9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Iyul 15, 2022Iyul 15, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 ga fikr bildirilmagan. 11 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi? A) Qoraxat B) Kuz yomg’iri C) Na’matak D) O‘zbekiston 2 / 25 Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan? A) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi. B) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi. C) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. D) Uning gapiga kim ham quloq solardi. 3 / 25 Ajratilgan izoh bo’lakli gapni toping. A) Bektemir ko’zlarini ochganda, yomg’ir tez va shiddat bilan yog’moqda edi. B) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. C) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo’lmayapti. D) Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san’at o’qituvchisi, to’garak ishini yo’lga qo’yib yubordi. 4 / 25 XIX asrda yashab ijod etgan shoir, tarixchi va tarjimonni belgilang. A) Zavqiy B) Muqimiy C) Bobur D) Ogahiy 5 / 25 “Agar oshig’lig’im aytsam, kuyub jon-u jahon o’rtar...” deb boshlanuvchi g’azal muallifi kim? A) Muhammad Rizo Ogahiy B) Alisher Navoiy C) Boborahim Mashrab D) Z. M. Bobur 6 / 25 Ergashgan qo'shma gaplar, tarkibida nechta gap bolishidan qat'iy nazar, doimo nechta qismdan iborat bo'ladi? A) Uch qismdan B) Ikki qismdan C) Kamida ikki qismdan D) Qismlar miqdori chegaralanmagan 7 / 25 Suqsuroy kim? A) Surxayl kampirning qizi B) Barchinning kanizi C) Toychaxonning qizi D) Alpomishning singlisi 8 / 25 Qaysi qatordagi gapda ega olmosh bilan ifodalangan? A) Soddalik –kamtarlik alomatidir B) Undan yoqimli va shirin hid kjelardi C) U biz bilan ketishi lozim D) Iste`dodli adib ko`p nasriy asarlar va dramalar yozdi 9 / 25 Qaysi qo’shma gap tarkibida nisbiy so’z qo’llangan? A) Mana, bahor nishonasi hidla, sog’ingandirsan B) Shu binafsha bahona bo’ldi-yu gap-gapga ulanib ketdi. C) Kimki ajdodlar yaratgan boyliklarni bilmasa, demak u nafosatdan bebahra yashagan. D) Binafsha qo’ldan – qo’lga o’tdi. 10 / 25 Ogahiy tarjima qilgan asarlar qatorini toping. A) “Qobusnoma”, “Haft Paykar”, “Shoh va gado” B) “Haft Paykar”,” Ta’viz ul- oshiqin”, “Shoh va gado” C) “ Yusuf va Zulayxo” ,“ Gulshani davlat” D) “Shohidi lqbol”, “Guliston” 11 / 25 „Farhod va Shirin“ dostonidagi ushbu misralar kim tomonidan aytilgan? Menga ne yor-u, ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur. A) Mehnbonu. B) Layli. C) Mehr. D) Shirin. 12 / 25 Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma'nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh gapga qanday vosita yordamida bog'lanadi? A) -ki yuklamasi yordamida B) Bunday gaplarning qismlari ko'rsatish olmoshlari yordamida bog'lanadi. C) Aniqlov boglovchisi yordamida D) To’g’ri javob yo’q 13 / 25 “Ko’zini yog’ bosgan” iborasining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping. A) Bilib bilmaganga olgan B) Qaysarlik qilgan C) Ko’rmay qolgan D) Mag’rurlangan 14 / 25 Egasi ma`lum gap berilgan qatorni A) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi ,albatta. B) Tekslik ufq bilan tutashgan joyda bir suruv qo`y elas-elas ko`zga tashlandi C) Boshqalar ham xayrlashib chiqib ketishdi D) Bugun biznikida qolsangiz bo`lmaydimi? 15 / 25 Berilgan jumla qo’shma gapning qaysi turiga mansub? Qayerda ahillik bo’lsa, shu yerda rivojlanish bo’ladi. A) Nisbiy so’zli qoshma gap B) teng bog’lovchi vositasida bog’langan qo’shma gap C) Yuklamali qo’shma gap D) Ergashtiruvchi bog’lovchi vositasida bog’langan qo’shma gap. 16 / 25 “... men turli bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, vijdonli yigitga xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir” – ushbu jumlalar kimning suddagi nutqidan? A) Fitrat B) G’. G’ulom C) A. Qodiriy D) Cho’lpon 17 / 25 Ergashgan qo 'shma gapda ko 'makchili qurilmalar qaysi gap tarkibida keladi? A) Bosh va tobe gap B) Ko'makchili qurilmalar qo'llanmaydi C) Bosh gap D) Tobe gap 18 / 25 deb so'zi yordamida bog'lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo'ladi? A) III shaxs buyruq mayli shaklida. B) II shaxs buyruq mayli shaklida C) I shaxs buyruq mayli shaklida D) III shaxs shart mayli shaklida 19 / 25 Nisbiy so 'zlar juftligidagi so' roq olmoshlari qaysi gap tarkibida keladi? A) Bu olmoshlarning ishtiroki shart emas. B) Bosh gap gap tarkibida C) Har ikkala gap tarkibida D) Ergash gap tarkibida 20 / 25 Teng bog’lovchili bog’langan qo’shma gapni aniqlang. A) Ko’p bilgan ems, kerakni bilgan dono B) Donolikning zamiri – sabr- qanoat C) Inson aql va idrok soyasida o’ziga keladigan zarar va zulmlradan saqlanur. D) Fan qudratli va bepayondir, ammo u mohirlik va halol shug’ullanishni talab qiladi. 21 / 25 Kirish so'zlar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. A) Xullas, qars ikki qo'ldan chiqadi. B) Hamma ham do'stlari ko'p bo'lishini istaydi C) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog'ing tabarruk. D) Muammoni hal qilish kerak. 22 / 25 Tasavvuf adabiyotidagi markaziy tushuncha nima? A) Ilm B) Yo’l C) Ishq D) Nafs 23 / 25 Dedi: “Qaydinsen ey majnuni gumrah?” Dedi: “Majnun vatandin qayda ogoh?” - parcha qaysi asardan olingan, savol- javob kimga tegishli? A) “Farhod va Shirin” dostonida Xusrav va Farhod B) “Layli va Majnun” dostonida Navfal-Majnun C) “Sab’ai sayyor” dostonida Jo’na va Mas’ud D) “Sab’ai sayyor”dostonida Bahrom va Moniy 24 / 25 Furqatning ijodida nechta ilmiy asar uchraydi? A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta 25 / 25 Dostonda kim Ko’sa sinchining ko’zlarini o’yib oladi? A) Qorajon B) Ko’kaldosh C) Ko’kaman D) Alpomish 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada