Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №5 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №5 InfoMaster Aprel 6, 2022 196 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №5 II MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARI HAIQDA MA’LUMOT OLMOSH SO’Z TURKUMI VA UNING TASNIFI KO’RSATISH OLMOSHLARI KO’RSATISH OLMOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI KISHILIK OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 34 Lab-tish , sirg'aluvchi, jarangli undosh tovush qaysi qatorda to'g'ri berilgan? A) m B) ng C) f D) d 2 / 34 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Bemor otamni ko’rgani kasalxonaga bordim, B) Yaxshi ko’rganimni bilasiz-da. C) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. D) Ko’rganni eshitgan yengadi. 3 / 34 So’zning o’z va ko’chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi . Mehribon qo’llar sizni hamisha qo’llab quvatlaydi B) Ilgari ostonamiz tuyoq ko’rmagan . Harbiy intizom temir intizomni talab qiladi C) Qishloq markaziga shu yo’l bilan boriladi .Bahslashishga yo’l qolmagan edi D) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi . Daraxtlar uyg’ondi 4 / 34 Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang A) ishladi, ishlamadi B) oq ko’ngil, ichi qora C) xursand ,dili siyoh D) yupqa , qalin 5 / 34 Quyida berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1)nutqdan tashqaridagi barcha shaxs ;2)nutqdan tashqaridagi predmet; 3)nutqdan tashqaridagi voqea-hodisa;4)tinglovchi A) 1,2,3 B) 1,4 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4 6 / 34 Ko'rsatish olmoshlarining yozilishi noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) manavi, anavi B) mana bu C) barchasi to'g'riyozilgan. D) ana bu, anashu 7 / 34 Qaysi gapda u ko’rsatish olmoshi qo’llangan. A) U ko’pchilikning kuchini birinchi marta sezgan edi. B) U odamning suhbatini ko’pchilik yoshlar qumsar edi. C) U majlisga raislik qilishning qiyinligini birinchi marta his qildi. D) Muattar uning shodlikdan uchqun sezilib turgan ko’zlariga qaradi. 8 / 34 Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo’llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin ? A) siz ,o’zingiz B) biz ,siz C) ular , siz D) men ,sen 9 / 34 Ko’rsatish olmoshi qatnashgan gapni aniqlang . A) Belgilangan ishlarning hammasini biz bajardik. B) Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? C) Aytgil ,do’stim ,nima qildik Vatan uchun ! D) Hammasi joyida, do’stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman . 10 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh sifat o’rnida qo’llangan? A) Gul ochildi.Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. B) Karim gullarni uza boshladi.Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi. C) Gullarning ko’pi pushtirang.Ana shu rang manga juda yoqadi. D) Barchasi to’g’ri 11 / 34 Qaysi olmosh kamtarlik ma'nosini ham ifodalaydi? A) ular B) biz C) sen D) men 12 / 34 Qaysi olmosh yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma'nosini ham bildiradi? A) В, С. B) ular C) biz D) siz 13 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaratqich kelishigi qo’shilgandagi holat bilan nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi qo’shilganda holat shaklan teng boladi. A) III shaxs birlikda. B) III shaxs birlik va ko’plikda. C) II shaxs birlikda D) ko’rsatish olmoshlariga kelishik va egalik qo’shimchalari qo’shilganda shakliy tenglik bo’lmaydi. 14 / 34 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) l,2 B) 1,3 C) faqat 2 D) 2,3 15 / 34 Olmoshlarning o’ziga xos grammatik xususiyatlari qaysilar.1 Olmoshlar otlarga xos so’z o’zgartiruvchilarni qabul qiladi.2 Olmoshlar egalik qo’ shimchalarini olib qo’llanadi.3 Boshqa so’z turkumlarida qo’shimchalar yordamida olmoshlar yasalmaydi.4 Olmoshlardan ayrim yasovchi affikslar yordamida boqa so’z turkumlariga xos so’zlar yasaladi. A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,3 16 / 34 Ko’plikdagi kishilik olmoshlarini qaysi bir uslubiy talab bilan birlikni ko’rsatuvchi olmosh o’rnida kelishi mumkin. A) ular. B) biz va siz. C) biz, siz, ular. D) biz 17 / 34 Quyidagi javoblardan qaysi birida ko'rsatish olmoshlari berilmagan? A) аna, mana B) bu, shu C) u, o'sha D) barchasi ko’rsatish olmoshlari 18 / 34 Kishilik olmoshi berilmagan gapni aniqlang. . A) O’sha odamning o’zginasi, faqat bunday tugmali kiyimi yo’q edi. B) Sizsiz ishimizni bitirishimiz mushkul. C) U to’g’i, chiroyli yozadi. D) Men nechun maqtamay ona-Vatanni. 19 / 34 Kitobni ko’p o’qisangiz ,undan ko’p hikmat topasiz.Ushbu gapdagi undan olmoshi qaysi so’z o’rnida qo’llanyapti? A) hech qaysi so’z o’rnida qo’llangani yo’q B) o’qisangiz C) kitobni D) ko’p 20 / 34 Qaysi qatordagi gapda ko’rsatish olmoshni qo'llangan? A) Наг kuni men uning uyiga borar edim. B) U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi ? C) Kim nima istashini bilmasa, uni biz rejasiz inson hisoblaymiz. D) Nima xohlashini o‘zimga aytsin: ba’zilarga o‘xshab mendan qochib yurmasin. 21 / 34 Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan ? A) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim B) “Mana bunisi Manzuraxonga “ ,- deb uzatdi C) Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman D) Bunda bor harorat ,muhabbat ,shafqat 22 / 34 Qaysi gapdagi kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanmoqda? A) Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak, Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. B) -Sening qancha puling bor edi? - deb so’radi mirshab sho’rlik kosib yigitdan. C) Bu ishlarning hammasini mening o’zim bajarganman. D) O’zimni moziyning bag’riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men. 23 / 34 Qaysi gapda II shaxs egalik qo‘shimchasini qabul qilgan ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan? A) Buning nomi “Sindirish” deb ataladi. B) Buning nimasi yomon? . C) Buning meni bir kuni aqldan ozdiradi. D) Unim yo‘q, bunim yo‘q, Ro‘zg‘orda unim yo‘q. 24 / 34 Ko’rsatish olmoshi berilmagan gapni toping. A) Bu kobob unga juda shirin tuyuldi. B) Sening o’qishdagi muvaffaqiyatlaring bizni hursand qildi. C) Bektemir buni umrida birinchi marta tortishi edi. D) Shu atrofda bir ovoz eshitildi. 25 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaysi qo’shimchalar qo’shilsa asos va qo’shimcha o’rtasida bir n tovushi orttiriladi? 1.ayrim kelishik qo’shimchalari 2.egalik qo’shimchalari 3.shaxs-son qo’shimchalari 4.-day, -dek, aqa, -cha qo’shimchalari A) 1,2,4 B) 1,2 C) 1,4 D) 1,2,3,4 26 / 34 І shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan B) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. C) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? D) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. 27 / 34 Kishilik olmoshlari berilgan qatorni aniqlang. A) men, sen, u, biz, siz, ular. B) hamma, barcha, bari, har kim, hech nima. C) bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu. D) qachon, qayer, kim, nima, o’sha, necha. 28 / 34 Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to’iqroq va to’g’ri ko’rsatilgan. A) ega, toldiruvchi, aniqlovchi. B) aniqlovchi. C) undalma, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi D) to’ldiruvchi 29 / 34 Quyidagi qaysi qo'shimchalar qo'shilganda, ko'rsatish olmoshlarida asos bilan qo'shimcha orasida bir "n" tovushi orttirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi? A) -day, -dek B) A va B. C) - aqa, -cha D) -ning, -ni 30 / 34 Istagim shuki, doimo tinchlik bo’lsin.Ushbu gapdagi shuki olmoshi qaysi birlik o’rnida qo’llanyapti? A) istagim B) doimo C) doimo tinchlik bo’lsin D) tinchlik 31 / 34 Olmoshlar qaysi birliklar o’rnida qo’llana oladi? 1.so’z birikmasining o’rnida 2. so’z o’rnida 3.gap o’rnida A) 2 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 2,3 32 / 34 Qaysi so’z turkumining aniq lug’aviy ma’nosi yo’q? A) ot B) olmosh C) fe’l D) sifat 33 / 34 ІІ shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. B) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan C) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. D) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? 34 / 34 1 U ona bo'lishdan behad shod. 2 U qiz uzoqda yashaydi. 3 U biz qidirgan оdam emas. 4 Faqat u kishidan bir gap chiqadi.Qaysi gap tarkibida u so‘zi ko'rsatish olmoshi bo‘lib kelgan? A) 1,2, 3 B) 2, 3,4 C) 2, 4 D) 1,3 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz