10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Aprel 30, 2022Aprel 30, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 14 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Sen mangusan, baqosan, Men esam o‘tkinchi zot. Sen hamisha bahorsan, Men – lahzalik xotirot.. Nechta sodda gap bor? A) 5 B) 2 C) 6 D) 4 2 / 25 Yunon tarixchisi Polien kim haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan? A) Sarbadorlar B) To‘maris C) A.Temur D) Shiroq 3 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Yusuf B) Iso C) Yaqub D) Muso 4 / 25 Bosh gap va ergash gap –sa shart mayli orqali bog’langanda qo‘shma gaplar orasida qanday munosabat yuzaga chiqadi? A) qiyos, shart B) shart, payt C) maqsad, sabab D) sabab, payt 5 / 25 Pir yoki eshonga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs qanday ataladi? A) shayx B) eshon C) murshid D) murid 6 / 25 Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuchdir.Ushbu gapdagi so‘z yasovchilar sonini toping. A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 7 ta 7 / 25 Ko‘chirma gap qaysi qatorda to‘g'ri yozilgan? A) "Eng buyuk jasorat, -deydi Yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " B) "Eng buyuk jasorat, deydi yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " C) "Eng buyuk jasorat- deydi yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat ". D) "Eng buyuk jasorat- deydi Yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat " 8 / 25 Bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Chiroylidir go‘yo yosh kelin B) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi C) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q D) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir 9 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi B) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik C) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi D) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb 10 / 25 Ovoz so‘zining ma’nodoshlaridan qaysi biri shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi? A) tovush B) sado C) un D) sas 11 / 25 Sening har bir ishing boshqalarga doimo ibrat bo‘lishini unutma! Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 12 / 25 Ogahiy “Taviz ul-oshiqin” da she’riyatning nechta janrida ijod qilgan? A) 30ga yaqin B) 30dan ortiq C) 20 dan ortiq D) 16 dan ortiq 13 / 25 «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi qaday bo‘yoqni yuzaga chiqaradi? A) uslubiy bo‘yoq B) salbiy bo‘yoq C) funksional bo‘yoq D) emotsional-ekspressiv bo‘yoq 14 / 25 Bulbul gulzorni izlar, boyo‘g’li esa hamisha vayronani ko‘zlardi. Berilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi turkumlarga mansub? A) ot, sifat B) ot, fe’l C) sifat, fe’l D) ot, sifat, fe’l 15 / 25 “Al-jome as-sahih” asarining birinchi va ikkincghi boblari qanday mavzuda? A) iymon va ilm B) odob va iymon C) tavoze va hayo D) adolat va ilm 16 / 25 “Rustamxon” dostonida Sultonxonning nechta zaifasi (xotini ) bor edi? A) 4ta B) 2ta C) 3ta D) 7ta 17 / 25 Qaysi qatorda ergash gapdan oldin kelgan bosh gap egasi yasama so‘z bilan ifodalangan? A) Kimki birovga qasd qilsa, o‘sha pushaymonlik to‘nini kiyadi. B) Giyohvandlik insoniyat kushandasi, shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borilmoqda. C) Bu o‘zgarishlar hammaga yoqdi, chunkibarchaningko‘nglidagiishlarbo‘lganedi. D) O‘quvchilar musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritsin deb, maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda 18 / 25 Ey oy, agar samoda porloq nursen, Yorim yuzicha ravshan emas, benursen. Ushbu gapdagi kesimlar sonini aniqlang. A) 2ta B) 4ta C) 3ta D) 1ta 19 / 25 Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) tantiq – saxiy B) husn - go‘zal C) ozodlik – mustaqillik D) chiroyli – suluv 20 / 25 Qiyoslash ma’nosini bildiruvchi bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Chiroylidir go‘yo yosh kelin B) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi C) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir D) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q 21 / 25 “Osiy banda” asarining janri? A) qissa B) drama C) roman D) hikoya 22 / 25 Oybekning xotirlashicha, uning birinchi she’ri qaysi gazetada nashr ettirilgan edi? A) Tong shu’lasi B) Tong yulduzi C) Tong nafasi D) Sharq yulduzi 23 / 25 Suhbatning oqibati shu bo‘ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Qo‘shma gap turini toping A) ega ergash gap B) kesim ergash gap C) to‘ldiruvchi ergash gap D) aniqlovchi ergash gap 24 / 25 Quyidagi gapda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan so‘zlar nechta? Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. A) 5 B) 6 C) 8 D) 7 25 / 25 To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gapni toping A) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. B) Yutug’imiz shundaki,har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. C) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. D) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada