Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №11 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №11 InfoMaster Aprel 6, 2022 126 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №11 VAZIFADOSH KO’MAKCHILAR KO’MAKCHILARNING MA’NO TURLARI KO’MAKCHILAR VA QO’SHIMCHALARNING MA’NODOSHLIGI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 Paydo bo'lish usuliga ko’ra undoshlar qanday turlarga bo'linadi? A) portlovhi, sirg'aluvchi B) jarangli, jarangsiz C) sof va shovqinlilar D) sonor, shovqinli 2 / 40 Takroriy sifat qatnashmagan gapni toping A) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi B) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi C) Sarvinozxon gul-gul ochilib bog'chaga ketdi D) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni avalay ketdi 3 / 40 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) jamlovchi. B) tartib. C) chama. D) dona. 4 / 40 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) yosh, zang, to’p B) yordam, ko’mak, madat. C) qiziqmoq, bog’lamoq, ko’karmoq D) sovuq, oltin 5 / 40 Olmoshlar qaysi birliklar o’rnida qo’llana oladi? 1.so’z birikmasining o’rnida 2. so’z o’rnida 3.gap o’rnida A) 1,2,3 B) 2 C) 1,2 D) 2,3 6 / 40 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Hech bir his aqldan bo’lmaydi C) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi D) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz 7 / 40 Olmoshlarning yozlishi haqidagi qaysi fikr noto’g’ri? A) yasama sodda olmosh qismlari qo’shib yoziladi. B) sodda olmoshlar ayrim yoziladi. C) qo’shma olmosh qismlari qo’shib yoziladi. D) juft va takroriy olmoshlar chiziqcha bilan yoziladi. 8 / 40 Qaysi qatordagi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda k tovushi g tovushiga aylanmaydi? A) bilak, chelak B) tilak, ko’ylak C) idrok, ishtirok D) terak, yurak 9 / 40 Qaratqich kelishigi qaysi so’zlarga qo’shilganda tushib qolmaydi ? A) atoqli otlar ,turdosh otlar va olmoshlarga B) atoqli otlar ,otlashgan so’zlar va harakat nomiga C) atoqli otlar ,olmoshlar va harakat nomiga D) atoqli otlar ,olmoshlar va sifatdoshlarga 10 / 40 Ko'makchilar vazifasiga ko'ra qaysi birliklarga o'xshash ? 1 to'siqsiz fe'llarga 2 ko'makchi fe'llarga 3 nisbat hosil qiluvchi qo'shimchalarga 4 kelishik qo'shimchalarga A) 3,4 B) 1,2 C) 1,2,3,4 D) 4 11 / 40 Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud? A) sabab B) chegara C) maqsad D) fikr mavzusi 12 / 40 O’xshatish,qiyoslash ma’nosini ifodalovchi ko’makchini toping A) yanglig’ B) qarab C) to’g’risida D) qadar 13 / 40 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodosh hisoblanadi ? A) kabi B) tufayli C) muvofiq D) bo’ylab 14 / 40 Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) sababli, oldida, uchun, qarab B) ustida, ichida, qoshida, tomon C) sari, boshida, qadar, maqsadida D) bilan, orqa, tepada, o’rtada 15 / 40 Sabab ma’nosini anglatgan uchun ko’makchisi qatnashgan gapni toping A) Yig’ilish uchun imkon yaralmadi B) G’oza erta ekilgani uchun hosil mo’l bo’ldi C) Muhayyo bu libosni havas uchun sotib oldi D) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi 16 / 40 Atalganlik ma’nosida qo’llangan ko’makchini toping A) O’qish uchun keldim B) Onajonim hammamiz uchun birdek aziz C) Toshkentga akam bilan birga bordik D) Nodira ukasi uchun qalam sotib oldi 17 / 40 Ko’makchilar asosan qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi ? A) jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari bilan B) tushum ,jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari C) Barcha kelishiklar bilan D) jo’nalish va chiqish kelishiklari bilan 18 / 40 Kelishik qo`shimchasi o`rnida ko`makchini qo`llash mumkin? A) Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi. B) Do`stining holatini diqqat bilan kuzatib turgan Hotam. C) Mehnat, kitob, do`stlik haqida suhbat qizg`in davom etdi. D) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi. 19 / 40 Vazifadosh ko'makchilar gapda ko'pincha qaysi gap bo'lagi vazifasida keladi ? A) O'zi bog'langan so'z bilan birga kesim bo'lib keladi B) O'zi bog'langan so'z bilan birga to'ldiruvchi bo'lib keladi C) O'zi bog'langan so'z bilan birga hol bo'lib keladi D) O'zi bog'langan so'z bilan birga aniqlovchi bo'lib keladi 20 / 40 Ustida so’zi qaysi qatorda ko’makchi vazifasida qo’llangan ? A) U kechgacha ish ustida o’tirdi B) Kitob stolning ustida turibdi C) Qo’ng’iz yaproqning ustida o’rmalardi D) Lolalar qirning ustida ochilgan 21 / 40 Quyidagi gaplarning qaysi birida jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Men o`zimning kimligimni sizga aytdim. B) Olimga vijdon ham o`tkir ilm kabi zarur C) Gapingizga qaraganda uzoqdan kelibsiz. D) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! 22 / 40 Qaysi qatordagi o’xshatish qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) –Jinday kuting, hozir majlis tugaydi, - dedi kotiba mehmonga. B) Qanday hislatlarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bo’lmog’ va shunga intilmog’ zarur. C) Unday demang, hamma ham birday emas. D) Bunday befarosatlar onda-sonda uchrab tiradi. 23 / 40 Fikr mavzusi ma’nosini ifodalaydigan ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) sari, bo’ylab B) tufayli, uchun C) haqida, to’g’risida D) xususida, o’xshab 24 / 40 Qaysi qatorda kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirish mumkin? A) Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi. B) Bog`imizdagi olmadan yaxshi xosil oldik. C) Olimjon Farg`onadagi ukasi bilan telefonda gaplashdi. D) O`ktam gulzor yoniga darov joy hozirladi. 25 / 40 -dek qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi? A) yanglig’ B) asosan C) yarasha D) bo’ylab 26 / 40 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchi otlashgan so’zdan keyin qo’llangan ? A) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas B) Bitmas –tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi C) Insonning fe’l atvoriga qarab unga baho berishadi D) To’ydan keyin nag’ora chalmoq –nodonlar ishi 27 / 40 Qaysi gapdagi kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Shu yo`ldan yurib murodga yetdik. B) Saharlab shaharga yo`l oldik. C) A, B,C D) Sizga atalgan qo`shiqlarim bor. 28 / 40 Qaysi qatordagi ko’makchi chegara ma’nosini ifodalagan? A) Uygacha suhbatlashib bordik B) Kechga qadar tinimsiz ishladik C) Shu kichik yo’l orqali o’tasiz D) Maktab tomon yo’l oldik 29 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) –la, - chun B) haqida, to’g’risida C) qadar, uzra D) deya, deb, atab 30 / 40 Qaysi gaplarda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan? 1 Yomonlaming qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 2. Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. 3. To‘ydan keyin nog‘ora chalmoq nodonlar ishi. 4. Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 4 C) 1,2,3 D) 1,2, 3,4 31 / 40 Qaysi qatorda nuqtalar o`rniga jo`nalish, chiqish kelishigi va uchun ko`makchisini o`zaro sinonim sifatida ishlatilishi mumkin. A) u…yaxshi B) kelgani...xursand C) hamma…foydali D) maktab…kerak 32 / 40 Qaysi gapdagi vazifadosh ko’makchini sof ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Orqadan chuqur soy oqardi B) Qoziq ustida qor turmas C) A va B D) Gap futbol o’yini ustida ketardi 33 / 40 Qaysi misolda ko’makchilarning o’rniga kelishik qo’shimchasini qo’llab bo’lmaydi ? A) Oyinayi jahon orqali yangiliklar berildi B) Ukam uchun kitob oldim C) O’zbek dehqonlari mo’l hosil uchun dala ishlarini boshlab yubordi D) Paxta mashina bilan terildi 34 / 40 Boshqa so’z turkumidan ko’makchiga o’tgan so’zlarni tartibi bilan belgilang .1.tomon 2.qarshi 3. qarata 4.burun A) ot, ravish. fe’l, otdan o’tgan B) ot, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan C) ravish, ot, sifat, otdan o’tgan D) ravish, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan 35 / 40 Vosita ma’nosini ifodalagan bilan ko’makchisi qaysi qatorda mavjud ? A) Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi B) Muhayyo bu bolaga havas bilan qaradi C) Yuragi bir ajib his bilan to’la edi D) Dehqon bilan ishchining mehnati baravar emas 36 / 40 Ko’makchilarning qanday ma’no guruhlari mavjud?1.maqsad 2.yo’nalish 3.fikr mavzusi 4.o’xshatish, qiyoslash 5.chegara A) 1,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,4,5 D) 1,2,5 37 / 40 1 Devor usti yomg’irdan iviy boshladi 2 Kitob ustida uzoq ishladi 3 Nosir o’z ustida ko’p ishladi Ushbu gaplardagi ushbu so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan ? A) 2 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,1-gapda mustaqil so’z B) 1 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,2-gapda mustaqil so’z C) har uchala gapda vazifadosh ko’makchi D) 1 va 2 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,3-gapda mustaqil so’z 38 / 40 Qaysi gapda kelishik qo’shimchasi o’rniga ko’makchi qo’llash mumkin? A) Koinot lochinlarini qizg’in kutib oldik. B) Aql miyada, ta’m tilda, kuch qo’lda bo’ladi. C) Shavla odatda qoshiqda yeyiladi. D) Yozdagi mehnating hech kimga kelmaydi malol. 39 / 40 Qaysi kelishik qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo ‘ylab ko'makchilari bilan ma’nodosh hisoblanadi? A) chiqish B) jo‘nalish C) o‘rin-payt D) tushum 40 / 40 Qanday so’zlar ko’makchi vazifasida kelishi mumkin ?1 otlar 2 ravishlar 3 ravishdoshlar A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,3 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz