Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 6-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiada 6-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 144 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Geografiya olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Eng baland to`lqin qaysi okeanda kuzatilgan? A) Hind okeanida B) Shimoliy Muz okeanida C) Atlantika okeanida D) Tinch okeanida 2 / 25 Qaysi javobda Amazonka daryosining kengligi to`g`ri berilgan? A) o`rta oqimida 5 km, quyi oqimida 80 km, quyilish joyida 300 km B) o`rta oqimida 5 km, quyi oqimida 85 km, quyilish joyida 340 km C) o`rta oqimida 10 km, quyi oqimida 70 km, quyilish joyida 300 km D) o`rta oqimida 5 km, quyi oqimida 80 km, quyilish joyida 320 km 3 / 25 Eramizdan avvalgi III-asrda Eratosfеn tomonidan chizilgan xaritada qaysi daryolar nomi tushirilgan? 1.Ra 2.Yaksat 3.Dajla 4. Hind. 5. Istr A) 1,4,3,5 B) 1,2,3,5 C) 2,4,5,3 D) 4,1,3,5 4 / 25 Mo’tadil mintaqa nechinchi giradus kengliklar orasida joylashgan? A) 500-700 ι B) 400-600 ι C) 500-600 ι D) 400-500ι 5 / 25 A.Vegener fikricha bundan 200 mln yil avval qanday materik va okean bo’lganini ayting? A) Gondvana va Tetis B) Lavraziya va Tinch okeani C) Gondvana D) Pangeya va Pantalassa 6 / 25 Toshkent shahrida yillik amplituda necha darajani tashkil etadi? A) 28 daraja B) 22 daraja C) 32 daraja D) 50 daraja 7 / 25 300-400 paralellar orasida qaysi iqlim mintaqasi joylashgan? A) Mo`tadil B) Subtropik C) Tropik D) Subekvatorial 8 / 25 Organizmlar faol bo’lib, yer yuzini egallay boshlaganiga qancha vaqt bo’ldi? A) 550-600 mln yil B) 650-700 mln yil C) 350-400 mln yil D) 450-500 mln yil 9 / 25 Kronotskiy qo’riqxonasi Yevrosiyoning qaysi yarimorolida joylashgan? A) Kamchatka y.o. B) G’arbiy Sibir C) Hindixitoy y.o. D) Kalimantan y.o. 10 / 25 Geografik qobiqda sodir bo’layotgan barcha jarayonlarning asosiy qismi nima ta’sirida ro’y beradi? A) Insoniyat B) Quyosh energiyasi C) Ozon pardasi D) Yerning ichki energiyasi 11 / 25 Pinega qo’riqxonasi qaysi materikda joylashgan? A) Yevrosiyo B) Afrika C) J.Amerika D) Sh.Amerika 12 / 25 Daryo suvida qaysi tuzlar eng ko’p? A) magniy tuzlari B) osh tuzi C) kalsiy tuzlari D) kaliy tuzlari 13 / 25 Qaysi oylarda Avstraliyaning shimoliy qismida ekvatorial havo massalari hukmron bo’ladi? A) iyun,iyul,avgust B) dekabr,yanvar,fevral C) iyul,avgust sentabr D) yanvar, fevral,mart 14 / 25 “Uzun cho`zilgan, ensiz yer”lar nima deyiladi? A) Fatsiya B) Zona C) Landshaft D) Tabiat kompleksi 15 / 25 Dunyo okeanini tadqiq etish va foydalanish hamda muhofaza qilish maqsadida YUNESKO qoshida qanday tashkilot tuzilgan? A) Davlatlararo dengiz komissiyasi B) Davlatlararo okeanografik komissiya C) Dunyo okeani komissiyasi D) Xalqaro dengiz komiteti 16 / 25 Afrika materigi maydoni Janubiy Amerika materigi maydonidan qancha ortiq? A) 9,1 mln B) 6,1 mln C) 11 mln D) 12,5 mln 17 / 25 Havo bosimi bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqqa nima deyiladi? A) Izobara B) Tabiiy xarita C) Izoterma D) Izochiziqlar 18 / 25 Quyidagi orollardan qaysi biri Okeaniyaga kirmaydi? A) Filippin orollari B) Kuk orollari C) Samoa orollari D) Yangi Gebrit orollari 19 / 25 1:1000000 masshtabli xaritada Toshkentdan Urganchgacha bo’lgan masofa 80 sm gat eng bo’lsa,shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlang? A) 80 km B) 900 km C) 8000 km D) 800 km 20 / 25 Janubiy Amerika materigining tekislik qismiga tegishli hududlarni belgilang? A) Orinoko, Amazoniya, Patаgoniya B) Orinoko, Atlantikabo‘yi C) Patogoniya, Venesuela D) Amazonka, Argentina 21 / 25 5 m balandlikda turgan kuzatuvchi qancha masofani ko`ra oladi? A) 252 km B) 319 km C) 8 km D) 10 km 22 / 25 O`zbekistondagi Bo`kantog`, Tomditog` qanday tog`lar sirasiga kiradi? A) qirlar B) past tog`lar C) baland tog`lar D) o`rtacha tog`lar 23 / 25 Kompas ustiga gugurt cho`pi qo`yib uchini 225 gradusga to`g`irlasak, gugurtning ikkinchi uchi qaysi yo‘nalishni ko`rsatadi? A) 270 gradus B) 45 gradus C) 90 gradus D) 135 gradus 24 / 25 Havo harorati +10o C bo‘lganda, nisbiy namlik 60 % ni tashkil etsa, havodagi namlik miqdori necha gramm bo`ladi? A) 5.4 B) 9 C) 6.3 D) 6 25 / 25 Ptolemey tuzgan dunyo xaritasida qaysi okean tasvirlangan? A) G`arbiy okean B) Efiopiya C) Shimoliy okean D) Hind ocean 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz