Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №6 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №6 InfoMaster Aprel 6, 2022 83 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №6 O’ZLIK OLMOSHLARI SO’ROQ OLMOSHLARI BELGILASH OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 35 Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz-do’stini.Ushbu gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 2 / 35 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. B) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda C) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. D) Hovli tor, devorlari baland edi. 3 / 35 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . B) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. C) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . D) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . 4 / 35 Antonimlar qo‘llangan gapni toping. A) Moyli bo 'yoqdan tortib toza spirtgacha uning qo ‘lida. B) Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ко ‘z yumdi. C) Bir no ‘noqni bir epchil eplaydi. D) Nurmat tog'a ozoda, mirishkor odam bo ‘lganidan shiyponni guldek tutadi. 5 / 35 Ko’rsatish olmoshi berilmagan gapni toping. A) Sening o’qishdagi muvaffaqiyatlaring bizni hursand qildi. B) Shu atrofda bir ovoz eshitildi. C) Bu kobob unga juda shirin tuyuldi. D) Bektemir buni umrida birinchi marta tortishi edi. 6 / 35 O’zlik olmoshi bog’lanib kelgan ot tarkibida asosan qanday qo’shimcha bo’ladi. A) ko’plik. B) egalik. C) kelishik. D) egalik va kelishik. 7 / 35 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. B) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. C) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin D) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. 8 / 35 Qaysi qatordagi gapda o’zlik olmoshi ta'kid ma'nosida qo’llangan. A) O’zingiz bajargan ishlar uchun javjobgarlikni zimmangizga oling. B) O’z uyim -o’lan to’shagim. C) Men o’zim sizni kutib olgani chiqdim. D) U bizga ertalab, ba'zan kechqurun yorug’ yulduz bo’lib ko’rinadi. 9 / 35 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. B) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. C) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. D) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. 10 / 35 Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping. A) bir zum, batamom, ba’zi B) bu, shu, o’sha, anovi C) nechta, nechanchi, qancha? D) butun, bari, har bir 11 / 35 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 2, 5 B) 2, 6 C) 3,5 D) 1, 6 12 / 35 Belgilash olmoshi berilgan qatorni aniqlang. A) har yerda. B) hech yoqdan. C) hech qachon. D) har qaysi. 13 / 35 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . B) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . C) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . D) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . 14 / 35 O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub?1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 5 B) 8 C) 1, 2, 3 D) 6 15 / 35 Belgilash olmoshi qaysi gap tarkibida ishtirok etgan. A) Keng bog’dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi. B) Kelaganlarning bari sizni izlashdi. C) Hamma ishlar va rejalar sizning zimmangizda. D) Yoshlikda o’rgangan hunar o’zinga o’lja qolar. 16 / 35 Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.nega? 4.qancha? 5.qanday ? 6.qayer? 7.qachon? A) 2,7 B) 1. 7 C) 2,6 D) 3,5 17 / 35 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) necha? B) qachon? C) nega? D) qancha? 18 / 35 Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) Rostini aytsam,o’zim ham unchalik yomon bola emasman . B) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . C) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . D) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . 19 / 35 Qaysi gapda o’zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo’llangan? A) Rais amakim o’zlari kelib ketdilar B) O’zlarimi ,kelsinlar C) Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan D) O’zlari xon ,ko’lankalari maydon 20 / 35 Bulbulga don berish nozik ish, deb o’zlaridan boshqa kishiga ishonmaydilar. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) kesatish B) sof ko’plik C) hurmat D) ta’kidlash 21 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. B) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. C) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. D) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. 22 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi 23 / 35 Quyidagi qaysi gapda belgilash olmoshlari ishtirok etgan.1. Bolalarining har ikkovi ham odobli. 2. Bolalarning hammasi darsga qatnashdi.3. Har vaqt qizi bilan onasi esiga tuskib ketardi. A) 2, 3 B) 1,2 C) 1, 2, 3 D) 2 24 / 35 O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) A, B, C B) ko’plik C) hurmat D) kesatish 25 / 35 So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan - alla va - dir qo’shimchalari olmoshlarga qanday ma’no kiritadi? A) ta’kid B) noaniqlik C) so’roq D) jamlik 26 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Har bir bekning navkarlari yuklarni aravalarga ortib ketmoqda edilar B) Berilgan gaplarning barchasida belgilash olmoshi ishtirok etgan C) Yig’ilishda har xil masalalarga ko’proq e’tibor berishdi D) Ba’zi kamchiliklarimiz ham yo’q emas. 27 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Hech bir his aqldan bo’lmaydi B) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi D) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz 28 / 35 Qaysi gapda so’roq olmoshi noo’rin qo’llangan. A) Bu ishga nechun rozi bo’lmadi. B) Unga qay yuz bilan qaraysan? C) To’yga kim-kim keldi? D) Uning yoshi qanchada? 29 / 35 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) qanday?, qanaqa?. B) har qaysi, har bir. C) allanima, allanarsa. D) hech qanday, hech qaysi. 30 / 35 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Uni kim bergan edi sizga? B) Men qaysi otni minib borayin? C) Siz qachon ishga borasiz? D) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? 31 / 35 Qaysi gapda so'roq olmoshi ishtrok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Har kim o'z qilmihiga yarasha rnukofot oladi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 32 / 35 So'roq olmoshlnri nimalarga nisbatan so'roqni bildiradi? A) jins, tur, xil B) А va C. C) shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor D) sabab, maqsad o’rin part 33 / 35 O’zlik olmoshi qaysi gapda qollangan? A) Xalqim, o’zing -ilhomimning oltin o’zagi. B) Sizga bir dasta gul keltirdim, onajon! C) Kimdir eshikni taqillatdi. D) Biz ota-onalarimiz so’zlariga doim amal qilmog’imiz zarur. 34 / 35 O’zlik olmoshi asosan qaysi olmosh o’rnida qo’llanadi? A) kishilik olmoshi B) o’zlik olmoshi hech qanday olmosh o’rnida qo’llanmaydi C) belgilash olmoshi D) bo’lishsizlik olmoshi 35 / 35 Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) belgilash B) kesatish C) ko’plik D) hurmat 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz