Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №10 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №10 InfoMaster Aprel 6, 2022 168 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №10 JO’NALISH VA CHIQISH KELISHIGI SHAKLI MUSTAHKAMLASH YORDAMCHI SO’Z TURKUMLARI KO’MAKCHILAR SOF KO’MAKCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 39 hokandoz, nomoyish, jaholat, tamosha, tadbiq, mabodo, mojora, tag‘dimot, ma’shum. Ushbu so'zlardan nechtasi noto‘g‘ri yozilgan? A) 5 tasi B) 6 tasi C) hammasi to‘g‘ri yozilgan D) 7 tasi 2 / 39 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) kuchaytirish va takid. B) xil, nav, mo’llik. C) jamlik va to’da D) grammatik ko’plik. 3 / 39 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi C) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi D) Bu xola yillab kutdi 4 / 39 Chin so’z mo’tabar ,yaxshi so’z muxtasar Tagiga chizilgan so’zning ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni toping A) mantiqli B) foydali C) qisqa D) tugallangan 5 / 39 Istagim shuki, doimo tinchlik bo’lsin.Ushbu gapdagi shuki olmoshi qaysi birlik o’rnida qo’llanyapti? A) tinchlik B) doimo C) doimo tinchlik bo’lsin D) istagim 6 / 39 O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub?1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 1, 2, 3 B) 5 C) 6 D) 8 7 / 39 Mana shu ,o’sha-o’sha ,siz-biz ,hech kim , allaqaysi ,har bir Yuqoridagi qo’shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub ? A) ko’rsatish ,kishilik, bo’lishsizlik ,gumon,belgilash B) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,belgilash C) ko’rsatish ,kishilik,bo’lishsizlik ,belgilash D) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,gumon, belgilash 8 / 39 Hamma jim qoldi .Har kim o’z oldida bir narsa topib ,shunga ko’zini tikkan va u narsada Zebi o’z otasini ,Qurvonbibi o’z erini ,Salti qovog’idan qor yog’ib turgan sovuq bir so’fini ko’rardi .Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan ? A) o’zlik ,ko’rsatish ,belgilash ,gumon B) o’zlik ,ko’rsatish,gumon C) ko’rsatish ,o’zlik , belgilash D) o’zlik ,belgilash, kishilik , ko’rsatish 9 / 39 Qaraqtich kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang1) qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichni qaralmishga tobelantirib bog’laydi;2) qaratqich kelishigidagi so’z qarashlilik va egalik ma’nolarini anglatadi;3) qaratqich va qaralmish o’rtasida boshqa so’z qo’llansa ,qaratqich kelishigi tiklanadi;4) qaratqich kelishigidagi so’z harakat nomi bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5) qaratqich kelishigidagi so’z atoqli ot,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi; A) 1,2,3,5 B) 1,3,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4,5 10 / 39 Sof ko’makchilarning xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilagan javobni toping. A) o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga bog’lash uchun xizmat qiladi B) bunday ko’makchilar utg’u olmaydi C) ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil etadi. D) bunday ko’makchilar atash ma’nosini tamoman yo’qotgan bo’ladi. 11 / 39 Men ketgan so ‘ng uydan chiqib o’ltirma.Do'st yig'latib, dushmanimni kuldirma Berilgan qo‘shmisrada qaysi kelishik shakllari ham belgili ham belgisiz qo'llangan? A) tushum B) chiqish C) chiqish va tushum D) qaratqich 12 / 39 Quyidagi hususiyatlarning qaysilari mustaqil va yordamchi so`zlarni farqlash uchun xizmat qiladi?1 Ma`lum so`roqqa javob bo`ladigan . 2 Bosh bo`laklar vazifalarini bajarishi va bajarmasligi 3Atash ma`nosining mavjudligi yoki mavjud emasligi 4 Gapda ma`lum gap bo`lagi vazifasida kelish kelmasligi so`z yasalish tiziminig bor yo`qligi A) 1.2. B) 1.3.4. C) 2.4.5. D) 3.4.5. 13 / 39 Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchilar ... A) yuklamalar B) vazifadosh ko’makchilar C) bog’lovchilar D) sof ko’makchilar 14 / 39 Egalik va kelishik qo‘shimchalari shakldoshligi qaysi gapda kuzatiladi? A) Xonasin eshigin yopmayin ketmas. B) Uning arzimudur bunda yozilg‘on? C) 0‘g‘lima o‘xshaydi ovozing saning D) Kelib so‘rdingmi hech holimi? 15 / 39 Qaysi javobda sof ko’makchi berilgan? A) ko’ra ,qarab , qaraganda B) tog’risida ,haqida C) burun ,ilgari ,keyin D) uchun , kabi ,singari,sari ,sayin 16 / 39 Tilimizda kelishik qo’shimchalari aro ma’nodoshliking qaysi turi kuzatilmaydi ?1) ni va da 2 ) ga va da 3) ga va dan 4) ni va ning A) 1,3,4 B) faqat 4 C) 2,4 D) Barchasi kuzatiladi 17 / 39 Yo’nalish ma’nosini ifodalgan sof ko’makchilarni aniqlang 1) tomon 2) sari 3) qarab 4) qadar 5) sayin 6) bo’ylab A) 2 B) 2,4 C) 1,2,3,6 D) 1,2,5 18 / 39 Ko‘makchilarga xos xususiyat qaysi qatorda noto‘g‘ri izohlangan? A) Ko‘makchilar sifatdoshlardan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. B) Ko‘makchilar olmoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi C) Ko‘makchilar harakat nomidan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. D) Ko‘makchilar ravishdoshlardan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. 19 / 39 Chiqish kelishigi haqidagi noto‘g‘ri mulohazani aniqlang.1 Jo‘nalish kelishigi bilan sinonim boia oladi.2 Qaratqich kelisigi bilan sinonim bo‘la oladi.3 Tushum kelishigi bilan sinonim bo‘la oladi.4 Tobe so‘z chiqish kelishigida bo‘lganda chiqish o‘rnining aniq boiishi anglashiladi. 5. Tobe so‘z chiqish kelishigida bo‘lganda qiyos ma’nosi anglashiladi. A) faqat 1 B) Barchasi to‘g‘ri. C) 2,3,5 D) 3,4 20 / 39 Sof ko'makchilar haqida qaysi hukm noto'g'ri ? A) Sof ko'makchilar she'riy nutqda ba'zi hollarda chiziqcha bilan yozilishi mumkin B) Sof ko'makchilar tobe o'zni hokim so'zga bog'lashga xizmat qiladi C) Sof ko'makchilar urg'u olmaydi D) Sof ko'makchilar yolgiz o'zi gap bo'lagi bolib kela olmaydi 21 / 39 Qaysi kelishik qo‘shimchasi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha bilan shakldoshlik hosil qila oladi? A) chiqish B) jo‘nalish C) Bunday shakl yo‘q. D) o‘rin-payt 22 / 39 So’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beruvchi yordamchi so’zlar... A) ko’makchi B) bog’lovchi C) yuklama D) modal 23 / 39 1 Uzum ye. 2. Uzumni ye. 3 Uzumdan ye.Ushbu gaplar ma’nosida qanday farq mavjud? A) Ma’noiar orasida farq kuzatilmaydi. B) 1-sida aniq uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida har qanday uzum va uning bir qismi. C) 1-sida har qanday uzum, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida aniq uzum va uning bir qismi. D) 1-sida har qanday uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va uning bir qismi, 3-sida aniq uzum va hammasi 24 / 39 Saidiy o‘zining ish bo‘lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o‘tirdi-da, stol ustidagi kitobni oldi.Ushbu gapda nechta o‘rinda kelishik shakli belgili qoiiangan? A) 3ta B) 6 ta C) 7ta D) 4 ta 25 / 39 Sof ko’makchilar berilgan javobii toping. A) sari, sayin, sung, boshida B) kabi, tufayli, haqida, qadar C) tomom, boshida, uchun, orqali D) singari, misoli, haqida, bo’ylab 26 / 39 Qaysi gapda sof ko’makchi qo’llangan ? A) Salima hammadan ko’ra ko’p kitob o’qiydi B) Jahon bo’ylab tinchlik qo’shig’I yangrar C) Darsni puxta tayyorlanganim uchun “5” baho oldim D) Karim ertadan boshlab ishga kirishardi 27 / 39 Ko’makchilar vazifasiga ko’ra qaysi birliklarga o’xshash ? A) kelishik qo’shimchalar B) to’liqsiz fe’llarga C) nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar D) ko’makchi fe’llarga 28 / 39 Ko’makchilar, asosan, quyidagi qaysi so’zlardan keyin kelmasligi mumkin? A) ravishdosh, otlashmagan so’zlar B) A va B C) harakat nomi, sifatdosh D) ot, olmosh 29 / 39 Qo’shimcha shaklidagi so’zlar turkumini nima tashkil etadi ? A) kelishik B) bog’lovchi C) yuklama D) undov so’z 30 / 39 Qaysi qatorda ko’makchining ta’rifi to’g’ri berilgan? A) Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar. B) Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar. C) Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar. D) So’z yoki gaplarga so’roq, ta’kid ayirish-chegaralash, gumon, o’xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalar.. 31 / 39 Quyidagi berilgan qaysi turkumga oid birliklarning bazilari o’zlari birikib ketgan so’zdan chiziqcha(defis) bilan ajralib yoziladi? A) A,.B B) yuklamalar C) ko’makchilar D) bog’lochilar 32 / 39 Sen o'z xulqingni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand, Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo'lmadi farzand.Kelishiklaming qo'llanilishi haqida to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) 3 ta belgili , 3 ta belgisiz B) 2 ta belgili, 3 ta belgisiz. C) 4 ta belgili , 2 ta belgisiz D) 3 ta belgili , 2 ta belgisiz 33 / 39 Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar .... deyiladi . A) undov va taqlid so’zlar B) yordamchi so’zlar C) mustaqil so’zlar D) modal so’zlar 34 / 39 Ko’makchilar qaysi kelishiklar o’rnida almashib qo’llanishi mumkin?1.tushum 2.jo’nalish 3.o’rin-payt 4.chiqish A) 1,2.4 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3 35 / 39 Ko'makchilar vazifasiga ko'ra qaysi birliklarga o'xshash ? 1 to'siqsiz fe'llarga 2 ko'makchi fe'llarga 3 nisbat hosil qiluvchi qo'shimchalarga 4 kelishik qo'shimchalarga A) 4 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 3,4 36 / 39 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan so’zlar ganda qanday bo’lak vazifasini bajaradi? A) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi B) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, vaziyat holi C) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, payt holi D) faqat vositali to’ldiruvchi 37 / 39 Sof ko'makchilar berilgan qatorni belgilang. A) evaziga, yo'sinda, boshlab B) qarata, asosan, bobida C) yarasha, badaliga, vajidan D) yanglig', dovur, doir 38 / 39 Quyida berilgan gapdagi tushum va qaralqich kelishiklari sonini aniqlang.Har bir farzand ona nasihatlarini jon quiog'i bilan eshitishi, to'g'ri yo'lga targ'ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyursa, shu buyurilgan ishda xatolik borligini sezsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko'ndirishi iozim. A) 3 ta qaratqich, 5 ta tushum B) 1 ta qaratqich, 6 ta tushum C) 3 ta qaratqich, 6 ta tushum D) 1 ta qaratqich, 5 ta tushum 39 / 39 Kelishik shakllarining qo'llanishi bilan bog'liq to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Atoqli otlarga qo'shilgan tushum belgisiz qo‘llanadi. B) Sifatdoshlarga qo'shilgan qaratqich belgili qo‘llanadi. C) Qaraqtqich va qaralmish yonma-yon kelsa, qaratqich belgisiz qo'llanadi. D) Olmoshlarda jo‘nalish belgisiz qo‘llanadi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz