzum va hammasi 30 / 39 Qaysi gapda sof ko’makchi qo’llangan ? A) Salima hammadan ko’ra ko’p kitob o’qiydi B) Karim ertadan boshlab ishga kirishardi C) Darsni puxta tayyorlanganim uchun “5” baho oldim D) Jahon bo’ylab tinchlik qo’shig’I yangrar 31 / 39 Sen o'z xulqingni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand, Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo'lmadi farzand.Kelishiklaming qo'llanilishi haqida to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) 2 ta belgili, 3 ta belgisiz. B) 4 ta belgili , 2 ta belgisiz C) 3 ta belgili , 2 ta belgisiz D) 3 ta belgili , 3 ta belgisiz 32 / 39 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan so’zlar ganda qanday bo’lak vazifasini bajaradi? A) faqat vositali to’ldiruvchi B) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, vaziyat holi C) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi D) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, payt holi 33 / 39 Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchilar ... A) yuklamalar B) vazifadosh ko’makchilar C) sof ko’makchilar D) bog’lovchilar 34 / 39 Qo’shimcha shaklidagi so’zlar turkumini nima tashkil etadi ? A) bog’lovchi B) yuklama C) kelishik D) undov so’z 35 / 39 Ko’makchilar vazifasiga ko’ra qaysi birliklarga o’xshash ? A) ko’makchi fe’llarga B) kelishik qo’shimchalar C) nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar D) to’liqsiz fe’llarga 36 / 39 Quyidagi berilgan qaysi turkumga oid birliklarning bazilari o’zlari birikib ketgan so’zdan chiziqcha(defis) bilan ajralib yoziladi? A) yuklamalar B) ko’makchilar C) bog’lochilar D) A,.B 37 / 39 Qaysi qatorda ko’makchining ta’rifi to’g’ri berilgan? A) Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar. B) Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar. C) So’z yoki gaplarga so’roq, ta’kid ayirish-chegaralash, gumon, o’xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalar.. D) Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar. 38 / 39 Sof ko’makchilar berilgan javobii toping. A) sari, sayin, sung, boshida B) kabi, tufayli, haqida, qadar C) tomom, boshida, uchun, orqali D) singari, misoli, haqida, bo’ylab 39 / 39 Chiqish kelishigi haqidagi noto‘g‘ri mulohazani aniqlang.1 Jo‘nalish kelishigi bilan sinonim boia oladi.2 Qaratqich kelisigi bilan sinonim bo‘la oladi.3 Tushum kelishigi bilan sinonim bo‘la oladi.4 Tobe so‘z chiqish kelishigida bo‘lganda chiqish o‘rnining aniq boiishi anglashiladi. 5. Tobe so‘z chiqish kelishigida bo‘lganda qiyos ma’nosi anglashiladi. A) 3,4 B) Barchasi to‘g‘ri. C) faqat 1 D) 2,3,5 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz