Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №4 6-sinf Ona tili7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №4 InfoMaster Aprel 6, 2022 249 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №4 MA’NODOSHLAR (SINONIMLAR) SHAKLDOSH ,QARAMA QARSHI MA’NOLI SO’ZLARDAN FOYDALANISH SHAKLDOSHLAR(OMONIMLAR) ZID MA’NOLI SO’ZLAR (ANTONIMLAR) Mavzular yuzasidan testlar 1 / 33 Telbalik, aslida, ko'pchilik ko'nikkan tarzga xilof yondashish samarasidir. Ushbu gapda nechta yasama so'z qatnashgan? A) 2 B) Yasama so'z mayjud emas. C) 3 D) 4 2 / 33 O’rin-joy otlari qaysi javobda berilgan ? A) ko’cha, guzar, shahar B) mahalla, bostirma, bezak C) tug’ma, achitqi, qamishzor D) qishloq, to’plam, toshloq 3 / 33 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) jamlovchi va chama son B) taqsim va kasr son C) sanoq va tartib son D) dona va chama son 4 / 33 Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang A) ishladi, ishlamadi B) oq ko’ngil, ichi qora C) yupqa , qalin D) xursand ,dili siyoh 5 / 33 3 Ma’nodosh so’zlar qo’llangan gapni ko’rsating A) Yoz kunlarining birida Vali oshna og’aynilari, jo’ralari ,do’stlari bilan toqqa aylangani bordi B) Go’zal hech qachon yutuqlari bilan maqtanmas ,mag’rurlanmas edi C) Anvar nimadir so’ramoqchi edi,biroq Karim darrov g’oyib bo’ldi D) Sen nimadan xursandsan? 6 / 33 1.Hech bo’lmaganidan ko’ra, kech bo’lgani yaxshi. 2. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 3. Kech kirib, hamma uy-uyiga tarqaldi. Ushbu gaplarda qo’llangan kech so’zlarining qaysi biri o’zaro ko’p manoli yagona so’z hisoblanadi? A) Birinchi va ikkinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z B) Barcha gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z C) Birinchi va uchinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z D) Ikkinchi va uchunchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z 7 / 33 Qarama qarshi ma’noli so’zlar qatnashgan gapni toping A) Ozchilik ko’pchilikka bo’ysunadi B) Qo’riq ochish xamirdan qil sug’urishdek oson emas C) Ariqlarda ko’m ko’k suv sharqirab oqmoqda D) U nimadir xursand bo’lib uyg’onadi 8 / 33 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) do’st B) raqib C) tuya D) hamroh 9 / 33 Ot (ism) ,Ot (hayvon ) ,Ot (fe’l ) Uchala o’rinda qo’llangan so’zning xususiyati to’g’ri izohlangan qatorni toping A) bir xil shaklga ega bo’lgan uchta so’z B) bir xil shaklga ega bo’lgan yagona so’z C) birgin aso’zning uchta o’rinda qo’llanishi D) bir xil shaklga ega bo’lgan ko’p ma’noli so’z 10 / 33 Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan ? A) Qadrlasang qadring oshar ,qadrsizdan hamma qochar B) Bilgan bilganini ishlar ,bilmaganP barmog’ini tishlar C) Bugungi ishni ertaga qo’yma D) Do’sting ming bo’lsa ham oz ,dushmaning bir bo’lsa ham ko’p 11 / 33 Chin so’z mo’tabar ,yaxshi so’z muxtasar Tagiga chizilgan so’zning ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni toping A) foydali B) tugallangan C) qisqa D) mantiqli 12 / 33 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) adash,to’q ,dasta B) talaffuz ,muddat,xalq C) ko’r, shoir, biologiya. D) g’or,kafil,hosil 13 / 33 Zid so’zlar qo’llangan gapni toping A) Sovuq shamol o’qtin –o’qtin esib ,to’qayni allaqanday vahimaga to’ldiradi B) Bir no’noqni bir epchil eplaydi C) Yolg’onchining so’zi rost bo’lmas D) Sherali qo’rqmas va kamtar ,kamgap va qaysar bir bola edi 14 / 33 Zid ma’noli so’zlar qo’llangan gap qatorini toping A) Hayo qalbning haqiqiy ko’zgusidir B) Vijdon – aqlning qon tomiri C) Do’stlarning hasadi ,dushmanlarning xusumatidan yomondir D) So’z doriga o’xshaydi ,ortiqchasi zarar keltiradi 15 / 33 Antonimlar qatnashgan gapni toping A) Hikmat shunday liboski ,kiygan bilan eskirmaydi B) Do’st bilan yolg’on so’zlashma ,uning dushmani bilan ham do’stlashma C) Siringni saqlagil ,har kimga zinhor etmagil ravshan D) Ilmu kamolot hamisha fazilatdir 16 / 33 Qaysi so'zning ma’nodoshi noto'g'ri berilgan? A) azim - ko'hna, qadimiy B) nufuz -obro' C) abzal - ustun, yaxshi D) adil - tik, to'g'ri 17 / 33 Antonimlar qo‘llangan gapni toping. A) Bir no ‘noqni bir epchil eplaydi. B) Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ко ‘z yumdi. C) Moyli bo 'yoqdan tortib toza spirtgacha uning qo ‘lida. D) Nurmat tog'a ozoda, mirishkor odam bo ‘lganidan shiyponni guldek tutadi. 18 / 33 Antonimlar qysi qatorda berilgan ? A) Havo ochiq ,kuz oftobi tilla rang yaproqlar ustida chaqnardi .Oltin kuz qanday zavqli ! B) Kattaga hurmatda bo’l ,kichikka izzatda bo’l C) Tok zangi qayishga o’xshaydi ,egila beradi .Boboqul otaning zangi shlatilmaydigan bo’ldi D) Mirzakarimboy ilonning yog’ini yalagan odam ;hamma boylar kabi ayyor mug’ombir 19 / 33 Zid ma’noli so’zlar berilmagan gapni toping. A) Hozir ketmasang, keyin kech bo’ladi B) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda C) Asrlar davomida tutqun bo’lib yashagan xalq ozod bo’di. D) Uning kiyimlari toza kir bo’lib ketgan ekan 20 / 33 1 Kun qiyomdan og`di. 2. Shavla qiyomiga yetib pishgan edi. 3. Kampir o`ng qo`liga nonni oldi-da, piyoladagi qiyomga botirdi. Berilgan gaplarda qo`llangan qiyom so`zi haqida to`g`ri fakr qaysi javobda berilgan? A) ikkinch va uchunch gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan. B) birinch va ikkinchi gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan C) uchala gapda shakildosh so`zlar qo`llangan D) uchala gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan 21 / 33 1.Anvar ham muloyimgina kulimsirab olgach…yana qalamiga qoralab qog’oz ustiga bir-ikki kalima yozdi. 2. Bu bilan men Zokir ota bilan Ro’zimatni qoralab , o’zimni oqlamoqchi emasman. 3. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi.Gaplarda qo’llangan qoralamoq so’zi haqidagi to’g’ri hukmni belgilang. A) ikkinchi va uchinchi gapda shakldosh so’zlar qo’llangan B) uchala gapda shakldosh so’zlar qo’llangan. C) birinchi va ikkinchi gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. D) Uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. 22 / 33 Abduvhob ayvondagi ko’lankaga o’tirib o’g’ilchsini tizzasiga olib peshonasidan o’pdi Ushbu gapda qo’llangan ko’lanka so`zining ma’nodoshini toping. A) soya B) ko`rpacha C) gilam D) joy 23 / 33 Shakldosh so’zlar qatorini toping A) kech,shim,tut ,osh,til B) bob ,qiz ,tol ,yoqa, ko’z C) eshik ,chang ,kecha ,tog’ D) oltin ,to’r ,cho’qqi .yosh 24 / 33 Sinonimik qatordagi bitta so'zga antonim bo'lgan so'z shu qatordagi barcha so'zlarga antonim bo'lishi mumkinmi? A) Sinonimik qatordagi so'zlar o'zaro antonim bo'ladi. B) Ba'zan mumkin, ba'zida mumkin emas. C) Mumkin emas. D) Mumkin. 25 / 33 Sinonimik qatorni belgilang A) belgi,nishon,alomat B) kukush,mayin, o’tkir C) yoz ,ot,kech D) to’r,uch , xayr 26 / 33 Qaysi gapda “mo’ysafid “ so’zini sinonimi bilan almashtirib bo’lmaydi? A) Keksalar bilan maslahatlashdim B) Chol hassaga tayanib ,sekin-asta qadam tashlar edi C) Oqsoqollarni to’rga chiqardik D) Uning oti ancha qari edi 27 / 33 Qaysi so’z turkumida antonimlik munosabati umuman yo’q ? A) ot,son,fe’l B) son ,olmosh ,modal so’zlar C) ravish,fe’l ,olmosh D) ot,son ,sifat 28 / 33 Qaysi qatordagi ta’rif sinonim (ma’nodosh ) so’zlarni aks ettiradi ? A) zid ma’noli so’zlar B) bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini anglatuvchi so’zlar C) aytilishi va ma’nosi bir hil so’zlar D) shakli bir xil ,ma’nosi har xil so’zlar 29 / 33 Quyidagi so’zlarning qaysi biri sinonimik qatorga mansub emas ? A) afsuslanmoq B) pushaymon C) attang D) nadomat 30 / 33 Yoz (qalamda yozmoq ) ,yoz (dasturxon yozmoq ) ,yoz (yoz fasli) Uchala o’rinda qo’llangan so’zning xususiyati to’g’ri izohlangan qatorni toping A) bir xil shaklga ega bo’lgan uchta so’z B) bir xil shaklga ega bo’lgan ko’p ma’noli so’z C) bir xil shaklga ega bo’lgan yagona so’z D) birgin aso’zning uchta o’rinda qo’llanishi 31 / 33 Qaysi javobda ko'p ma’noli so'zni shakldosh (omonim)lardan farqlovchi asosiy xususiyat berilgan? A) ko'p ma’noli so'zlar gap bo'laklari bo'la oladi B) ko'p ma’noli so'zlar necha ma’noga ega bo'lmasin, ma'nolar o'zaro bog'langan bo'ladi C) ko'p ma’nolilik mustaqil so'z tur- kumlariga xos D) ko'p ma’noli so'zlar ma’nosi gapda namoyon bo'ladi 32 / 33 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) sovuq, oltin B) yosh, zang, to’p C) yordam, ko’mak, madat. D) qiziqmoq, bog’lamoq, ko’karmoq 33 / 33 1 Yurtim , senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. (A.Oripov) 2. Mana shu daryodan Mirzacho’l suv ichadi,ekin bitadi. 3. Katta Farg’ona kanali qirq besh kunda bitdi.Ushbu gaplarda qo’llanilgan bitmoq so’zining o’zaro ma’no munosabati qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A) birinchi gapdagi bitmoq so’zi ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zlari bilan o’zaro shakldosh,ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. B) rinchi va ikkinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. C) har uchala gapda mustaqil uchta so’z, ya’ni o’zaro shakldosh so’z. D) har uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari, ya’ni polisemantik so’z. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz