6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Aprel 21, 2022Aprel 21, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 2 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi qatorda –siz qo`shimchasi sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasida qo`llangan? A) Odobni odobsizdan o`rgan B) U bu gapdan xabarsiz edi C) Siz bebaho insonsiz D) Suvsiz hayot bo`lmaydi 2 / 25 ”Qayda qolding bolaligim” asarining muallifi kim? A) I.Yusupov B) P.Qodirov C) T.Murod D) X.To`xtaboyev 3 / 25 Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”asari necha qismga bo`linadi va ularning tartibi qaysi qatorda berilgan? A) 3 qismga - har xil odamlarning fe`l-atvori haqida; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar B) 2 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida. C) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar D) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; safar fazilatlari to`g`risida 4 / 25 Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Oydinda yurgan odamlar” C) “Ot kishnagan oqshom” D) “Otamdan qolgan dalalar” 5 / 25 Avaz O`tar devoni nomi berilgan qatorni toping. A) “Firdavs ul-iqbol ” B) “Oltin qirg`oq” C) “Quyoshli qalam” D) ”Saodat ul-iqbol 6 / 25 “Yulduzli tunlar” romanida Ahmad Tanbal Andijonga kimni dorug`a qilib tayinlagan edi? A) Ali Do`stbek B) Uzun Hasan C) Nosirbek D) Qambarbek 7 / 25 Gaplashildi fe`lida qanday nisbat qo`shimchalari mavjud? A) orttirma va majhul nisbat B) birgalik va o`zlik nisbat C) majhul nisbat D) birgalik va majhul nisbat 8 / 25 Pushkinning ”Yevgeniy Onegin”, Lermontovning ”Maskarad” asarini o`zbek tiliga kim tarjima qilgan? A) A.Muxtor B) Oybek C) Mirtemir D) U.Nosir 9 / 25 Qaysi javobda Ibroyim Yusupovning librettosi nomi to`g`ri ko`rsatilgan? A) “Aktrisaning iqboli” B) “Ajiniyoz” C) “Umirbek laqqi” D) “Qirq qiz” 10 / 25 Qaysi ijodkor o`ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o`zbekchaga tarjima qilgan va o`zi ham uchta pyesa yozgan? A) O.Yoqubov B) A.Oripov C) T.Murod D) A.Avloniy 11 / 25 Otdan yasalgan yasama sifat otlashgan qatorni toping. A) Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil B) Hunarli o`lmas, hunarsiz kun ko`rmas C) Aqlli va dono kishilar yo`lda adashmaydi D) Achchiqni achchiq kesar 12 / 25 Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida toshbaqa qayerdan qayerga borayotgan edi? A) Hijozdan Iroqqa B) Shomdan Iroqqa C) Iroqdan Hijozga D) Iroqdan Shomga 13 / 25 “Xalq nimasi bilan xalq? O’zining urf-odatlari bilan xalq! Ko’p urf-odatlarimizni birovlar … birovlar o’ziniki qilib oldi!” Ushbu jumlalar kimning qaysi asarda uchraydi? A) T.Murod “Yulduzlar mangu yonadi” B) A.Qodiriy “Uloqda” C) P.Qodirov “Yulduzli tunlar” D) O.Yoqubov “Muzqaymoq” 14 / 25 Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi, Hamma yoq bo`lib ravshan uylar yaraqlab ketdi. Parchadagi qo`shma fe’llar soni nechta? A) 3 ta B) Qo`shma fe’l qatnashmagan C) 2 ta D) 1 ta 15 / 25 “Birlari mo`ltinamo, hiylagar , Birlaridir kunda pix-u gavda xar” ushbu satrlarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan? A) O`xshatish B) Tazod C) Mubolag`a D) Sifatlash 16 / 25 Hajviy pyesa berilgan qatorni belgilang. A) ”Revizor” B) ”Chiqdi” C) ”Oltin buzoqcha” D) ”Dodhohim” 17 / 25 Ravish yasovchi qo`shimchalarni toping A) –larcha, -ona, -li, -cha B) –an, -ona, -lar, -lab C) –cha, -ona, -lab, -an D) –lab, -cha, -ona, -don 18 / 25 ”Tanobchilar” satirasida Sultonxo`ja ”otamlarga birodar erur” deb kimni aytadi? A) Erhubbi B) Xizr C) Maxdumi a`zam D) Chimlig` aziz 19 / 25 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe`lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe`llar berilgan qatorni toping. A) qochmoq, yonmoq B) quvonmoq,jilmaymoq C) kiymoq, taramoq D) yuvmoq, yayramoq 20 / 25 Tarkibida birgina qo`shimcha bo`lgan so`zni toping. A) ko`rsatkich B) atamoq C) boradigan D) taroqqa 21 / 25 O'z o'rnida aytilmagan so‘z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. Ushbu gapdagi sifatdoshning sintaktik vazifasi nima? A) ega B) hol C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi 22 / 25 “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim? A) E.A’zam B) T Murod C) M.M.Do’st D) X.Sultonov 23 / 25 Bir kuni chol qo`li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe`llar berilgan? A) Majhul, o`zlik, orttirma nisbatlar B) O`zlik, majhul, orttirma nisbatlar C) Orttirma, birgali, majhul nisbatlar D) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar 24 / 25 Qaysi qatordagi gapda tovush o`zgarishi faqat son so`z turkumiga oid bo`lgan gap berilgan? A) Durroj sherning so`zini ma`qul ko`rdi va ikkovi shu o`rmonda yashay boshladi B) Oltovlon ola bo`lsa og`zidagin oldirar C) Saodat opaning ikkala o`g`li shaharda yashaydi D) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman 25 / 25 Qаysi qаtоrdаgi so`zgа egаlik qo`shimchаlаri qo`shilgаndа tоvush tushishi yuz bеrаdi? A) Shаhаr B) Sоchiq C) Yutuq D) Sоn 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada