Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 521 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 1234567891011121314151617181920 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 20 Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating. A) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. B) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. C) Izlaganga tole yor. D) Ko’pdan quyon qochib qutilmas. 2 / 20 Oybekning avtobiografik asari qaysi? A) “Nur qidirib” B) “Turmush yo`lida” C) “Ulug` yo`l” D) “Bolalik” 3 / 20 O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 26 B) 29 C) 24 D) 25 4 / 20 Egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi sodir bo`ladigan so`zlar berilgan qatorni toping? A) ona, uka B) yurak, qishloq C) baxt, o`qish D) kitob, daftar 5 / 20 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Davlat dorulfuninida ijtimoiy fakultetda o’qigan adib A) Hamid Olimjon B) Oybek C) Abdulla Qahhor D) G’afur G’ulom 6 / 20 Alisher Hirotda, Mashhadda ko’p yil tahsil oldi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyishib kelgan? A) to’ldiruvchi B) ega C) hol D) kesim 7 / 20 Yaxshilikka yomonlik sog`insa, albatta, jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) ”Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” B) ”Bo`ri bilan Laylak” C) ”Kiyik bilan tokzor” D) ”Eshak bilan baqalar 8 / 20 Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi? A) his-hayajon gap B) istak gap C) so’roq gap D) buyruq gap 9 / 20 Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, … A) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi B) egadan keyin tire qo’yiladi C) ega ifodalanmaydi D) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi 10 / 20 M.Shayxzodaning 30-yillarda yaratilgan to`plamlari? A) ”Jang va qo`shiq”,”Kapitan Gastello”,”Shu`la”. B) ”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”,Toshkentnoma” C) ”Jumhuriyat”,”Kurash nechun”,”Ko`ngil deydiki” D) ”O`n she`r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob” 11 / 20 Maktab binosi yangi qurilgan. Gapda qaratqich aniqlovchini aniqlang? A) Binosi B) Maktab C) Qurilgan D) Yangi 12 / 20 Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi? A) to’lqinli chiziq B) nuqtalardan iborat chiziq C) bir to’g’ri chiziq D) uzuq chiziq 13 / 20 Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang. A) Ona tabiatni asraylik B) Orol! Sening qurib ketishingga yo’l qo’ymaymiz C) Qushlar – bizning do’stimiz D) Samarqand! Sen bizning faxrimizsan 14 / 20 Mustaqillik ordeniga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan adib kim? A) A. Qodiriy B) Shukrullo C) Oybek D) G’. G’ulom 15 / 20 Ushbu qatоrdan to`ldiruvchili gapni tоping A) Yoqimli kuy yangradi. B) Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir C) «Ukam оldi»- dedi Sоbir D) Xalqimiz uyatning o’limdan qattiqligini uqtiradi 16 / 20 Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) ega B) vositasiz to’ldiruvchi C) aniqlovchi, ega D) qaratqich aniqlovchi 17 / 20 Yurtim, senga she`r bitdim bugun. Ushbu gap qanday bo`laklardantuzilgan? A) undalma, olmosh, ot, fe`l B) undalma,hol kesim, hol C) undalma, ega, hol, kesim, hol D) undalma, to`ldiruvchi, to`ldiruvchi kesim, hol 18 / 20 Qaysi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi? A) ohang B) so’roq yuklamalari C) so’roq olmoshlari D) so’roq olmoshlari va ohang 19 / 20 Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim? A) Ketsang, yana … kelasan? B) Bobo, … odobli? C) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? D) … xalq ertaklarini o’qigansiz? 20 / 20 Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud? A) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni. B) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. C) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. D) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2