Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №9 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №9 InfoMaster Aprel 6, 2022 142 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №9 EGALIK QO’SHIMCHALI SO’ZLARNING IMLOSI MUSTAHKAMLASH KELISHIK SHAKLLARI BOSH KELISHIK SHAKLI QARATQICH KELISHIGI SHAKLI TUSHUM KELISHIGI SHAKLI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 37 Lug’aviy shakl qo’shimchalariga qaysilar kiradi? A) –ni, -ga, -dan, -ning B) –lar, -roq, -cha, -choq C) –man,-san, -miz D) –chi, dosh, -simon 2 / 37 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan B) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi C) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar D) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi 3 / 37 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi B) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi C) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak D) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi 4 / 37 Qaysi javobda ko'p ma’noli so'zni shakldosh (omonim)lardan farqlovchi asosiy xususiyat berilgan? A) ko'p ma’nolilik mustaqil so'z tur- kumlariga xos B) ko'p ma’noli so'zlar gap bo'laklari bo'la oladi C) ko'p ma’noli so'zlar necha ma’noga ega bo'lmasin, ma'nolar o'zaro bog'langan bo'ladi D) ko'p ma’noli so'zlar ma’nosi gapda namoyon bo'ladi 5 / 37 Qaysi qatordagi gapda ko’rsatish olmoshni qo'llangan? A) U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi ? B) Kim nima istashini bilmasa, uni biz rejasiz inson hisoblaymiz. C) Наг kuni men uning uyiga borar edim. D) Nima xohlashini o‘zimga aytsin: ba’zilarga o‘xshab mendan qochib yurmasin. 6 / 37 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Hech bir his aqldan bo’lmaydi B) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi C) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi D) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz 7 / 37 Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi mavjud? A) Siz bolalik qilib, bunaqa xomxayollarga borib yurmang B) Har narsaga jahl qilavermaslik lozim . C) Bu cholni butun yurt izzat qiladi. D) Hech kimni shafe keltirmay tura turing, hali . 8 / 37 Egalik qo’shimchalari qo’shilgach, o’zakda qanday o’zgarishlar yuz berishi mumkin? A) tovush tushadi. B) tovush tushadi va almashadi C) tovush tushadi, almashadi, ortadi D) faqat tovush almashadi 9 / 37 Egalik qo'himchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ?1 modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda2 zamon otiga qo'shilganda 3qarindoshlik otlariga qo'shilganda A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 3 10 / 37 Qisqasi, madaniyatli bo’lish uchun odamga faqat bilim, kiyim, taqinchoq, yaxshi ro‘zg‘orning o‘zigina kifoya emas.Gapda qaratqich kelishigining ishlatilishi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri? A) faqat 1 ta belgili qaratqich shaklidagi so‘z mavjud B) 1 ta belgili, 1 ta belgisiz C) 1 ta belgili, 3 ta belgisiz D) 1 ta belgili, 2 ta belgisiz 11 / 37 Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi –si shaklida qo’shiladi? A) mavzu B) avzo C) parvo 12 / 37 So‘zga egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida qanday fonetik hodisa yuz berishi mumkin?1) tovush tushishi; 2) tovush ortishi; 3) tovush almashishi. A) faqat 1 B) 1,2,3 C) 2,3 D) l,3 13 / 37 Sen esa, ey qalbim, shu umid uchunEng so‘nggi yolqining bera olsang bas.She’riy parchadagi belgisiz qoilangan kelishikni toping. A) qaratqich va tushum B) qaratqich va o‘rin-payt C) tushum D) qaratqich 14 / 37 Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila.Ushbu baytda tushum kelishigi qay tarzda qo‘llangan? A) bir o'rinda belgili, ikki o‘rinda belgisiz B) ikki o'rinda belgili, ikki o'rinda belgisiz C) ikki o‘rinda belgili, bir o'rinda belgisiz D) bir o'rinda belgili, bir o‘rinda belgisiz 15 / 37 Qaraqtich kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang1) qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichni qaralmishga tobelantirib bog’laydi;2) qaratqich kelishigidagi so’z qarashlilik va egalik ma’nolarini anglatadi;3) qaratqich va qaralmish o’rtasida boshqa so’z qo’llansa ,qaratqich kelishigi tiklanadi;4) qaratqich kelishigidagi so’z harakat nomi bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5) qaratqich kelishigidagi so’z atoqli ot,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi; A) 1,2,3,5 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,5 16 / 37 Yaxshi tarbiya ko’rgan odam… xislatlari… biri shuki, bunday odam o’z faoliyati… boshqalar…bir qadam oldin…o’tsa, sheriklari…yordam qo’li…uzatadi, safi…kengaytirib, yangi g’alaba…ko’zlaydi. A) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ni,-ni,-ni,-ni B) -ning,dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni C) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni D) -ni,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni 17 / 37 Qaratqich keiishigi qachon belgisiz qo'Ilanishi mum kin ? A) Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda B) Qaratqich keiishigi sifatdoshlarga qo'shilganda C) Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda D) Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda 18 / 37 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik.Berilgan so'zlarning qaysi biriga egalik qo'shimchasi qo'shilganda, asosqismda fonetik o'zgarish bo'ladi? A) 1,2,3,4 B) faqat 5 C) 2,5 D) 1,3,4 19 / 37 Tushum kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang 1) tushum kelihigidagi so’z faqat o’timli fe’llarga bog’lanadi ;2) tushum kelihigidagi so’z bilan o’timli fe’l yonma-yon turganda kelishik tuhib qolmaydi ;3) tushum kelihigi bilan o’timli fe’l o’rtasida boshqa so’z qo’llana oladi ;4) tushum kelihigidagi so’z taqlid so’z bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5)tushum kelihigidagi so’z atoqli ot ,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi A) 1,3,5 B) 2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5 20 / 37 Egalik qo'shimchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ? A) qarindoshlik otlariga qo'shilganda B) egalik qo'shimchasi har doim egalik ma'nosini ifodalaydi C) modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda D) zamon otiga qo'shilganda 21 / 37 Mingga kirmasak ham,Kirardik yuzga,Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik.Nechta so'z bosh kelishik shaklida kelgan? A) 3ta B) 1 ta C) 2ta D) Bunday so'z qo'llanmagan 22 / 37 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i B) kitobning muqovasi,o’zining she’ri C) mening kitobim , o'z bog'im D) Bobur bog'i ,Orol dengizi 23 / 37 Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlami hamjihatlik, birodarlik va samimiyatga chorlaydi.Berilgan gapdagi nechta so‘z bosh kelishik shaklida qoilangan? A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 5 ta 24 / 37 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 2, 3 B) faqat 2 C) l,2 D) 1,3 25 / 37 Adab kichkinalar mehrini ulug'lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko'nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy)Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo'shimchasi necha o'rinda belgisiz qo'llangan? A) 1 B) 2 C) 4 D) 3 26 / 37 Qaratqich kelishigi qachon belgisiz qo'llanmaydi ?1 Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda2 Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda3 Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda4 Qaratqich keiishigi sifatdohlarga qo'shilganda A) 1,2,3,4, B) 2,4 C) 1 D) 2,3,4 27 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida uning huzuri… shogirdlari… biri kiritdi. U ustozining umri tugayotgani… sezib, ko‘nglini ko‘targan boiibdi.Qaysi javobda ushbu parchadagi nuqtalar o‘rniga yoziladigan qo‘shimchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) qaratqich kelishigi, chiqish kelishigi, qaratqich kelishigi qo‘shimchalari B) jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchaIari C) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari D) jo‘nalish kelishigi, chiqish kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari 28 / 37 So'zlarga tushum kelishigi qo'shimchasi qo‘shilganda qanday fonetik o‘zgarish sodir boiishi mumkin? A) tovush almashishi va tushishi B) tovush almashishi C) tovush orttirilishi va tushishi D) tovush tushishi 29 / 37 Bunim yo’q,unim yo’q Uyimda unim yo’q . Ishimda unum yo’q , Aytishga unim yo’q .Ushbu she’riy parchada egalik qo’shimchasi nechta o’rinda qo’llangan ? A) 7 B) 4 C) 5 D) 6 30 / 37 Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang. A) Paxtaning ziltga chidamli xillarini yaratish ustida tajriba olib borayotgan olimlarni ko‘rdik. B) Ulug‘ saltanati bilan olamni titratgan Amir Temur ustozini oyoq tomoniga qo‘yilishini vasiyat qilgan edi. C) Ongni eskirgan, g'arazli maqsadlardan tozalash zarur. D) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. 31 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotgani... uning huzuri... shogirdlari... biri kiribdi. U ustozining umri tugayotgani... sezib ko‘ngli... ko‘targan bo‘libdi. Kutilmaganda Beruniy unga bir savol berib golibdi.Ushbu parchada nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi tushirib qoldirilgan? A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta 32 / 37 Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda fonetik o’zgarish yuz bermaydi?1.ishtirok 2. chelak 3.nok 4.ocherk 5.yuk 6.chaqmoq 7.erk A) 1,2,3,7 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 3,4,5,7 D) 1,3,4,5,7 33 / 37 Qachon egalik qo'himchaiari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi A) mustaqil fe'l bilan qo'llanganda B) sifatdosh va harakat nomi bilan qo'llanganda C) to'liqiz fe'l bilan qo'llanganda D) harakat tarzi shakli bilan qo'llanganda 34 / 37 Qaratqich kelishigi qaysi so’zlarga qo’shilganda tushib qolmaydi ? A) atoqli otlar ,olmoshlar va harakat nomiga B) atoqli otlar ,otlashgan so’zlar va harakat nomiga C) atoqli otlar ,olmoshlar va sifatdoshlarga D) atoqli otlar ,turdosh otlar va olmoshlarga 35 / 37 Tuproqto‘shagidayotgan ko‘pko‘rdim,Yer qaro bag‘riga botgan ko‘p ko‘rdim,Yo‘qlik olamiga ko‘z tashlaganda Kelmagan ko‘p ko‘rdim, ketgan ko‘p ko‘rdim.She’rda nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan? A) 3 ta B) 4ta C) 5ta D) 1 ta 36 / 37 Egalik qo’shimchalari mavjud bo’lgan so’zlarni aniqlang. A) halim, terim,bo’lim B) so’lim, qo’nim, korim C) bosim, bilim, to’zim D) tuzim, unim, qonim 37 / 37 Bo‘yningdan ketgan yo‘q hali dor izi,Qo‘y» qora kunlarning o‘chsin qorasi!Sen borsan - Temurning ulug‘ vorisi,Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek.She’riy parchadagi kelishik shakllari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang? A) 5 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan. B) 5 ta belgili, 2 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan C) 4 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan D) 4 ta belgili, 1 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz